1) Huquqni shakllantirish va amalga oshirishda demokratizm prinsipi.
Mazkur prinsip huquqni yaratish sohasida xalqding, bevosita xalq vakillari bo`lmish deputatlarning, jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalarning, fuqarolarning huquqiy siyosatni shakllantirish va qonunchilikni takomillashtirishda keng ishtiroki orqali namoyon bo`ladi. Huquqni amalga oshirish jabhasida demokratizm tamoyili huquqni qo`llovchi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarni tashkil etish va faoliyat yuritish tartibida, dastavval odil sudlovni amalga oshirish jarayonida, ularning fuqarolarga yaqinligida, aholi uchun yuridik yordamning realligi darajasida o`z aksini topadi.
Xususan, O`zbekistonda avj oldirilayotgan sud-huquqiy islohotning zaminida ham demokratik jihatlarni chuqurlattirish yotadi. Bunda advokatlar mavqeini kuchaytirish, sud jarayonida prokuror bilan advokatning huquqiy mavqeini tenglashtirish, prokuratura va militsiya faoliyatini inson huquqparini ta`minlash nuqtai nazaridan isloh etish kabilar ko`zda tutiladi. «Jamiyatda demokratiya qay darajada ekashshgini belgilovchi kamida uchta mezon bor, - deb ta`kidlaydi O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimov. - Bular - xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir. Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir. Ana shu uch sohada haqiqiy siljishlar bo`lmas ekan, demokratiya haqidagi hamma gap -so`zlar yo xalqqa xushomad qilish yoki oddiy siyosiy o`yin bo`lib qolaveradi»2.
2) Qonuniylik prinsipi. Huquq ijodkorligi jarayoni subyektlari tomonidan normativ-huquqiy aktlar loyihasini tayyorlash, muhokama etish, qabul qilish va nashr etish qonunlar, avvalo, Konstitutsiya asosida amalga oshiriladi. Qonuniylik tamoyilining asosiy ma`nosi shundaki, qonun chiqaruvchi idora - parlamentning ham, huquq ijod etuvchi boshqa idoralarning ham faoliyati qonun asosida qat`iy amalga oshirilyshi lozim.
Sudlov jarayoni hatsda huquqni amalga oshirishda ish kuradigan barcha davlat idoralari va mansabdor shaxslar faoliyati ham batamom qonunga mos ravishda bo`lishi talab etiladi. Mazkur faoliyatda qonuniylik prinsipi barcha mutasaddi idoralar, mansabdor shaxslar handa fuqarolar xatgi-harakatida qonunga itoat etish, uning talabiga og`ishmay rioya qilishda namoyon bo`ladi. Qonuniylik umumiylik va yagonalik sifatlari bilan xarakterlanadi. Qonunga itoat etish barcha subyektlar uchun umumiy talabdir. Ayni vaqtda, qonundagi har bir qoida huquqiy munosabatning barcha ishtirokchilari uchun yagona talab sifatida maydonga chiqa-di. Ьoshqacha qilib aytganda, qonun ustuvor va butun mamlakat hududida yagonadir. U bir xilda tushunilishi va bir xilda bajarilishi lozim.
3) Insonparvarlik prinsipi. Buning ma`nosi shundaki, huquq jamiyat - inson - davlat o`rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va tartibga solishda adolat, insonni sevish, shaxsni e`zozlash va uning sha`nini qadrlash, unga hayot kechirish uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berish nuqtai nazaridan kelib chiqadi.
Huquqning insonparvarligi qonunchilik hujjatlarida mustahkamlangan iqtisodiy hamda ijtimoiy tuzum shaxs uchun kulai shart-sharoitlar, imtiyozlar yaratishini nazarda tutadi. Huquqda shaxsni tahqirlovchi, qiynovchi, unga nisbatan noinsoniy munosabatni mustahkamlovchi qoidalar bulishi mumkin emas. Mamlakatda vujudga keltirilgan kafolatlar tizimi fuqarolarni g`ayrihuquqiy xatti-harakatlardan hamda ularning oqibatlaridan dimoya qilishi kerak
Albatta, fuqarolar huquq va erkinliklarining to`la kafolati faqat demokratik huquqiy davlat sharoyetidagina bulishi mumkin. Uzbekisgonda insonparvar huquqning shakllanishi mustaqillik, davlat suverenitetining qo`lga kiri-tilishi hamda mustahkamlanishi davri bilan chambarchas bog`liqdir. Xususan, O`zbekiston Konstitutsiyasida: oila jamiyat va davlat muhofazasidadir (63-modda). Oga-onalar o`z far-zandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligadan mahrum bo`lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o`qitishni ta`minlaydi (64-modda). Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o`z ota-onalari haqida g`amxo`rlik qilishga majburdirlar (66-modda), - deb ta`kidlanganligida naqadar insonparvarlik g`oyalari mujassamdir. Bunday insonparvarlik bilan yo`g`rilgan huquqiy qoidalarni Oila kodeksida, Mehnat kodeksida, «Fuqarolar sog`ligani saklash to`g`risida», «Fuqarolarning pensiya ta`minoti to`g`risida»gi va boshqa qonunlarimizda ko`plab uchratish mumkin.
4) Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasiga muvofiq, O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat`i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo`yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo`lishi shart.
Mazkur prinsip quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi. Birinchidan, davlatda barcha fuqarolar teng holat va maqomga egaligi. Davlat o`z qonunlari bilan fuqarolarga bir xildaga sharoit va teng imkoniyatlar yaratib beradi. Hamma bir xildagi xuquq, va majburiyatlarga ega. Biroq, ulardan foydalanish amalda turlicha bo`ladi. Masalan, birov oliy o`kuv yurtiga kiradi, ikkinchi fuqaro esa bu hukukdan foydalanmaydi. Ikkinchidan, bu prinsip umumfuqaroviy huquqlarning tengligada ifodalanadi. Bu huquqlar, avvalo, Konstitutsiyada va boshqa qonunlarda mustahkamlanadi. Bular fuqarolarning saylov huquqi va saylanish huquqi, mehnat qilish huquqi, bilim olish huquqi, meditsina yordamidan foydalanish huquqi, turar joyga, xususiy mulkka ega bo`lish huquqi va hokazolardir. Uchinchidan, bu prinsip fuqarolarning qonun oldida birdek mas`ulligada ifodalanadi. Qonunni buzgan har bir fuqaro, har bir mansabdor shaxs (shu jumladan, yuridik shaxs) beistisno o`z qilmishi uchun javob berishi shart.
5) Davlat va shaxsning o`zaro mas`ulligi prinsipi. Davlat bilan shaxs bir-birlari bilan muayyan huquq va majburiyatlar orqali bog`liq bo`lishlari lozim. Bu demokratik siyosiy tizim va adolatli davlat boshqaruvining muhim talablaridan biridir. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ana shu talab o`z ifodasini topgan: «O`zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo`lgan huquqlari va burchlari bilan o`zaro bog`likdirlar. Fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo`yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo`yishga hech kim hakli emas» (19-modda). Ayni vaqtda, davlat idoralari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas`uldirlar.
O`z navbatida, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga qat`iy itoat etishlari, jamiyat manfaatlariga muvofiq ish tutishlari, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha`ni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari, qonun bilan belgilangan soliqlarni to`lashlari lozim. Fuqarolar o`z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart (Konstitutsiyaning 20-moddasi). Basharti, bir tomondan, davlat, davlat idoralari va mansabdor shaxslar, ik-kinchi tomondan, fuqarolar o`z zimmalaridagi qonuniy majburiyatlarini buzsalar, tegishli yuridik javobgarlik kelib chiqadi. Bunday hollarda fuqaro davlat oldida, davlat esa (o`z mansabdor shaxslari va idoralari orqali) fuqaro oldida qonunda belgilangan majburiyatlarni o`taydi. Mazkur yuridik munosabat hamda aloqadorlik huquqiy davlat barpo etishning zaruriy shartidir. Ta`bir joiz bo`lsa, bu yerda gap «davlat suvereniteti» va «shaxs suvereniteti»ning o`zaro dialektik aloqadorligi, bog`liqligi xususida bormoqda.
Umumiy huquqiy prinsiplar qatoriga, shuningdek, ijtimoiy adolat, teng huquqlilik, huquq va majburiyatlar borligi, huquqning ustuvorligi kabilar kiradi.
Maxsus-yuridik prinsiplar aslida huquqiy tilda ifodalangan ijtimoiy prinsiplardir. Odatda, ilmiy adabiyotlarda maxsus-yuridik prinsiplar toifasiga quyidagalar kiritiladi:
1) huquq normalarining butun mamlakat aholisi uchun umumiy-majburiyligi hamda ularning boshqa ijtimoiy normalardan ustuvorligi;
2) amaldagi obyektiv huquqni tashkil etuvchi normalar-ning ziddiyatsizligi va qonunning boshqa normativ-huquqiy aktlardan ustunligi;
3) huquqning ommaviy va xususiy huquqqa, nisbatan mustaqil huquq sohalari hamda institutlariga bo`linishi;
4) obyektiv va subyektiv huquq o`rtasida, huquq normasi va huquqiy munosabat o`rtasida, huquq bilan huquqning qo`llanishi o`rtasida mutanosiblik nisbatining mavjudligi prinsipi;
5) ijtimoiy erkinlik, qonun va sud oldida tenglik, teng huquqlilik prinsipi;
6) qonunda mustahkamlangan huquq va erkdapiklarning yuridik kafolatlanganligi;
7) teng yuridik mezon (miqyos)larda ifodalangan xulq-atvorning adolatliligi hamda yuridik javobgarlikning so-dir etilgan huquq buzilishiga mutanosibligi;
8) yuridik javobgarlikning faqat aybli huquqqa xilof xatti-harakat (yoki harakatsizlik) uchungina qo`llanishi va ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda ko`rilib, uning aybi isbotlanmaguncha u aybdor hisoblanmasligi; aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasi);
9) yangi yoki nisbatan ogarroq yuridik javobgarlikni o`rnatayotgan qonunning orqaga qaytish kuchiga ega emasligi prinsipi; jazolash tizimini insonparvarlashtirish.3
Tarmoqlararo huquqiy prinsiplar ikki yoki undan ortiq huquq tarmoklari doirasida amal qiladigan prinsiplardir. Ko`pincha bunday prinsiplar bir-biriga yaqin turuvchi huquq sohalarini qamrab oladi (masalan, konstitutsiyaviy va ma`muriy huquq sohalari; jinoiy-protsessual va fuqarolik-protsessual huquqi sohalari uchun umumiy bo`ladigan prinsiplar). Aytaylik, moddiy javobgarlik prinsipi mehnat huquqi, fuqarolik huquqi, oila huquqi sohalarida qo`llaniladigan tamoyil. Faqat ayb uchun javobgarlik prinsipi esa Jinoyat kodeksida hamda Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksda, bevosita ulardagi moddalarda aks ettirilgan. Bu prinsip fuqarolik qonunchiligida ham asosiy dasturilamallardan biri hisoblanadi.4 Aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi ham tarmokdararo xarakterga ega. U jinoyat huquqi, ma`muriy huquq, jinoyat-protsessual huquqi va boshqa tarmoq-larda qo`llaniladi.
Sohaviy huquqiy prinsiplar faqat bitta konkret huquq sohasi doirasida harakatlanadi. Masalan, yer huquqi uchun «yerga egalik qilish shakllarining ko`pligi va ularning tengliga» prinsipi, «yerning fuqarolik muomalasida bo`lish» prinsipi, «yer ustidan davlat boshqaruvini amalga oshirish» prinsipi, «yerda mustaqil xo`jalik yuritish va yerdan foydalanuvchi subyektlarning tengligi» prinsipi, «yerdan maqsadga muvofiq foydalanish, yerdan foydalanganlik uchun haq to`lanishi» prinsipi va hokazolar.
Yana bir misol. Xo`jalik-protsessual (arbitraj-protsessual) hukukdda kuyidagi prinsigshar rahbariy rol o`ynaydi: sudyalarning saypab qo`yilishi, ularning mustaqishshgi va faqat qonunga bo`ysunishi prinsipi, ishlarni ko`rishda kollegaallik va yakkaboshchilikning qo`shib olib borilishi prinsipi, ishlarni ko`rishda oshkoralik prinsipi, ishda qatnashayotgan taraflarning tengligi prinsipi, nizolarni ko`rishda bahslashish, og`zakilik va bevositalik prinsiplari.
Har bir huquq sohasi umumiy va tarmoqlararo prinsiplarga tayanishdan tashqari faqat o`zigagina xos prinsiplarga ham asoslanadi. Bu prinsiplarning barchasi birgaliqda nafaqat huquq sohasi uchun, bapki butun huquq tizimining tuzilishi va harkatlanishiga zamin bo`lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |