UZ24” nashri so‘nggi 23 yil davomida respublikamizda qurilgan ko‘rkam 10 ta bino va inshootlar
ro‘yxatini tuzib chiqdi.
1.
"Minor” jome’ masjidi
Toshkent shahri markazida joylashgan "Minor” jome’ masjidi 2013
-yilda qabul qilingan "Toshkent
shahrining Minor mahallasi hududida masjid barpo etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident
qaroriga binoan barpo etilgan.Masjid bir paytning o‘zida 3 mingdan ziyod namozxonni bag‘riga
sig‘dira oladi.
Masjidning bosh binosi
–
ikki qavatli xonaqoh, ik
kita peshtoq, balandligi 38 metr bo‘lgan ikkita
minora va bir gumbazdan iborat. Masjid hovlisining ikki tomonida milliy yog‘och o‘ymakorligi
uslublarida bezatilgan ustunlar o‘rnatilgan. Bo‘zsuv yoqasigacha ko‘rkam maysazorlar va xiyobon
yaratilgan.
Masjid 2014-yil 1-oktabrda rasman ochildi
2 Hazrati Imom majmuasi
2007-
yil boshida Prezidentimiz Farmoni bilan Hazrati Imom (Hastimom) jamoatchilik jamg‘armasi
tashkil etilib, Hazrati Imom majmuasining asl tarixiy qiyofasini tiklash maqsadida bu yerda keng
ko‘lamli qurilish
-
ta’mirlash va obodonchilik ishlari olib borildi.
Xazrati Imomning yangi ko‘rinishi qadimiy an’analar asosida yaratilgan bo‘lib, u ikki gumbaz va ikki
minoradan
iborat. O‘ng minora xorazmlik
samarqandlik hunarmandlar
etilgan. Minoralarning uzunligi
etadi. Masjidga kiraverishda sandal daraxtidan ishlangan 20 ta ganch tushirilgan ustunli ayvon
joylashgan. Gumbazlar darchalarining alohida loyihalashtirilishi, quyosh nurlarining tongdan ufqqa
qadar masjidni yoritib turishiga imkon yaratgan. Ikki gumbazning ichki qismi tilla suvi bilan
yurgizilgan.
ustalar, chap tomonidan 53 metrni
minora bunyod tashkil
3
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
Kutubxona O‘zbekiston Prezidentining 2002
-yil 20- fevraldagi "Ilmiy-tadqiqot faoliyatini
takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2002
-yil 12-apreldagi Vazirlar Mahkamasining "Alisher
Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasini tashkil etish haqida”gi Qaroriga muvofiq "Milliy”
maqomini oldi.
2011-yil yangidan qurilgan kutubx
ona binosi yetti qavatli bo‘lib, yer ostidagi ikki qavati fonddan
iborat. Kitoblarni sifatli saqlash uchun zamonaviy mobil stellaj olib kelindi. Ilgari so‘ralgan kitob yo
gazeta-
jurnalni o‘quv zaliga
keltirish uchun kutubxonachi opalar kamida yarim soat
yo‘l bosishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bugun bu
jarayon 345 metrli telelift va 100 kilogramm yukni ko‘tarishga mo‘ljallangan lift vositasida
bajarilmoqda.
Shuningdek, bu yerda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Simpoziumlar saroyini
birlashtirgan
"Ma’rifat markazi” ham qad rostlagan.
Milliy va zamonaviy arxitektura uslublarini o‘zida mujassam etgan bu muhtasham koshona
Mustaqillik maydoniga tutash hududda Yoshlar ijod saroyi, Tasviriy
san’at galereyasi, "Poytaxt” biznes markazi kabi
mahobatli inshootlar bilan yaxlit kompozitsiya hosil
qilgan.
Bino yo‘laklariga oq marmarlar yotqizilgan. Majmua derazalariga sakkiz qirrali yulduz shaklidagi uzun
panjaralar o‘rnatilgan. Bino tashqarisida betakror landshaft dizayni va musiqiy favvora sayr
gohga
aylangan.
Saroyning 1 000 o‘rinli katta zalida me’moriy yechimiga
ko‘ra dunyo tajribasida kam uchraydigan gumbaz atrofi bo‘ylab joylashtirilgan 36 ta deraza kun
davomida tabiiy yorug‘likni ta’minlaydi. Deraza osti va gumbaz ichidagi maxsus moslamala
r
yordamida zal havosi muntazam yangilanib turadi.
Davlatimiz rahbarining g‘oyasi asosida Simpoziumlar saroyi vestibyulidagi devorlarga yoqut, feruza,
zumrad, lojuvard, malaxit (yashiltosh), yashma kabi noyob, tabiiy va qimmatbaho toshlardan
yasalgan mahobatli ikki panno shakli, naqshlar tushirilgan.
4
Bunyodkor” sport majmuasi
2012-yil 28-
sentabr kuni Toshkentda "Bunyodkor” sport kompleksining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Unda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ham qatnashdi. Shu kuni o‘zbek futbolining 100
yilligi nishonlandi.
"Bunyodkor” sport majmuasi o‘z ichiga 5
6 gektar maydonni egallagan 7 ta zamonaviy maydon,
bolalar-
o‘smirlar futbol maktabi, basseyn va boshqa zamonaviy inshootlarni qamrab olgan.
Stadion 2008
—
2012-
yillar davomida qurilgan bo‘lib, 34 ming kishiga mo‘ljallangan.
5
Poytaxt” biznes markaz
i
"Poytaxt” biznes markazi 2010
-
yilda ochilgan bo‘lib,
Mustaqillik maydoniga yaqin hududda joylashgan. Biznes markazida ijaraga beriluvchi ofislar,
"Mustaqillik” mehmonxonasi, Kizilkum Gold restorani, bar, fitnes
- markaz hamda anjumanlar zali
joylashgan.
6. Farg‘ona viloyati Teatr
-konsert saroyi
Mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligi arafasida Prezident Islom Karimov
tashabbusi bilan Farg‘ona viloyat markazida Teatr
-konsert saroyi bunyod etildi. U 2014-yilning 6-
dekabr kuni tantanali ravishda ochildi.
Mazkur san’at saroyi 1 000 o‘rinli bo‘lib, milliy va
zamonaviy me’morchilik an’analarini o‘zida uyg‘unlashtirgan. Eshik va ustunlari sharqona naqshlar
bilan bezatilgan.
7. "Buxoro madaniy markazi” majmuasi
Prezident Islom Karimov g‘oyasi, tashabbusi va rahnamoligida barpo etilgan "Ko‘hna va boqiy
Buxoro” monumenti, viloyat musiqali drama teatrining muhtasham
binosi hamda amfiteatrni o‘z ichiga olgan "Buxoro madaniy markazi” majmuasi 2010
-yil 30-avgustda
ochilgan.
"Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumentining markaziy qismida uch avlod—
baxtiyor yosh oila: ota-ona
va bola, barhayotlik timsoli
—nihol o‘tqazayotgan bobo va nevara hamda uy qurayotgan ota va
farzandning barelyefli haykallari ifodalangan.
Madaniy markaz hududidagi barcha yo‘llar salobatli "Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumenti yonida
tutashadi. Obidaning baland tepasida ulkan Yer shari o‘rnatilgan. Unda mustaqil O‘zbekiston xaritasi
tilla rangda naqshlangan.
8. Andijondagi "Hamkor” biznes markazi
2011-
yil Andijon shahrida "Hamkor” xalqaro biznes markazi ochildi.
5 qavatli
markaz "Hamkorbank” aksiyadorlik
-tijorat banki tomonidan bunyod etildi.Markazda
tadbirkorlar uchun ofislar, konferens-
zal, o‘quv markazi, mehmonxona,
restoran, bank bo‘limi, kinozal, kafe
-
bar, qator savdo do‘konlari mavjud.
9. Temuriylar tarixi davlat muzeyi
18 oktabr
—
Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochilgan kun. Muzey 1996-yili Sohibqiron tavalludining
660 yilligi
munosabati bilan Amir Temur xiyoboniga tutash hududda barpo etilgan. Binoning butun aylanasi
bo‘ylab joylashgan ayvonni oq ustunlar ko‘tarib turibdi. Muzeyning balandligi 31, diametri 70 metr.
Muzey gumbazini yoritib turgan "Zumrad” deb nomlangan qandilning og‘irligi 2 tonnadan oshadi.
Unga 500 ta yoritgich o‘rnatilgan.
Muzey 3 qavatdan iborat. Birinchi qavatida xazinaxona,
kutubxona, anjumanlar zali, ma’muriyat
joylashgan. Ikkinchi qavatdagi devor markazidan "Buyuk Sohibqiron
—
buyuk bunyodkor” deb
nomlangan panno joy olgan. Uchinchi qavatdan Markaziy Osiyoning ilk Uyg‘onish davridan to
Sohibqiron davrigacha va temuriylar hayotidan hikoya qiluvchi eksponatlar, rang-barang osori
atiqalar o‘rin olgan.
Bugungi kunda muzeyda temuriylar tarixidan so‘zlovchi 3,5 mingdan ziyod eng noyob yodgorliklar
saqlanmoqda.
10. "Chorvoq oromgohi” yoki "Piramidalar” sog‘lomlashtirish markazi
Sog‘lomlashtirish markazi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan. Piramida shaklidagi
uchta binoda turli sinfdagi restoran, bar, biznes-markaz, anjumanlar zali, trenajer zallari, tibbiyot
punkti singari jami 208 ta nomer bor.
Markaz 2002-yil 25-dekabrda rasman ochilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |