arzon pullar siyosatini
qo’llashi mumkin. Bunday
siyosatning maqsadi kredit foiz stavkalarini pasaytirish orqali iqtisodiyotga pul taklifi va investitsiyalar hajmini
oshirishga qaratilgan, bu albatta mamlakatda iqtisodiy o’sish va bandlik darajasini oshirishga xizmat qiladi. Demak,
iqtisodiyotda pul taklifini oshirish kredit foiz foiz stavkalaini pasayushiga olib keladi, qimmatli qog’ozlarni sotib olish,
majburiy zaxira normasi va qayta moliyalash stavkasi (hisob stavkasi) darajasini pasaytirishi lozim. Iqtisodiyotda
inflatsiya darajasi yuqori bulgan hollarda Markaziy bank qimmat pullar siyosatini qullaydi, buning asosiy maqsadi
umumiy xarajatlar va umumiy takliflarni qisqartirishga qaratiladi Bunda Markaziy bank tijorat banklarning ortiqcha pul
mablag’larini strilizatsiya qilish maqsadida va davlatning qimmatli qog’ozlarini sotadi, majburiy zaxira va hisob
stavkalari normasini oshirdi.
Pul-kredit siyosatining qator usullari mavjud bulib, ularning asosiylari quyidagilar :
-
tijorat banklariga nisbatan urnatilgan majburiy zaxira siyosati ;
-
tijorat banklarini qayta moliyalash siyosati (hisob stavkasi) ;
-
ochiq bozordagi siyosati;
-
valyuta va depazit siyosati.
Iqtisodiy adabiyotlarda va xalqaro bank amaliyotida Markaziy banklarning pul-kredit siyosati monetar siyosat,
monetar instrumentlar tarzida ham yuritiladi. Biroq, Markaziy bankning pul-krediti siyosati qanday tarzda yuritilishiga
qaramasdan, ularning maqsadi bitta masalaga, ya’ni mamlakat milliy valyutasining barqarorligini ta’minlashga qaratiladi.
Xalqaro bank amaliyoti va xo’jalik yuritish tajribasidan ma’lumki, milliy valyuta sotib olish qobiliyatining tushib
ketishi iqtisodiyotda inflyatsiya darajasining oshishiga va mamlakatda ishsizlik darajasining oshishiga va mamlakatda
ishsizlik darajasining pasayishiga olib keladi va aksincha . Ya’ni, inflyatsiya darajasining pasayishi esa mamlakatda
ishsizlik darajasining oshishiga olib keladi.
Markaziy bank aynan shu iqtisodiy jarayonni milliy iqtisodiyotga salbiy ta’sir etmaydigan darajada ushlab turish
va milliy valyutaning barqarorligini taminlash uchun pul-kredit siyosati usullariniamaliyotga joriy etadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul-kredit siyosati O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
to’g’risida”gi Qonunning 23-moddasiga binoan kelgusi yil uchun mamlakat monetary siyosatining asosiy yo’nalishlari
sifatida ishlab chiqiladi.
Xususan, ushbu siyosat:
-
iqtisodiy kon’yunkturaning tahlili va istiqbol ko’rsatkichlarini;
-
muomalada bo’lgan pul massasining iqtisodiy jihatdan asoslangan chegaralarini;
-
pul massasi yillik o’sish su’ratining aniq maqsadli ko’rsatkichlarini, shu jumladan, Markaziy bank ichki
aktivlarining o’zgarishini;
-
pul-kredit sohasini tartibga solishga doir harakatlarning aniq maqsadli asosiy ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |