Key words: Uy xo’jaliklari moliyasi,
Uy xo’jaliklari moliyasi amaliyotda kengroq tushuncha bo’lib, o’z ichiga mikrofirmalar, yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tmagan ammo tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi, fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan tadbirkorlik shakllari, fermer va dehqon xo’jaliklari uy xo’jaliklari moliyasining amaldagi tarkibiy tuzilishidir. Uy xo’jaliklarida hosil qilinadigan asosiy pul mablag’lari birinchi navbatda ularning iste’mol, va umumiy birlamchi ehtiyojlariga sarflanadi. O’z navbatida bu kichik moliyaviy sektor o’z funksiyalari orqali davlatning moliya sohasida olib boradigan siyosatiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir eta oladi.
Uy xo’jaliklari moliyasi iqtisodiy munosabatlarda quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Taqsimlash. Har bir iqtisodiy birlik o’z faoliyatida davomida ma’lum bir harakatni amalga oshiradi va evaziga o’zi uchun kerakli bo’lgan pul mablag’larini shakllantiradi. Shakllangan pul mablag’lari yalpi foyda sifatida ish haqi, soliq va boshqa majburiy to’lovlarga taqsimlanadi. Aynan shu jarayonlarda uy xo’jaliklarining amalga oshiradigan harakatlari va o’zida qoladigan daromad summasi taqsimlash jarayonini ifoda etadi va yalpi foydaning har bir qismi taqsimlash funksiyasining natijasi hisoblanadi.
Uy xo‘jaliklari moliyasining yana bir funksiyasi nazorat hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida uy xo‘jaligi mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi, ya’ni uy xo‘jaligi a’zolarining hayot darajasi to‘laligicha daromadning unga tegishli ulushiga bog‘liq. Bu miqdorga qator omillar ta’sir qiladi. Ular ta’siri ostida daromaddagi ulush ko‘payishi yoki kamayishi mumkin. Shuning uchun, iste’molning odatiy darajasini saqlab turish masadiga ega bo‘lgan holda, uy xo‘jaligi olingan daromadni turli jamg‘armalar bo‘yicha taqsimlanishi, shuningdek bu jamg‘armalar mablag‘laridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirmasdan ilojisi yo‘q. Uy xo‘jaligi iqtisodiyoti uning turli qatnashchilari o‘rtasidagi yetarlicha murakkab munosabatlari majmuiga tayanadi..
Uy xo‘jaligini turli qatnashchilarining iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirish ularni tartibga solish orqali ta’minlanadi. Tartibga solish deganda daromadning uy xo‘jaligining bir a’zoziga to‘g‘ri keladigan tegishli qismini o‘zgarish mumkinligi tushuniladi. Shunday qilib, uy xo‘jaliklari moliyasi yana bir muhim funksiya – tartibga solish funksiyasini ham bajaradi. U uy xo‘jaligini yagona bir butunlikda balansli rivojlanishini ta’minlaydi. Bunga moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash yo‘li bilan erishilinadi. Shuni ta’kidlash kerakki, uy xo‘jaligi darajasida uning rivojlanishini tartibga solish, asosan, o‘zini-o‘zi tartibga solish bilan amalga oshiriladi. Bu jarayonda uy xo‘jaligi qatnashchilarining erkinligi davlat tomonidan chegaralanishi mumkin emas.
Uy xo’jaliklarining yana bir muhim funksiyasi bu investitsiyalash va investitsiya resurslarini tashkil qilishdir. Ushbu funksiya qolganlaridan farqli ravishda kengroq tushunchani kasb etadi. Moliyaviy investitsiyalarning asosini kichik jamg’arma fondlaridagi pul mablag’larining markazlashuvi natijasida yuzaga keladigan pul resurslari tashkil etadi. Ko‘pincha uy xo‘jaliklarining investitsiya funksiyasi faqatgina kapitallashtirilayotgan daromadlar ulushi, ya’ni jamg‘arma (omonat) (turli moliyaviy institutlarga va real ishlab chiqarishga qo‘yilmalar) sifatida ishlatilayotganlar bilan bog‘lanadi. Biroq, bu yondoshuv bir tomonlama hisoblanadi. Aslida esa, iste’mol ulushining ortishi ham iqtisodiyotda investitsiyalarning o‘sishiga ko‘mak beruvchi omil hisoblanadi.
Uy xo’jaliklarining daromadlari tarkibi bir qancha manbaalardan shakllanadi. Misol uchun tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi subyektlarning barcha daromadlari tadbirkorlikdan olinadigan daromadlar sifatida qayd etiladi. Shu o’rinda uy xo’jaliklari daromadlari shakllanishiga qarab quyidagi guruhlarga ajratiladi.
Ushbu daromadlar orasida eng yuqori ko’rsatkichni mehnat faoliyatidan olingan daromadlar tashkil qiladi. 2020- yilning yanvar-dekabr oylari ma’lumotlariga ko‘ra, mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning umumiy daromadlar tarkibidagi ulushi 69,3 % ni tashkil etdi. 2020-yilda umumiy uy xo’jaliklarining daromadlari 401.5 trln. so’mni tashkil etdi. Bu esa garchi pandemiya sharoiti bo’lsada o’tgan yilga nisbatan 2.6 foizga oshgan. 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida (o‘n ikki oy davomida), aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi Toshkent shahrida (23 563,1 ming so‘m) hamda Navoiy (19 200,2 ming so‘m), Buxoro (14 474,0 ming so‘m), Toshkent (12 565,3 ming so‘m) va Xorazm (12 023,0 ming so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilganligi kuzatildi.
Uy xo’jaliklari moliyasini takomillashtirishda quyidagi ishlarni bajarish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
O’z-o’ziga xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarni mikrokreditlar hisobiga doimiy qo’llab quvvatlash;
Faqatgina banklar emas, balki kichik mikrokredit uyushmalarini tashkil qilish;
Uy xo’jaliklari faoliyatlariga ma’lum miqdorda soliq imtiyozlari berish va ularning to’lovga qobiliyatliligini oshirib borish.
Xulosa, sifatida shuni aytish mumkinki, uy xo’jaliklari moliyasining barqaror holatda bo’lishi, davlat moliyasining normal holatda ishlashini ta’minlaydi. Kichik mikromoliya tashkilotlari, yakka tartibda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar ixtiyorida qo’shimcha pul mablag’larining bo’lishi, davlatning kerakli paytda yirik investitsiya loyihalarini qo’llab-quvvatlashini saqlab turadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
R.F. Omonov, Z. Ro’ziyev. Moliya va soliqlar QarDu. 2020.y
Uy xo’jaliklari moliyasining mohiyati va funksiyalari. https://fayllar.org/1-uy-xojaliklari-moliyasining-mohiyati-va-funksiyalari-uy-xoja.html
Stat.uz
Moliya vazirligi electron portal mf.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |