Uz24 nashri so‘nggi 23 yil davomida respublikamizda qurilgan ko‘rkam 10 ta bino va inshootlar



Download 207,68 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.07.2022
Hajmi207,68 Kb.
#755841
Bog'liq
Odilovna



UZ24” nashri so‘nggi 23 yil davomida respublikamizda qurilgan ko‘rkam 10 ta bino va inshootlar 
ro‘yxatini tuzib chiqdi.
1.
"Minor” jome’ masjidi
Toshkent shahri markazida joylashgan "Minor” jome’ masjidi 2013
-yilda qabul qilingan "Toshkent 
shahrining Minor mahallasi hududida masjid barpo etish chora- 
tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident 
qaroriga binoan barpo etilgan.Masjid bir paytning o‘zida 3 mingdan ziyod namozxonni bag‘riga 
sig‘dira oladi.
Masjidning bosh binosi 

ikki qavatli xonaqoh, ik
kita peshtoq, balandligi 38 metr bo‘lgan ikkita 
minora va bir gumbazdan iborat. Masjid hovlisining ikki tomonida milliy yog‘och o‘ymakorligi 
uslublarida bezatilgan ustunlar o‘rnatilgan. Bo‘zsuv yoqasigacha ko‘rkam maysazorlar va xiyobon 
yaratilgan. 
Masjid 2014-yil 1-oktabrda rasman ochildi 
2 Hazrati Imom majmuasi 
2007-
yil boshida Prezidentimiz Farmoni bilan Hazrati Imom (Hastimom) jamoatchilik jamg‘armasi 
tashkil etilib, Hazrati Imom majmuasining asl tarixiy qiyofasini tiklash maqsadida bu yerda keng 
ko‘lamli qurilish
-
ta’mirlash va obodonchilik ishlari olib borildi.
Xazrati Imomning yangi ko‘rinishi qadimiy an’analar asosida yaratilgan bo‘lib, u ikki gumbaz va ikki 
minoradan 
iborat. O‘ng minora xorazmlik
samarqandlik hunarmandlar 
etilgan. Minoralarning uzunligi 
etadi. Masjidga kiraverishda sandal daraxtidan ishlangan 20 ta ganch tushirilgan ustunli ayvon 
joylashgan. Gumbazlar darchalarining alohida loyihalashtirilishi, quyosh nurlarining tongdan ufqqa 
qadar masjidni yoritib turishiga imkon yaratgan. Ikki gumbazning ichki qismi tilla suvi bilan 
yurgizilgan. 
ustalar, chap tomonidan 53 metrni 
minora bunyod tashkil 

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi


Kutubxona O‘zbekiston Prezidentining 2002
-yil 20- fevraldagi "Ilmiy-tadqiqot faoliyatini 
takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2002
-yil 12-apreldagi Vazirlar Mahkamasining "Alisher 
Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasini tashkil etish haqida”gi Qaroriga muvofiq "Milliy” 
maqomini oldi. 
2011-yil yangidan qurilgan kutubx
ona binosi yetti qavatli bo‘lib, yer ostidagi ikki qavati fonddan 
iborat. Kitoblarni sifatli saqlash uchun zamonaviy mobil stellaj olib kelindi. Ilgari so‘ralgan kitob yo 
gazeta-
jurnalni o‘quv zaliga
keltirish uchun kutubxonachi opalar kamida yarim soat 
yo‘l bosishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bugun bu 
jarayon 345 metrli telelift va 100 kilogramm yukni ko‘tarishga mo‘ljallangan lift vositasida 
bajarilmoqda. 
Shuningdek, bu yerda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Simpoziumlar saroyini 
birlashtirgan 
"Ma’rifat markazi” ham qad rostlagan.
Milliy va zamonaviy arxitektura uslublarini o‘zida mujassam etgan bu muhtasham koshona 
Mustaqillik maydoniga tutash hududda Yoshlar ijod saroyi, Tasviriy 
san’at galereyasi, "Poytaxt” biznes markazi kabi
mahobatli inshootlar bilan yaxlit kompozitsiya hosil 
qilgan. 
Bino yo‘laklariga oq marmarlar yotqizilgan. Majmua derazalariga sakkiz qirrali yulduz shaklidagi uzun 
panjaralar o‘rnatilgan. Bino tashqarisida betakror landshaft dizayni va musiqiy favvora sayr
gohga 
aylangan. 
Saroyning 1 000 o‘rinli katta zalida me’moriy yechimiga
ko‘ra dunyo tajribasida kam uchraydigan gumbaz atrofi bo‘ylab joylashtirilgan 36 ta deraza kun 
davomida tabiiy yorug‘likni ta’minlaydi. Deraza osti va gumbaz ichidagi maxsus moslamala

yordamida zal havosi muntazam yangilanib turadi. 
Davlatimiz rahbarining g‘oyasi asosida Simpoziumlar saroyi vestibyulidagi devorlarga yoqut, feruza, 
zumrad, lojuvard, malaxit (yashiltosh), yashma kabi noyob, tabiiy va qimmatbaho toshlardan 
yasalgan mahobatli ikki panno shakli, naqshlar tushirilgan. 

Bunyodkor” sport majmuasi
2012-yil 28-
sentabr kuni Toshkentda "Bunyodkor” sport kompleksining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ham qatnashdi. Shu kuni o‘zbek futbolining 100 
yilligi nishonlandi. 
"Bunyodkor” sport majmuasi o‘z ichiga 5
6 gektar maydonni egallagan 7 ta zamonaviy maydon, 
bolalar- 
o‘smirlar futbol maktabi, basseyn va boshqa zamonaviy inshootlarni qamrab olgan.
Stadion 2008

2012-
yillar davomida qurilgan bo‘lib, 34 ming kishiga mo‘ljallangan.



Poytaxt” biznes markaz

"Poytaxt” biznes markazi 2010
-
yilda ochilgan bo‘lib,
Mustaqillik maydoniga yaqin hududda joylashgan. Biznes markazida ijaraga beriluvchi ofislar, 
"Mustaqillik” mehmonxonasi, Kizilkum Gold restorani, bar, fitnes
- markaz hamda anjumanlar zali 
joylashgan. 
6. Farg‘ona viloyati Teatr
-konsert saroyi 
Mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligi arafasida Prezident Islom Karimov 
tashabbusi bilan Farg‘ona viloyat markazida Teatr
-konsert saroyi bunyod etildi. U 2014-yilning 6-
dekabr kuni tantanali ravishda ochildi. 
Mazkur san’at saroyi 1 000 o‘rinli bo‘lib, milliy va
zamonaviy me’morchilik an’analarini o‘zida uyg‘unlashtirgan. Eshik va ustunlari sharqona naqshlar 
bilan bezatilgan. 
7. "Buxoro madaniy markazi” majmuasi
Prezident Islom Karimov g‘oyasi, tashabbusi va rahnamoligida barpo etilgan "Ko‘hna va boqiy 
Buxoro” monumenti, viloyat musiqali drama teatrining muhtasham
binosi hamda amfiteatrni o‘z ichiga olgan "Buxoro madaniy markazi” majmuasi 2010
-yil 30-avgustda 
ochilgan. 
"Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumentining markaziy qismida uch avlod—
baxtiyor yosh oila: ota-ona 
va bola, barhayotlik timsoli
—nihol o‘tqazayotgan bobo va nevara hamda uy qurayotgan ota va 
farzandning barelyefli haykallari ifodalangan. 
Madaniy markaz hududidagi barcha yo‘llar salobatli "Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumenti yonida
tutashadi. Obidaning baland tepasida ulkan Yer shari o‘rnatilgan. Unda mustaqil O‘zbekiston xaritasi 
tilla rangda naqshlangan. 


8. Andijondagi "Hamkor” biznes markazi
2011-
yil Andijon shahrida "Hamkor” xalqaro biznes markazi ochildi.
5 qavatli 
markaz "Hamkorbank” aksiyadorlik
-tijorat banki tomonidan bunyod etildi.Markazda 
tadbirkorlar uchun ofislar, konferens-
zal, o‘quv markazi, mehmonxona,
restoran, bank bo‘limi, kinozal, kafe
-
bar, qator savdo do‘konlari mavjud.
9. Temuriylar tarixi davlat muzeyi 
18 oktabr 

Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochilgan kun. Muzey 1996-yili Sohibqiron tavalludining 
660 yilligi 
munosabati bilan Amir Temur xiyoboniga tutash hududda barpo etilgan. Binoning butun aylanasi 
bo‘ylab joylashgan ayvonni oq ustunlar ko‘tarib turibdi. Muzeyning balandligi 31, diametri 70 metr. 
Muzey gumbazini yoritib turgan "Zumrad” deb nomlangan qandilning og‘irligi 2 tonnadan oshadi. 
Unga 500 ta yoritgich o‘rnatilgan.
Muzey 3 qavatdan iborat. Birinchi qavatida xazinaxona, 
kutubxona, anjumanlar zali, ma’muriyat
joylashgan. Ikkinchi qavatdagi devor markazidan "Buyuk Sohibqiron 

buyuk bunyodkor” deb 
nomlangan panno joy olgan. Uchinchi qavatdan Markaziy Osiyoning ilk Uyg‘onish davridan to 
Sohibqiron davrigacha va temuriylar hayotidan hikoya qiluvchi eksponatlar, rang-barang osori 
atiqalar o‘rin olgan.
Bugungi kunda muzeyda temuriylar tarixidan so‘zlovchi 3,5 mingdan ziyod eng noyob yodgorliklar 
saqlanmoqda. 
10. "Chorvoq oromgohi” yoki "Piramidalar” sog‘lomlashtirish markazi
Sog‘lomlashtirish markazi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan. Piramida shaklidagi 
uchta binoda turli sinfdagi restoran, bar, biznes-markaz, anjumanlar zali, trenajer zallari, tibbiyot 
punkti singari jami 208 ta nomer bor. 


Markaz 2002-yil 25-dekabrda rasman ochilgan. 

Download 207,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish