Uz wikipedia org



Download 13,35 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi13,35 Kb.
#344764
Bog'liq
Qobusnoma.or-WPS Office


uz.wikipedia.org

Qobusnoma

"QOBUSNOMA" - Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-taʼlimiy asar, fors-tojik badiiy nasrining birinchi va yirik yodgorligi (11-asr). Tabariston (Mozandaron) hukmdori Shams al-Maoliy Qobusning nabirasi Unsur al-Maoliy (Kaykovus, 1021—98) tomonidan fors tilida yozilgan (1082—83) va "Nasihatnomai Kaykovus" deb atalgan. "Q." shu ayearning oʻzbekcha tarjimasidir. muallif asarni oʻgʻli Gilonshohga bagʻishlagan.

"Q" asosini Qurʼoni karim suralari, Muhammad (sav)ning faoliyati va koʻrsatmalarini ifodalovchi hadislar, hikmatli hikoyatlar tashkil etadi. Asar 44 bobdan iborat. Dastlabki 4 bobi Haqni tanimoq, Paygʻambarlarning xilqati (yaratilishi), Alloh neʼmatiga shukur qilmoq haqida boʻlib, qolgan 40 bobi ota-onani hurmatlash, ilmiy bilimlarni, sanʼatni egallash, harb, savdo, dehqonchilik ishlari va hunarni oʻrganish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, farzand tarbiyasi, saxovat va juvonmardlik kabi koʻplab masalalarni oʻz ichiga oladi. Asarda hunar va ilm jamiyat taraqqiyotining asosiy omillari deb qaraladi. Odamlar 3 guruhga boʻlinib, ularning jamiyatda tutgan oʻrni belgilanadi; odamlarning fazilatlari ham 3 guruhga boʻlinadi: aqllilik, haqgoʻylik, juvonmardlik.

Kaykovus dunyodagi mavjudotni birbiri bilan bogʻliq va murosasiz deb talqin qiladi. U kishi ruhiyatini ham 2 guruhga boʻladi: jismoniy sezgini modda, ruhiy hissiyotni esa "jon" bilan bogʻlaydi va bularning birini moddiy, ikkinchisini ruhiy hayot mahsuli deb koʻrsatadi. Uning fikricha, dunyodagi hamma narsalar yaralishi va mohiyat eʼtibori bilan ilohiydir. Zero, inson Allohni tanimoq uchun avvalambor oʻzini bilmogʻi, yaʼni "sozga qarab sozandani tanimogʻi lozim", deydi. Bu kabi masalalar kitobda ixcham hikoyatlar, rivoyatlar, sheʼr va latifalar, maqol va hikmatlar yordamida bayon qilinadi.

"Q." rus va Gʻarb sharqshunoslarining , Sharq olimlari va pedagoglarining diqqatini anchadan beri oʻziga tortib keladi. Asar turk (1432, 1705), uygʻur (178687), nemis (1811), oʻzbek (1860, Ogahiy tomonidan), tatar (1881), fransuz va rus (1886) tillariga tarjima qilingan. Ogahiy tarjimasining 2 qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida, yana bir qoʻlyozma nusxasi SanktPeterburgda Saltikov-Shchedrin nomidagi Xalq kutubxonasida saqlanadi. "Q."ning Subutoy Dolimov tomonidan hozirgi oʻzbek tiliga oʻgirilgan nusxasi Toshkentda 3 marta nashr qilingan.

Nashri: Unsur al-Maoliy, Qobusnoma, T., 1973 (toʻldirilgan 3-nashri], T., 1994.

Habib Abdunazar.

«Qobusnoma» asari Sharq xalqlari orasida ma’lum va mashhur. Mo‘jaz rivoyatlar, ixcham latifalar, kichik-kichik hikoyatlar kitobning yanada jozibali, kitobxonni o‘ziga jalb etadigan darajada boy mazmunga ega bo‘lishini ta’minlagan. „Qobusnoma“ asarining fazilatlari cheksiz: unda ham jismoniy, ham aqliy tarbiyaning hamma qirralari o‘ta zukkolik bilan tahlil qilinadi. Sharq mutafakkirlarining pedagogikaga oid asarlarini o‘rganar ekanmiz, ularda har bir ta’limiy-tarbiyaviy masala bilan uzviy ravishda bog‘langan hikoyat keltiriladi. Bu hikoyatlar asarning ham g‘oyaviy, ham badiiy yuksakligini ta’minlagan.

KAYKOVUS


«QOBUSNOMA«DAN

Subutoy Dolimov tarjimasi

06

077«QOBUSNOMA» — Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-ta’limiy asar, fors-tojik badiiy nasrining birinchi va yirik yodgorligi (11-a.). Tabariston (Mozandaron) hukmdori Shams al-Maoliy Qobusning nabirasi Unsur al-Maoliy (Kaykovus,1021—98) tomonidan fors tilida yozilgan (1082—83) va «Nasihatnomai Kaykovus» deb atalgan. «Qobusnoma» shu asarning o’zbekcha tarjimasidir. Muallif asarni o’g’li Gilonshohga bag’ishlagan.



«Qobusnoma» asosini Qur’oni karim suralari, Muhammad (sav)ning faoliyati va ko’rsatmalarini ifodalovchi hadislar, hikmatli hikoyatlar tashkil etadi. Asar44 bobdan iborat. Dastlabki 4 bobi Haqni tanimoq, Payg’ambarlarning xilqati (yaratilishi), Alloh ne’matiga shukur qilmoq haqida bo’lib, qolgan40 bobi ota-onani hurmatlash, ilmiy bilimlarni, san’atni egallash, harb, savdo, dehqonchilik ishlari va hunarni o’rganish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, farzand tarbiyasi, saxovat va juvonmardlik kabi ko’plab masalalarni o’z ichiga oladi. Asarda hunar va ilm jamiyat taraqqiyotining asosiy omillari deb qaraladi. Odamlar 3 guruhga bo’linib, ularning jamiyatda tutgan o’rni belgilanadi; odamlarning fazilatlari ham 3 guruhga bo’linadi: aqllilik, haqgo’ylik, juvonmardlik.

Kaykovus dunyodagi mavjudotni bir- biri bilan bog’liq va murosasiz deb talqin qiladi. U kishi ruhiyatini ham 2 guruhga bo’ladi: jismoniy sezgini modda, ruhiy hissiyotni esa «jon» bilan bog’laydi va bularning birini moddiy, ikkinchisini ruhiy hayot mahsuli deb ko’rsatadi. Uning fikricha, dunyodagi hamma narsalar yaralishi va mohiyat e’tibori bilan ilohiydir. Zero, inson Allohni tanimoq uchun avvalambor o’zini bilmog’i, ya’ni «sozga qarab sozandani tanimog’i lozim», deydi. Bu kabi masalalar kitobda ixcham hikoyatlar, rivoyatlar, she’r va latifalar, maqol va hikmatlar yordamida bayon qilinadi.

«Qobusnoma» butun dunyo sharqshunoslarining, Sharq olimlari va pedagoglarining diqqatini anchadan beri o’ziga tortib keladi. Asar turk (1432, 1705), uyg’ur (1786-87), nemis (1811), o’zbek (1860, Ogahiy tomonidan), tatar (1881), frantsuz, rus (1886) va boshqa ko’plab jahon tillariga tarjima qilingan. Ogahiy tarjimasining 2 qo’lyozma nusxasi O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida, yana bir qo’lyozma nusxasi Sankt- Peterburgda Saltikov-Shchedrin nomidagi Xalq kutubxonasida saqlanadi.

«Qobusnoma»ning Subutoy Dolimov tomonidan hozirgi o’zbek tiliga o’girilgan nusxasi Toshkentda juda ko’p marta nashr qilingan.

009

Shoirlik haqida



i_040.jpgEy farzand, shoir bo’lishni istasang, harakat qilki, so’zing oson va foydali bo’lsin, anglashilmaydigan, qiyin so’zlarni ishlatmagil, o’zinggina bilib, boshqalar uning sharhiga muhtoj bo’lgudek so’zni aytmagil, chunki she’rni xalq uchun yozish kerak va o’zi uchun yozmaydi. Bir xil vazn va qofiyaga qanoat qilmagil, san’atsiz, tartibsiz she’r aytmagil. She’r zarb va shaklda al’al1 bo’lsa, ya’ni vazni to’la bo’lsa, yaxshi bo’ladi. Shoirlik qoidasiga ko’ra (she’r yozishda) san’atdan g’ofil bo’lmagil. Masalan, shoirlarning zarur usullari shular: mujonis (o’xshash), muzmar (yashirin), mutobiq (uyg’un), mushokil (shakldosh), mulavvan (bo’yalgan), mutashobih (allegorik), mukarrar (takror), muvassal (ulangan), muraddaf (radifli), musammat (she’rning bir bandidagi qofiya va boshqa misralardagi qofiyadan farq qiladi), muqatta’ (kesik), musajja’ (qofiyadosh), mutazod (qarama-qarshi), muvashshah (bezatilgan), mustaar (ko’chma ma’noli), muxalla’ (bo’rtmoq), mustaxiyot (o’zgarish), mustaviy (ravon), muzdavaj (juft), muvaana (parallel), zulqofiyatayn rajaz maqlub (qo’sh qofiyali maqtov she’ri) va shunga o’xshashlar.

Ammo so’zning yuksak (va ta’sirchan) bo’lishini istasang, kinoya, istehzoli gapni (ko’p) so’zlama, mumkin qadar istioralarni ishlatgil. Madhda istiorani ishlatgil. Agar g’azal yozmoqchi bo’lsang oson, ravon va latif so’zlar bilan yozg’il va mashhur qofiyalar bilan ziynatlagil, sovuq va yoqimsiz qofiyalarni ishlatmagil, oshiqona o’z ahvolingni va go’zal (yoqimli) so’zlaringni qo’ldan bermagil va yaxshi masallarni ham qo’ldan bermagil, shunday yozsang, yuqori tabaqa hamda oddiy xalqqa ma’lum bo’ladi va sening she’ring shuhrat topadi.

Og’ir vaznda va aruzda she’r yozmagil, chunki aruz va og’ir vazn yoqimsiz qiliqli, sovuq (tabiatli), latif va nozik ma’nilardan mahrum bo’lgan odamlar uchun yaxshidir. Agar biror kishi shunday she’rni talab qilsa, yozsang bo’ladi. Ammo aruz, shoirlik, taxallus ilmini o’rganish bilan she’r (yozishni) o’rgangil. Agar shoirlar orasida munozara bo’lsa, yo bir kishi sen bilan kashfiyot haqida bahslashib qolsa yoki seni imtihon qilib ko’rsa, yengilib qolmagil, aruz doiralarini5, ularning otlarini, doiralardan paydo bo’ladigan bahrlarning otlarini bilgil. Masalan, hazaj, ramal, hazaji makfuf, hazaji axrab, rajazi matviy, ramali majnun va mansuh, hafif, muzorei axrab, muqtazab, mutaqorib, qaribi axrab, mansuhi kabiri basit, madid, komil va vofir. Bularning monandini va bu bahrlarning barcha aruz va zarblarini bilib olgil. Madhiya, g’azal yo hajv yoki marsiya yozmoqchi bo’lsang, so’zni mukammal ishlatgil, so’zni notamom ishlatmagil. Nasrda ishlatilgan so’zni nazmda ishlatma, negaki nasr — raiyat, nazm podsho martabasidadir. Agar bir narsa raiyatga loyiq bo’lmasa, podshoga ham loyiq emas.

G’azalni go’zal va ravshan yozg’il, madh yozishda baquvvat va balandhimmat bo’l. Har bir odamga loyiq so’zni aytgil va har bir kishining qadriga qarab she’rni bilib yozg’il. Agar odamda qahramonlik bo’lmasa, uni shijoatli, bahodir deb maqtamagil. Agar odam beliga pichoq taqmagan bo’lsa, unga, qilich bilan sherni o’ldirasan, nayza bilan Besutun6 tog’ni teshasan, o’qni chumolining ko’zidan o’tkazasan, demagil. Har odamki, otga minmagan bo’lsa, unga sening oting Duldulga7, Raxshga8, Buroqqa9 o’xshaydi, demagil. Har bir odamga munosib so’zni aytgil. Ammo shoir madh qilinuvchining tabiatini va unga qanday so’z ma’qul bo’lishini bilishi lozim. Uning xohishiga loyiq madh qilgil. Shundan keyin uning in’omidan ko’ngling xohlagancha ko’z tutgil va himmatingni past tutmagil, har bir masalada o’zingni banda va o’zgani xodim deb ko’p aytmagil, agar maqtagan kishing shu so’zga loyiq bo’lsa, aytgil.

Hajv qilishni odat qilmagilki, yomon bo’ladi. Agar she’rda yolg’on va mubolag’ani yaxshi desalar ham, yolg’onni haddan oshirib yubormagil, do’stlarning va xalqning baland martabali ekanini aytishni zarur deb bilgil. Ammo g’azal va marsiyani bir xil uslubda, hajv va madhni ham bir xil uslubda yozmagil. Agar hajv yozishni bilmasang, madhning teskarisini yozgilki, bu hajv bo’ladi, marsiya va g’azalni ham shunday qil. Har xil narsa yozmoqchi bo’lsang, o’z fikring bilan yozgil, boshqalarning so’zini takrorlama, agar boshqalarning so’zini takrorlasang, ko’ngling ochilmaydi, she’r maydoni senga keng bo’lmas va dastlabki she’r yozgan darajangda qolaverasan. Tabiating ochilib, shoirlikka qodir va mohir bo’lganingdan so’ng, agar biror yerdan biror ajoyib ma’nili so’z eshitsang, sen shu so’zni ma’qul ko’rsang, bu so’zni boshqa o’rinda ishlatishni istasang (shunday so’zni ishlatdim deb), takabbur bo’lib ketmagil, lekin bu so’zni ishlatmagil, agar shunday so’zlar madhda ishlatilgan bo’lsa, sen hajvda ishlatsang (ma’qul bo’ladi), g’azalda bo’lsa, marsiyada ishlatgil, chunki kishi bu so’zni qaerda ishlatilganini bilmasin.

Agar maqtovchini talab qilsang yoki bozor ishini qilsang, qovog’ing soliq, kiyiming iflos bo’lmasin, hamma vaqt chehrang ochiq bo’lsin, kulib turgin. Nodir hikoyalarni, kulgili so’zlarni yod ol, chunki maqtovchining oldida shoirning bundan boshqa chorasi yo’qdir.

Ushbu kitobning mazmuni shundan iboratki, shoh Kaykovus o‘zining hayotiy tajribalari bilan o‘g‘li Gilon shohni tarbiyalashni istaydi va o‘zining bu pand-nasihatlarini o‘g‘li uchun eng qimmatbaho meros deb ta’kidlaydi. U o‘z asari “Qobusnoma”da o‘g‘li Gilon shohga murojaat qilib deydi: “Ey farzand, umidim shuki, sen bu pandlarni qabul qilgaysan. Bilgilki, xalqning rusmi odati shundayki, yugurib-elib, qidirib-axtarib dunyodan biror narsa hosil qiladilar va narsalarini o‘zlarining yaxshi ko‘rgan kishisiga qoldirib ketadilar. Men dunyoda mana shu so‘zlarni hosil qildim, sen mening uchun eng qimmatbaho xazinasan. Menga safar vaqti yaqinlashdi, dunyodan nima hosil qilgan bo‘lsam, sening oldingga qo‘ydim, toki o‘zingga bino qo‘ymagaysan va o‘zingga nomunosib ishlarni qilmagaysan”.

Shoh Kaykovusning “Qobusnoma” asarida tarbiya, axloq masalalari asosiy o‘rinni egallaydi. Kitob 44 bobdan iborat. Muallif “Ota-onani hurmatlash haqida” bobida g‘oyat muhim bir fikrni bayon qiladi, bu o‘rinda xalqimizning “Nima eksang, shuni o‘rasan” degan mashhur bir maqolini ishlatadi. Unga ko‘ra kishi odamlarga yaxshilik qilsa, kattalarga hurmat, kichiklarga muruvvat qilsa, uning bu ezgu ishlari boshqalardan qaytadi, mabodo yomonlik, dilozorlik qilsa ham qilmishlari boshqalardan albatta o‘ziga qaytadi.

Kaykovus yana ushbu bobda o‘g‘liga nasihat qilib deydi: “… o‘z farzanding seni hurmat qilishini istasang, sen ham ota-onangni hurmatini joyiga qo‘y, zero, sen ularga qanday munosabatda bo‘lsang, xuddi shunday o‘zingga qaytgay”. U bu bilan ota-onaning ko‘nglini ranjitmaslikka, ularni hurmatini qilib, shirinso‘z bilan xushmuomala bo‘lishga undaydi.

Kaykovus o‘g‘lini xalqqa yaqinlashishga, uning manfaatini ko‘zlashni farzandiga uqtiradi: “Xalqning ozgina yaxshiligini ko‘p ko‘rgil, qaysi narsa xalq manfaatiga yaqin turishini o‘rgan”, — deydi.



Kaykovus o‘z asarida tarbiyaga alohida e’tiborni qaratar ekan, tarbiyani inson aqlini va shaxsiy hayotni shakllantiruvchi omillardan deb biladi. Bunda inson ruhiyatini yuksaklarga ko‘tarishni ilgari suradi, salbiy illatlarning sabablarini izlaydi. Xususan, insonni tarbiyalashda hayotda tarbiyaning ta’sir o‘rni yuqori ekanligini e’tirof etishni burch deb biladi. Uning fikricha, yoshlarga tarbiya berishdan maqsad ularni nafaqat bugun, balki kelajak uchun ham yaroqli shaxslar qilib yetishtirishdir. Shuning uchun muallif asarda yoshlarning xulq-atvoriga, fe’liga alohida e’tibor beradi. Shuningdek do‘stu dushmanga ham qanday munosabatda bo‘lish kabi masalalarni ham yoritgan. Bola boshidan deyilganidek, farzandni tug‘ilgandan tarbiyalash, odob-axloq me’yorlarini o‘rgatish, ilmu hunarli qilish, bolaning mehnatga bo‘lgan ko‘nikmasini hosil qilish zarurligini, aks holda “kechikkan” tarbiyaning hech bir ta’siri bo‘lmay, zarur samarani bermasligini aytib o‘tgan. “Qobusnoma”da yoshlikda bor kuch-quvvatni bilim olish, kasb-hunar o‘rganishga sarflash ayni muddao ekanligi ta’kidlangan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, yosh kitobxonlarimiz bo‘sh vaqtlarida bunday mazmundagi asarlarni o‘qib o‘z ma’naviyatlarini mohiyatan boyitadilar. Bugun yosh kitobxonlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan, ular istagan asarlarini elektron variantda o‘qib tushunishlari mumkin. Jamiyatning ertangi kunini tinch va obod bo‘lishi, eng avvalo, yoshlarimiz olayotgan, o‘zlashtirayotgan ta’lim-tarbiyaga bog‘liq. Qaysi xonadon, mahalla, oilada tarbiya yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha xonadon, mahalla, oila ahil-totuvlikka oshno, topgan-tutganida baraka bo‘ladi. O‘z-o‘zidan yurt obodligi va ozodligi ham mustahkamlanib, yuksalib boraveradi.
Download 13,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish