“UzACADEMIA” scientific-methodical journal
76
www.academiascience.uz
umumiy tavsifini beradi. Yo‘l poyi transport vositalarining yo‘l to‘shamasi orqali
beriladigan xamma bosimini o‘ziga qabul qiladi. Gruntning namligi o‘zgarib
turganida uning bosimga qarshiligi xam o‘zgaradi. Yo‘l poyi ustki qatlamlarini
namlash manbalari va ularning ta‘sir etish davomiyligi gidrologik sharoitlarga va
iqlimga bog‘liq.
1
-r
as
m
. O
‘zb
eki
st
on
R
es
publ
ikas
i yo‘
l-
iql
im
m
in
taqas
i
Yo‘l poyi qirg‘og‘ini ko‘rsatilgan balandlikgacha ko‘tarishning iloji
bo‘lmaganida, masalan temir yo‘l va avtomobil yo‘llari bir satxda kesishganda yoki
axoli yashaydigan punktdan o‘tishda yo‘l poyining ustki qismida suv rejimini bir xil
saqlash uchun yo‘l poyi ichida namning siljishini to‘xtatib qo‘yadigan
izolyatsiyalovchi qatlamchalar qurish mumkin, bunda yomg‘ir va erigan qor suvlarini
chetlatish ta‘minlangan bo‘lishi kerak. Bu xol yo‘l poyi ustki qismining qulay suv
rejimini yaratadi, lekin ostki qatlam ortiqcha namlanganicha qoladi.
Ishchi qatlamda turli gruntlar mavjud bo‗lganda ko‗tarilish eng yuqori
ko‗tarilish qiymati talab qilinadigan grunt bo‗yicha qabul qilinadi.
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR”
MAVZUSIDAGI 23-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
“UzACADEMIA” scientific-methodical journal
77
www.academiascience.uz
1-jadval
Ishchi qatlam grunti
Yo‗l-iqlim mintaqalar doirasida qoplama yuzasining
eng kam ko‗tarilishi, m
I
II
III
IV
Mayda qum, yengil yirik
supes, yengil supes
0,5/0,3
0,6/0,4
0,4/0,2
0,9/0,7
Changsimon qum,
changsimon supes
0,8/0,5
1,0/0,6
0,7/0,4
1,2/0,9
Yengil suglinok, og‗ir
suglinok, loylar
1,1/0,8
1,3/1,0
1,0/0,7
1,5/1,2
Og‗ir changsimon supes,
yengil changsimon suglinok,
og‗ir changsimon suglinok
1,2/0,8
1,4/1,0
1,1/0,7
1,6/1,2
Yo'l poyining talab qilingan mustahkamligi va turg'unligini ta'minlashga erishish
uchun quyidagilarni inobatga olish kerak bo'ladi:
- yo'l poyini ko'pchimaydigan gruntlardan qurish;
- ko'pchiydigan gruntlarni suv o'tkazadigan gruntlarga almashtirish;
- yo'l poyidan yuza va grunt suvlarini qochirish;
- yo'l poyining chetini balandligi yer yuzasidan va grunt suvining hisobiy
gorizontidan yoki uzoq vaqt turuvchi yuza suvi sathidan ma'lum balandlikda turishi
kerak;
- grunt suvlarini pasaytirish uchun drenajlar qurish;
- yo'l poyini qurish davrida foydalanilayotgan gruntni yetarlicha zichlashtirish;
- ko'tarma va o'ymalarga grunt turiga qarab mos ravishda qiyalik berish, ayrim
hollarda kerak bo'lsa mustahkamlash;
-tog' yonbag'irlarida maxsus muhandislik inshootlarini qurish.
Avtomobil yoʻllari oʻzining geografik joylashuviga koʻra har doim ham tabiiy
jarayonlar taʼsiri ostida boʻladi. Quyosh nurlari, yogʻingarchilik, havo haroratining
keskin pasayishi va quruq issiq havo yoʻl poyida namlik va haroratning oʻzgarib
turishi, buning natijasida yoʻl poyining mustahkamlik koʻrsatkichlarini, grunt
xossalarini oʻzgarishiga sabab boʻladi. Joyning suvli tartibini uning suvli balansi
bilan tavsiflash mumkin, namlikni kirishi va sarfini haroratni o‘zgarishi bilan
bog‘liqlikda solishtiriladi. Namlikning asosiy manbai 2-rasmda ko‘rsatilgan, u suyuq
va qattiq turda bo‘lishi mumkin. Keyinchalik ular yuza oqimini hosil qiladi, ularni bir
qismi gruntga singib kiradi va grunt suvlarini zahirasini to‘ldiradi, bir qismi bug‘lanib
ketadi.
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR”
MAVZUSIDAGI 23-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
Do'stlaringiz bilan baham: |