17.2. Kredit uyushmalari va ularning operatsiyalari
Kredit uyushmasi-
mikromoliyalash tashkilotlari tarkibidagi asosiy moliya muassasasi hisoblanib, vaqtinchalik bo'sh pul
mablag'-larini jalb qilish asosida mikrokredit va kreditlar berish bilan shug'ul-lanadigan tijorat tashkilotidir.
Kredit uyushmasiga Markaziy bankning tegishli me'yoriy huj-jatlarida, kredit uyushmasi-kreditlar berish hamda boshqa
moliyaviy xizmatlar ko'rsatish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy teng huquqli a'zolik asosida
tuziladigan kredit tashkiloti sifatida ta'rif berilgan.
Kredit uyushmalariga iqtisodiy adabiyotlarda notijorat moliyaviy tashkilot sifatida ta'riflar berilgan. Bizningcha
dastlabki kredit uyushmalari notijorat asosida tashkil topgan bo'lishi mumkin, biroq hozirgi kunda mamlakatimizda tashkil
etilayotgan va faoliyat yuritayotgan barcha kredit uyushmalarining asosiy maqsadi foyda olishga qaratilgan.
Kredit uyushmalari faoliyatiga kengroq ma'noda e'tibor qaratadigan bo'lsak, kredit uyushmalari kooperativ tashkilot
bo'lib, jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bo'sh pul mablag'larini tegishli shartlar asosida o'ziga jalb etadi va
o'zining a'zolariga ushbu mablag'lar hisobidan kreditlarni taqdim etadi.
Ayrim ma'nbalarga ko'ra, dastlabki kredit uyushmalari 1844 yilda Angliyaning Rochdeyl shahrida to'qimachlik
korxonasi ishchilari tomonidan tashkil etilgan. XGX-asrning 60 yillarida kredit uyushmalari tashkil etish g'oyalari Germaniya
va Avstriyalik Fridrix Rayffayzen va German Shultse-Delichlar tomonidan ilgari surildi. Shu davrda kredit uyushmalari
faoliyati rivojlandi va moliyaviy muassasalar sifatida mamlakat moliya tizimiga kirib keldi.
Rayffayzen dastlabki qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatadigan kredit klasslari, shuningdek, savdo-sotiqni kreditlaydigan
uyushmalarning asoschisi hisoblanadi.
Shultse-Delich tomonidan tashkil etilgan kredit uyushmalarining asosiy faoliyati shaharlarda faoliyat yuritadigan
hunarmand, kosib va mayda tadbirkorlarga xizmat ko'rsatishga qaratildi.
Hozirgi kunda, kredit uyushmalari AQSh, Kanada, Irlandiya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Tayvan mamlakatlarida juda
keng rivojlangan, shuningdek, ayrim MDX mamlakatlarida (Rossiya,
Qozog'iston, Estoniya) ham jadal rivojlanish bosqichini o'z boshidan kechirmoqda.
Kredit uyushmalaripassiv operatsiyalari-
bu mablag'larni jalb qilish bilan bog'liq operatsiyalardir. Kredit uyushmalari
mablag'larni
pay badallari, muddatli va jamg'arma depozitlar, boshqa moliyaviy muassasalardan kredit
sifatida jalb qilishi
mumkin. Shuningdek, kredit uyushmalarining daromad va foydani shakllantirish bilan bog'liq operatsiyalarini ham ularning
passiv operatsiyalari sifatida tasniflash mumkin.
Kredit uyushmalarini tashkil etishning asosiy passiv operatsiyalari va ularni tashkil etishning talablaridan biri ustav
kapitalini shakllantirish hisoblanadi. Kredit uyushmalari pay badallari (ustav kapitali) uning ta'sischilari tomonidan
shakllantiriladi.
Kredit uyushmalari ustav fondi pul mablag'laridan, shuningdek, mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma
foizidan oshmaydigan boshqa mol-mulk hisobidan shakllantirilishi mumkin. Kredit hisobidan va garovga olingan
mablag'lardan hamda boshqa jalb etilgan mablag'lardan kredit uyushmalari ustav fondini shakllantirishga ruxsat berilmaydi.
Kredit uyushmalarining muddatli va jamg'arma depozitlari unga a'zo jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek,
yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari hisobidan shakllantiriladi.
Ta'kidlash joizki, kredit uyushmalarida muddatli va jamg'arma depozitlar bo'yicha to'lanayotgan foiz stavklarining
yuqoriligi aholining kredit uyushmalarida omonatlarni jamg'arishga bo'lgan ishtiyoqini oshirmoqda. Biroq, bu omonatlar bilan
bog'liq risklarni vujudga kelishiga sabab bo'ladi.
Kredit uyushmalari, moliyaviy muassasa sifatida qo'shimcha resurslarga kuchli ehtiyoj sezadi. Kredit uyushmalari,
albatta ushbu ehtiyojni ustav kapitali, omonatlar, taqsimlanmagan foyda hisobidan qondirishga alohida e'tibor qaratadi. Shunga
qaramasdan, ushbu moliyaviy manbalar hisobidan shakllantirilgan mablag'lar yetarli bo'lmaganda tijorat banklaridan qisqa va
uzoq muddatli kreditlarni jalb etadi.
Kredit uyushmalari aktiv operatsiyalari-
bu passiv operatsiyalar natijasida shakllantirilgan moliyaviy mablag'larni
tegishli foydani shakllantirish maqsadida samarali maqsadlarga joylashtirishi bilan bog'liq faoliyati majmuidir. Kredit
uyushmalari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqqan holda
moddiy va nommoddiy aktivlarga, riskli va risksiz
aktivlarga, daromad keltiradigan va daromad keltirmaydigan aktivlar
sifatida guruhlash mumkin.
Kredit uyushmalarining
moddiy aktivlariga
bevosita qiymat va buyum ko'rinishida mavjud bo'lgan aktivlar kiradi.
Masalan, kassadagi naqd pullar, kreditlar, asosiy vositalar shular jumlasidandir.
Nomoddiy aktivlarga
kredit uyushmasini
faoliyatini tashkil etish uchun sotib olingan dasturiy mahsullar, gudvill va boshqa shu kabilarni kiritish mumkin.
Ma'lumki, kredit muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarning asosiy qismi bevosita risk
bilan bog'liq. Shuningdek, kredit uyushmalarining faoliyati ham bundan holi emas. Shu jihatdan ularning aktiv operatsiyalari
ham
riskli va risksiz aktivlardan
iboratdir. Kredit uyushmalarining riskli operatsiyalari bevosita ularning daromadlarini
shakllantirish bilan bog'liq operatsiyalari jarayonida vujudga kelib, risk darajasi qanchalik yuqori bo'lsa ularning daromadlari
hajmi ham shu darajada yuqori bo'ladi va aksincha.
Kredit uyushmalarining riskli operatsiyalari sifatida berilgan kreditlar, investitsiyalar, lizinglar va boshqa shaxslardagi
omonatlarini keltirish mumkin. Risksiz aktivlar tarkibiga esa kassadagi naqd pullar, tijorat banklaridagi mablagiari, asosiy
vositalar va shunga o'xshash aktivlarini kiritish maqsadga muvofiqdir.
Kredit uyushmalarining barcha operatsiyalari ham daromad keltirmaydi, shunday bo'lsada, uyushmaning faoliyatini
tashkil etish maqsadida ular daromad keltirmaydigan operatsiyalarni amalga oshi-rishga ham majburdirlar. Masalan, kassadagi
naqd pul bilan bog'liq operatsiyalari, asosiy vositalar, bankdagi hisobvaraqlaridagi mablag'larni
daromad keltirmaydigan
aktivlar
sifatida ta'kidlash mumkin.
Kredit uyushmalarining
daromad keltiradigan aktivlari
tarkibiga kreditlar, investitsiyalar, lizing va boshqa
muassasalarga qo'yilgan muddatli jamg'armalarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |