Falsafaning asosiy masalalari. Falsafani o‘rganayotgan har bir odamda falsafada qolgan barcha muammolarga nisbatan ustunroq ahamiyat kasb etadigan, ya’ni muhimroq, asosiyroq hisoblanadigan masalalar, muammolar mavjud yoki mavjud emasligiga qiziqish ertami, kechmi albatta yuzaga keladi. Bu mavzu nafaqat boshlovchi, balki professional faylasuflar uchun ham diqqatga sazovordir. Ularning orasida kimdir bu mavzuga jiddiy e’tibor beradi, kimdir esa, aksincha, uni muhim deb hisoblamaydi. Falsafaning uzoq tarixiga umumiy nazar tashlasak, olam va insonning kelib chiqishi, rivojlanishi va mohiyatiga, shuningdek, hayotning ma’nosi, inson bilishining tabiatiga tegishli «boqiy» falsafiy muammolar deyarli barcha falsafiy ta’limotlarda u yoki bu tarzda mavjudligini, turli falsafiy asarlarda, ular aynan kimga qarashliligi va qaysi davrga mansubligidan qat’iy nazar, qisman yoki, aksincha, atroflicha muhokama qilinishining guvohi bo‘lishimiz mumkin.
4.Қадимги Юнон фалсафаси.
‘rta asrlar Sharq falsafiy tafakkurining rivojlanish xususiyatlari. Markaziy Osiyo – sivilizatsiyaning qadimgi o‘choqlaridan biri. VIII-IX asrlarda Markaziy Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Bu davrda xalifalik markazlari – Bag‘dod va Damashqda madaniyat va fan ravnaq topdi.
Xalifalar al-Mansur (754-776), Horun ar-Rashid (786-809), Ma'mun (813-833) hukmronligi davrida hind va yunon adabiyotlarining tarjimalariga qiziqish ayniqsa kuchaydi, Aristotel, Galen, Gippokrat, Arximed, yevklid kabi yunon faylasuflarining ilmiy merosi o‘rganildi. IX asr boshida Bag‘dodda «Dor ul hikmat» - «Bilim uyi» tashkil etildi. Bu dargohda xalifalikning turli shaharlaridan taklif qilingan olimlar astronomiya, tibbiyot, tarix, geografiya, kimyo, falsafa va boshqa fanlarni sinchiklab o‘rgandilar.
IX asrda boshlangan arab istilosiga qarshi kurash mustaqil davlat qurish va xalifalikka qaramlikdan xalos bo‘lish uchun kurashga aylandi. Natijada Markaziy Osiyo mo‘g‘ullar istilosini boshdan kechirdi va unga qarshi kurash jarayonida XIII asr boshlarida bir necha davlatlar – Tohiriylar, Somoniylar, Saljuqiylar va G‘aznaviylar davlatlari paydo bo‘lib, ular keyinchalik tor-mor qilindi.
IX asr boshlarida dastlab Somoniylar davlati vujudga kelgan bo‘lsa, XIII asrning 20-yillarida Xorazmiylar davlati mo‘g‘ullarning uzluksiz hujumi ostida qoldi. Biroq, ko‘p asrlik urushlarga qaramay, Markaziy Osiyoda madaniyat, fan, san'at va adabiyot rivojlanishda davom etdi.
Bu davrda al-Xorazmiy, Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, va boshqa buyuk allomalar yashab ijod qildilar. Ular yaratgan asarlar ahamiyatiga ko‘ra o‘sha davrni Markaziy Osiyoda uyg‘onish davri deb nomlash mumkin. Uyg‘onish davri fani va madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. barcha odamlarni ma'rifatli qilishga intilish, bu yo‘lda o‘tmish merosidan va qo‘shni mamlakatlarning fan, madaniyat yutuqlaridan foydalanish, tabiiy-falsafiy va ijtimoiy fanlarni rivojlantirish;
2. tabiatni o‘rganish, tabiiy-ilmiy bilimlarni oqilonalikka tayanib rivojlantirish, aqlning kuchiga ishonish, asosiy e'tiborni haqiqatni bilishga qaratish, haqiqatni inson bilimining negizi deb bilish;
3. insonga xos tabiiy, badiiy, ma'naviy fazilatlarni yuksaltirish, insonparvarlikni ulug‘lash, barkamol avlodni tarbiyalashda oliy ma'naviy qonunlarga rioya qilish;
4. universalizm – borliq va ijtimoiy hayotning barcha muammolariga qiziqish, bu davr madaniyatining muhim jihatlaridir.
Bu davr madaniyati umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishiga xizmat qilgan. Savdo-sotiqning rivojlanishi, iqtisodiy aloqalarning kengayishi, xalifalikning turli viloyatlari o‘rtasida madaniy qadriyatlar almashinuvi va uning boshqa mamlakatlar bilan aloqalarining kuchayishi, tabiiy va madaniy boyliklar, turli xalqlarning an'analari, tili va tarixini o‘rganish bilishning eng to‘g‘ri yo‘llari va usullarini yaratish, bilish jarayonining butun apparatini takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirdi. Fanning optika, matematika, astronomiya kabi tarmoqlarining jadal rivojlanishi tabiatni chuqur o‘rganish va tadqiqot metodlarini kengaytirishga imkoniyat yaratdi.O‘rta asrlarda Sharq falsafasi mifologiya va din qo‘ynidagina emas, balki fan qo‘ynida ham rivojlanadi. Sharq olimlari matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, tarix, alximiya sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlar ma'lum. Odatda tabib, munajjim, sayyoh bo‘lgan Sharq faylasuflari asbtrakt mulohazalardan ko‘ra ko‘proq tabiatshunoslik va tajribaga tayanganlar.
Sharq falsafiy tafakkurining yirik namoyandalari orasida Markaziy Osiyolik mashhur faylasuf, qomuschi-olim, Yaqin va O‘rta Sharqda aristotelizm asoschilaridan biri Forobiy, buyuk faylasuf va tabib Ibn Sino (Avitsenna), atoqli astronom, matematik, shoir va mutafakkir Umar Xayyom, tabib va faylasuf Ibn Rushd (Averroes) bor.
5.Ўрта асрлар ва ўйғониш даври Шарқ ва Ғарб фалсафасининг асосий хусусиятлари.
XVI asrgacha G‘arb va Sharq falsafiy tafakkuri har biri o‘zyo‘lida rivojlangan : arab musulmon Sharqida va Ispaniyaning arablar istilo qilgan qismida falsafaga dinning ta'siri yevropa va Sharqiy Osiyodagidan kamroq bo‘lgan. Bu davrda arab musulmon fani rivojlanishda yevropa fanidan ancha ildamlab ketgan. Xitoyda ham fan, garchi din ta'siri ancha kuchli bo‘lsa-da, yevropadagidan ilg‘orroq bo‘lgan. Ayrim Sharq faylasuflari o‘z asarlarini antik davr mutafakkiri Demokritning atomlar haqidagi ta'limoti, Empedoklelementlari, Pifagor matematikasi, Platon g‘oyalari, Aristotelning falsafiy va tabiiy-ilmiy merosi, ayniqsa uning mantiq tizimi ta'sirida vujudga kelgan ilmiy – falsafiy an'ana ruhida yaratganlar.
Yevropa falsafasida materialism o‘rta asrlarda Sharqdagidek keng tarqalmagan va madaniyatga kuchli ta'sir ko‘rsatmagan. U sxolastikada realism bilan bir qatorda paydo bo‘lgan nominalistik falsafa ko‘rinishida rivojlangan va avval ayrim narsalar va hodisalar, so‘ngra ularning in'ikoslari narsalarning nomlari sifatida talqin qilinuvchi umumiy tushunchalarda mavjud, degan g‘oyadan kelib chiqqan. Ammo falsa fani ilohiyotga qaram qilishga harakat qilgan din mafkuraning hukmron shakli sanalgan.
Ilk o‘rtaasrlarda falsafiy tafakkur rivojlanishining asosiy shakllari apologetika va patristika bo‘lgan. Yevropada, Vizantiyada, Old Osiyo va Shimoliy Afrikaning ellinlashgan markazlarida xristianlikning tarqalishi boshqa diniy va falsafiy oqimlar bilan qattiq kurash jarayonida yuz bergan. Bunda xristianlikka qarshi neoplatonizm falsafasidan keng foydalanilgan. Ayni shu davrda apologetika xristianlikni asoslash va himoya qilish falsafasi sifatida vujudga kelgan.
Apologetika ortidan «cherkov otalari» ning falsafiy ta'limoti – patristika (lot. pater – ota) paydo bo‘lgan. Patristikaning eng yorqin vakili Gippon (Shimoliy Afrika) dagi yepiskop Avliyo Avgustin (354-430) dir. U o‘rta asrlar falsafasiga, shuningdek falsafiy ijodning keyingi davrlardagi ko‘pgina vakillariga kuchli ta'sir ko‘rsatgan.
5.Янги давр ва ҳозирги замон Ғарб ва Шарқ фалсафасидаги асосий муаммолари.
Do'stlaringiz bilan baham: |