Uyushmasi sulaymon rahmon



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/17
Sana28.11.2022
Hajmi0,87 Mb.
#874094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Sulaymon Rahmon. Dunyodan she\'r yig\'ib dunyoga sochdim (2021)

TABIATNING DAFTARI
Bir daftarga o‘xshaydi dunyo,
turfa yozuvlarga to‘la bir daftar:
so‘ngsiz bir jumladir osmon,
yulduzlari – otashin so‘zlar...
Bir jumla oq,
bir jumla qora,
“kecha-kunduz” so‘zlaridir bu.
So‘zlardir o‘rmonlar,
bog‘lar so‘zlardir...
Kimlarga xitobdir bo‘ychan daraxtlar?
Maysalar kimlarga atalgan shivir?
Kimga “To‘xta!” degan nidodir tog‘lar,
o‘tloqlar kim uchun zangori pichir?
Nima deb nolalar qiladi,
kuzakda o‘zbegim bog‘lari?
Ne ma’no yashirin paxtazorlarda
yoz chog‘i,
kuz chog‘i,
bahor chog‘lari?
Kimning ijodi bu rango-rang gullar,
yulduzlar,
buloqda qaynagan suvlar,
qoyalar ustida turgan ohular,
ne ma’no anglatar, oh, ular?
Kimning ijodimiz bizlar, odamlar?
Ey, o‘qib yashaylik,
yong‘oq kabi chaqib yashaylik,
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sulaymon RAHMON
14
yozuvlarning mag‘izlarini:
gullar – shu tuproqning kulgilaridir;
suvlar – ariqlarda mildir-mildir,
daryolarda shildir-shildir,
dengizlarda guldir-guldir,
tabiatning tuyg‘ularidir;
dashtu cho‘llar esa – uyqularidir;
yigit chog‘imizdir bizning – o‘rmonlar,
go‘dak kezlarimiz maysalar bizning;
tog‘lar – g‘ururimiz,
shuurimiz – quyosh;
ranglari o‘zgarmas archalar –
vatanga,
tuproqqa muhabbatimiz;
Odamlar, biz kimning xatimiz,
kimga xatimiz?
Men – o‘tmishning orzuingdirman,
orzui bo‘lsaydim kelajakning ham,
koshki meni o‘qiy olsa navqiron nasl
Muhabbat, Sadoqat so‘ziday ul dam.
Oh, shunday bir ma’no bermasang agar,
nega kelding dunyoga, odam?
Bu uzun,
bu qisqa jumlalar aro,
ayting, do‘stlar, men qaysi so‘zman?
Koshki Baxt so‘ziday o‘qiy olsaydi
ona xalqim,
ona vatanim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


DUNYODAN SHE’R YIG‘IB, DUNYOGA SOCHDIM
15
Koshki meni jahon xalqlari
O‘zbekiston farzandi deya
hijjalamay, erkin o‘qiy olsaydi,
tabiatning o‘chmas yozuvi kabi,
tabiatning shu daftarida...

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish