3.Jinoyatchi guruhlarning jinoiy harakatlarining psixologiyasi.
Jinoyatchi guruhlarning jinoiy harakatlarini tahlil qilganda quyidagi omillarga e’tibor berish kerak:
Ushbu guruhga uyushish sabablari:
«birlashmasdan» jinoyat sodir etishning imkoniyati yo‘qligi;
jinoiy maqsadlarning uyg‘unligi;
shaxsiy bir-birini yoqtirish;
xulq-atvorning, e’tiqodlarning monandligi, huquqiy ongdagi umumiy norasolik.
Jinoiy guruhda rollarning taqsimlanishi:
iroda sifatlari;
tashkilotchilik qobiliyatlari;
yetakchilarning obro‘si va tashabbusi;
ikkinchi darajali a’zolarning irodasizligi, moslashuvchanligi, ichkilikka ruju qo‘yish.
Guruh ichidagi to‘qnashuvlar va ziddiyatlar.
Uyushgan jinoiy tizimlar zulukdek jamiyat qonini so‘radi. Yashirin iqtisod ularning moliyaviy asosidir.
4. Shaxs va guruhning kriminal yo‘nalganliklarining ijtimoiy - psixologik tavsifi.
Jinoyatchilikning tub o‘zagi g‘arazdan iborat motivdir (kontrabanda, soxta pul yasash, valyuta operatsiyalari qonunlarining buzilishi kabi). Davlat va xizmat sirlarini sotish, qotillik va qiynash, qurol va o‘q-dori bilan qonunga xilof operatsiyalar kabi jinoyatlar uchun g‘arazli motivlashuv xarakterlidir. Shantaj qilib to‘lov undirish maqsadini ko‘zlagan jinoyatchilikning yana bir turi «kindneppin» (odamlarni, ko‘pchilik hollarda bolalarni o‘g‘irlash) ham tomir otdi.
Uyushgan jinoiy guruhlarning manbalaridan biri (ayniqsa reket jinoyatida) sportchilar bo‘lib qolyapti. Zo‘ravonligining intensivligi jihatidan reket uyushgan jinoyatchilikning eng tajovuzkor turlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ko‘p hollarda u jismoniy zo‘rlik ishlatish, azoblash, qiynash, kimnidir garovga olish, mol-mulkni yo‘q qilib tashlash, bosqinchilik ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi.
«Omadi chopgan» jinoiy hamjamiyat a’zolarida jazoning muqarrar emasligi, korporativ birdamlik, himoyalanganlik tuyg‘ularini shakllantiradi. Biroq jinoiy guruhlardan birini fosh etishga oid muvaffaqiyatli o‘tkazilgan tergov boshqa guruhlardagi jinoyatchiliklarda fosh etilishdan qo‘rquvni uyg‘otadi, o‘zini asrash hissini qo‘zg‘atadi. Tergov muvaffaqiyatli o‘tkazilishi uchun jinoiy hamjamiyatning psixologik tahlilini, uning tuzilishini, barcha a’zolarini, «lavozim zinapoyasidagi» mavqeini, har birining shaxsiy xususiyatlarini o‘rganish va aniqlashdan boshlamoq zarur. Jinoyat psixologiyasi nima?
Jinoyat psixologiyasi bu psixologiyaning bir bo'lagi jinoyat va jinoyatchilikning kelib chiqishini o'rganish, tushunish va tushuntirishga qaratilgan. Shuningdek, u jinoyatchining oldini olish va unga qarshi kurashish va huquqbuzarni reabilitatsiya qilish bo'yicha o'rganilgan narsalardan foydalanishdan tashqari, jinoyatchining motivlari va shaxsini o'rganadi. Bularning barchasiga asoslanib, qamoqxonalarda, ruhiy salomatlik markazlarida va sudlarda jinoyatchilikka aloqador shaxslar bilan suhbatlar o'tkazishda va huquqbuzarliklarning oldini olish dasturlarini ishlab chiqishda jinoyat psixologining figurasi ajralib turadi.
Jinoyat psixologiyasi nisbatan yaqinda boshqa yaqin tarmoqlardan mustaqil bo'lishga muvaffaq bo'lgan amaliy ijtimoiy intizom. U bilan bog'liq bo'lgan ushbu sohalar orasida bizda huquqiy psixologiya, sud psixologiyasi, qamoqxona psixologiyasi va politsiya psixologiyasi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |