Haykaltaroshlik. Bu davr haykaltaroshlari ichida Mikelanjelo Buonarrotti (1475- 1564) ham o’zining o’lmas asarlari bilan tarixda iz qoldirdi. U haykaltaroshlikni “san’atlar ichida birinchi”, aynan haykaltaroshlikkina insonni, uning go’zalligini hamma narsadan yaxshiroq sharaflaydi, deb hisoblagan. San’atkor yaratgan “David” haykali uning nomini abadiylikka “mahkum” etdi. Injil rivoyatlariga ko’ra, yosh cho’pon yigit David dahshatli devsifat Goliaf bilan jangga tushishga jur’at qiladi va sanjondan otilgan tosh bilan uni qulatadi. Haykaltarosh Mikelanjelo esa jang oldida turgan Davidni tasvirlagan. Uning yuzi g’azabga to’la va kuchli qo’llari sanjonni tutib turibdi. Bu haykal o’zining balandligi va go’zalligi bilan o’zigacha yaratilgan barcha asarlarni ortda qoldirdi. Pyotr sabori Rimning va Yevropaning bosh katolik ibodatxonasidir. Yuz yildan ortiq davr mobaynida bunyod etilgan bu sabor qurilishini Mikelanjelo nihoyasiga yetkazdi. Bu barcha insonlar sivilizatsiya rivojlanishiga o’zlarining ulkan hissalarini qo’shishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |