Uzasbo haqida nimalarni bilasiz? Talaba: Umirov Shaxrizodjon Isomiddin o’g’li Guruh: mnp-55
UZASBO haqida nimalarni bilasiz?
Talaba: Umirov Shaxrizodjon Isomiddin o’g’li
Guruh: MNP-55
“UzASBO’’ dasturiy majmuasi - buxgalterlarning eng yaqin ko‘makchisi
Bugun kundalik hayotimizni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu jumladan buxgalteriya sohasini ham. 2012 yildan byudjet tashkilotlariga foydalanish uchun bepul asosda taqdim etilgan “UzASBO’’ Ish haqi dasturiy majmuasi esa bu borada buxgalterlarga bugungi kunga kelib eng yaqin ko‘makchi vazifasini o‘tayapti. Dasturiy majmuaning Web-texnologiyaga asosan ishlab chiqilganligi bir tarafdan banklar, moliya organlari bilan elektron tarzda ma‘lumot almashinish imkoniyatini yaratsa, yana bir tarafdan qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham markazlashgan tarzda qisva vaqtda to‘g‘rilanishiga sabab bo‘lmoqda. . Buni quyidagi misollardan ham ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida” PQ-2270-son Qaroriga asosan 2015 yil 1 yanvardan jismoniy shaxslardan ushlanadigan daromad solig‘ini hisoblashda 4 pog‘onali (2014 yilda 3 pog‘onali bo‘lgan) soliq stavkalarini qo‘llash tartibi joriy etildi. Ushbu qaror ijrosi yuzasidan DMga o‘zgartirish kiritilib, jismoniy shaxslardan ushlanadigan daromad solig‘ining hisoblanishi unda belgilangan tartibga moslashtirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 4 dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2015 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish qa qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-379 son
Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 308-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, yagona ijtimoiy to‘lov 2015 yil 1 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, umumiy yurisdiktsiya sudlarining va xo‘jalik sudlarining sudyalari shuningdek prokuratura organlarining mansab darajalariga (harbiy unvonlarga) ega bo‘lgan xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan daromadlariga nisbatan hisoblanmasligi belgilab qo‘yildi. Bu bo‘yicha ham DM ga darhol tegishli qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 apreldagi "Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni yakka tartibda hisobga olishni joriy etish chora-tadbirlari haqida"gi 90-son Qaroriga muvofiq Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisob-kitobi bo‘yicha soliq hisobotining
"Har bir jismoniy shaxs kesimida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan fuqarolarning sug‘urta badallari summalari to‘g‘risida ma‘lumot" deb nomlangan 4-ilovasini 2015 yilning birinchi yarim yilligidan - Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha;
2016 yilning birinchi choragidan - O‘zbekiston Respublikasining qolgan barcha hududlari bo‘yicha taqdim etilishi belgilangan edi.
Shundan kelib chiqib, “UzASBO’’ Ish haqi DMga yangi qism qo‘shilib, mazkur hisobot turi bo‘yicha ma‘lumotlarni shakllantirish imkoniyati yaratildi. Kelgusida esa hisobotni bevosita DMning o‘zidan elektron shaklda soliq organlariga taqdim etish rejalashtirilgan edi.
O’zACBO dasturining ko’rinishi
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |