Adabiyot. Uyg’onish davri adabiyoti va san’atida o’z davrining buyuk kishilari ijod qildilar. Saxiy tabiat ularning har biriga ko’p qirrali noyob qobilyat in’om etgan edi.
Bunday noyob qobilyat egalaridan biri Uilyam Shekspirdir (1564 – 1616). U: “Inson tabiatning ajoyib mo’jizasi”, deb hisoblardi. Shekspir teatrga muhabbat qo’ydi.
Shekspir ham aktyor, ham dramaturg sifatida ijod qildi. Shekspir insonlarni o’rab turgan olamni sahna, odamlarni esa aktyorlar deb tasavvur qilardi.
Teatrning odamlarni taqdir zaebasidan bukilmaslikka o’rgatuvchi, sotqinlik va ikkiyuzlamachilikdan nafratlanish hissini tarbiyalovchi, tubanlikka qarshi kurashga o’rgatuvchi maktab bo’lib qolishiga astoydil ishonib yashdi. Shekspir asarlarining qahramonlari donova mashhur kishilar edi.ular sevganlar va azob chekkanlar. Xato qilganlarning esa hafsalasi pir bo’lgan. O’z baxtlari uchun kurashganlar va bu kurashda, afsuski yengilganlar. Chunonki, “Otello” tragediyasida tuhmatga ishongan Otello o’z sevgilisi Dezdemonani bo’g’ib o’ldiradi. “Gamlet” tragediyasida esa zaharlangan xanjar Gamletni o’ldiradi.
“Qirol Lir” asari qhramoni qirol Lir esa qizlari tomonidan daydib yurishga va gadolikka mahkum etiladi. “Romeo va Julyetta” asarida esa o’rta asr jaholati oqibatida Romeo va Julyettalar halok bo’ladilar. Lekin hech narsa Shekspir qaxramonlarini erkinlikdek yuksak va yorug’ tuyg’ulardan voz kechishga majbur eta olmaydi. Shu tariqa mag’lubiyat va o’limga qaramasdan, Sheksrirning: “Inson - tabiatning ajoyib mo’jizasi!” degan fikri uning asarlarida o’z tasdig’ini topadi.
Bu davr madaniyatining yana bir yirik arbobi, ispan yozuvchisi Migel de servantesdir (1547 - 1616). Uning mashhur “Don Kixot” asari qahramoni, jahongashda Don Kixot adolatsizlik olamidagi so’ngi olijanob ritser. U odamlar hayoti biroz bo’lsa-da, yaxshi bo’lishiga yordamlashish yo’lida qo’lidan kelganich harakat qiladi.
Bu ish uning hayotdagi: “Erkinlik uchun xuddi shon- sharaf uchun qilinganidek, jonni xavfga qo’yish kerak” shiorining amaldagi ifodasi edi.
Tasviriy san’at. Uyg’onish davri madaniyatining yana bir buyuk namoyondasi Leonardo da Vinchidir (1452- 1519). U bir vaqtning o’zida ham rassom, ham shoir, ham me’mor, ham haykaltarosh, ham musiqachi, ham ixtirochi edi. Leonardo rasm chizish san’atini “san’atlar malikasi” deb atagan. Buyuk rassom bir paytning o’zida zehnli izlanuvchi olim ham edi. Uning asarlari qahramonlari xudolar va avliyolar emas, balki oddiy odamlar edi. “Chaqaloq tutgan Madonna” rasmi buning yorqin dalilidir. Ona go’dakni ko’kragiga bosib, avaylab quchoqlab turibdi va unga yengil yarim tabassum qilmoqda yer esa onanig go’dagiga cheksiz muhabbatini anglatib turibdi. Leonardoning “Maxfiy kecha” deb nomlangan devoriy rasmi ham mashhurdir.
Injildagi rivoyatga ko’ra, Iso payg’ambar o’limidan oldin shogirdlarini to’plagan. Isoning shogidlariga hozirgina aytgan “Sizlardan biringiz meni sotasiz”, degan bashorati tasviri. Shogirdlar uning bu so’zidan qotib qolishgan. Ularning yuzida hayrat, qo’rquv, g’azab va ishonchsizlik. Iso esa xotirjam, ayni paytda qayg’uli. Faqat uning holsiz qo’llari taqdirga bo’y sunganligini, so’zsiz halokat muqarrarligini ifodalab turadi.
Bu davrning buyuk rassomlaridan yana biri Rafael santi(1483 - 1520) edi. U atigi 37 yil umr ko’rdi xalos. Lekin shu qisqa davr ichida o’z nomini abadiylika muhrlagan asarlar yarata oldi. U yaratgan asarlar ichida “Sikstin madonnasi” mashhurdir.
Zamondoshlari “Sikstin madonnasi” asariga “shu xildagilarning yagonasi” deb baho berishgan edi. Unda oyoqyalang Bibi Maryam go’yo bulutlarni bosmaganday, ohista ularning ustida uchib yurganday. U o’z qismatiga peshvoz chiqmoqda. Hali go’dak Isoning nigohlari kattalarnikidek jiddiy. U go’yo kelajakdagi azoblar va o’limni oldindan sezayotganday. Onaning qarashlarida ham qayg’u va xavotir bor. U oldinda nima bo’lishini bildi. Shunga qaramasdan o’g’lining hayoti evaziga haq yo’llari ochiladigan odamlar tomon oldinga yuradi.
Gallandiyalik mashhur rassom Rembrant (1606 - 1669) yaratgan asarlar ichida eng mashhuri “Adashgan o’g’ilning qaytishi” rasmi edi. Bu asarni muallif hayotining eng og’ir damlarida – o’g’lining o’limidan so’ng yaratgan. Injilda oilasini tashlab ketib, uzoq vaqt sang’ib yurgan, barcha boyliklari tugagach, ortga qaytgan o’g’lini ota kechiradi va uyiga qabul qiladi. Rembrant o’z asarida ota va o’g’ilning uchrashuv payti aks ettirgan. Adashgan o’g’il uy ostonasi oldida tiz chokib turibdi. Yirtiq kiyim va sochsiz bosh o’tgan umr kulfatlarining guvohi. Ko’r, keksa otaning barmoqlari o’g’lining yelkasiga tegyapti. Qo’l harakati bu dunyodan qriyb umidini uzgan odamning yorqin quvonchini va cheksiz muhabbatini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |