a)
O‘zbekiston Respublikasi banklari o‘rtasida
naqd pulsiz hisob-kitoblar
bo‘yicha mablag‘larni tezkorlik bilan o‘tkazishni ta‘minlash;
b)
uzatilayotgan elektron to‘lov hujjatlarini ruxsatsiz kirishdan himoya qilish;
v)
elektron to‘lovlarni tartibga soluvchi qonunlar va qoidalarga rioya qilish.
―O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida»gi nizom
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, ―O‘zbekiston
Respublikasining
Markaziy banki to‘g‘risida‖gi, ―Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida‖gi, "Xo‘jalik
yurituvchi sub‘ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida"gi,
"Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi Qonunlariga,
O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik xujjatlariga muvofiq ishlab
chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni
o‘tkazish tartibini belgilaydi. Ushbu tartib naqd pulsiz
hisob-kitoblarni amalga
oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarga - O‘zbekiston Respublikasining
rezidentlari va norezidentlariga tadbiq qilinadi.
Pul aylanmasi tarkibida naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmini oshirishga qator omillar ta‘sir qiladi. Xususan:
1.
Yuridik va jismoniy shaxslarning banklarga bo‘lgan ishonchining yuqoriligi.
Agar yuridik va jismoniy shaxslar banklarga nisbatan ishonchi yuqori darajada
bo‘lmasa, banklarga naqd pullarni topshirishga bo‘lgan
moyilligi pasayadi, hisob –
kitoblarni naqd pullarda amalga oshirishga intiladi.
2.
Iqtisodiyotda monetizatsiya koeffitsienti darajasining tegishli me‘yori
ta‘minlangan bo‘lishi lozim. Iqtisodiyotning etarli darajada pul bilan
ta‘minlanganlik darajasi monetizatsiya koeffitsienti asosida aniqlanadi.
Monetizatsiya koeffitsienti mamlakat yalpi ichki mahsulotiga nisbatan aniqlanib,
xalqaro moliyaviy tashkilotlar va ekspertlarning fikrlariga ko‘ra
uning miqdori,
o‘tish iqtisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarda 45-60 foizdan iborat bo‘lishi lozim.
Agar mamlakatda monetizatsiya koeffitsienti ushbu miqdordan past bo‘lsa
iqtisodiyotda pul taqchilligi, tijorat banklarida likvid mablag‘lar va resurslarning
etishmasligi, kreditlar va omonatlar bo‘yicha foiz
stavkalarining yuqoriligi
kuzatiladi. Bularning barchasi naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmiga salbiy ta‘sir
ko‘rsatadi;
3.
Tijorat banklarining resurslarga bo‘lgan ehtiyojining etarli ravishda
qondirilmasligi. Ma‘lumki, tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan pullar
o‘zining boshlang‘ich nuqtasiga qaytib kelmasligi banklarning resurs bazasiga
salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Buning oqibatida tijorat banklarining real sektorni kreditlash
uchun yo‘naltirayotgan resurslarning taqchilligi, omonatlarga to‘lanadigan to‘lovlar
miqdorining oshib ketishi, bu esa o‘z navbatida naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmini
pasayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: