Yo‘riqnomaning asosiy zaruriy qismlari: 1.Eng yuqorida tasdiqlash ustxati. 2.Hujjatning sarlavhasi, nomi (Yo‘riqnoma). 3.Matn (kirish qismi, bo‘limlari, kichik bo‘limlari va h.k.). 4.Yo‘riqnoma tuzuvchining lavozimi, ismi, otasining ismi va familiyasi, uning imzosi. 5.Yo‘riqnoma tuzilgan vaqt (sanasi) va tartib raqami, shartli raqami (indeksi)
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI HUZURIDAGI DAVLAT TILIDA ISH YURITISH ASOSLARINI O‘QITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI HUDUDIY BO‘LINMASI Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi rahbarining 2021-yil 10-sentabrdagi 9-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan BO‘LINMA XODIMLARINING LAVOZIM VAZIFALARI YO‘RIQNOMASI 1.Rahbarning lavozim vazifalari Bo‘linma rahbari (F.BOBOJONOV): - tinglovchilarning oylik va yillik ro‘yxatini shakllantirish hamda tashkilotlarga xatlar tayyorlash; - tinglovchilarni ro‘yxatga olish (oyning 1-3-sanalar); - bildirgi va kirish buyrug‘i loyihasini tayyorlash (oyning 4-5-sanalar); - yakuniy baholash bayonnomasi va chiqish buyrug‘i loyihasini tayyorlash (27-30-sanalar); - tashkiliy ishlarga rahbarlik qilish. 2.Uslubchilarning lavozim vazifalari 1-uslubchi (0.5 hajmda o‘rindosh D.YUSUFOVA): - dars jadvalini tuzish (29-30-sana); - shartnomalarni rasmiylashtirish (1-3-sanalar); - tinglovchilarning davomatini nazorat qilish va davomat monitoringini yuritish (doimiy); - to‘ldirilgan shartnomalarni yig‘ib olish, skanerlash va ish daftarlarini taqsimlash (5-15-sanalar); - yakuniy nazoratlar qaydnomalarini rasmiylashtirish (30-sana);- madaniy tadbirlarni tashkil etish (haftada bir marotaba); - tinglovchilarning telegram guruhini va telegram kanalini yuritish (boshqalar bilan hamkorlikda); - kelgusi oyda keluvchilarni telefon orqali ogohlantirish (oyning 25-30-sanasida). 2-uslubchi (0.5 hajmda o‘rindosh O.YUSUPOV): - bo‘linmaning xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanish (doimiy); - shartnoma pullarining to‘lanishini nazorat qilish (doimiy); - is hajmi jadvalini to‘ldirib borish (10-15-sanalarda); - test topshiriqlarini tayyorlash (oyning 20-sanasigacha) va o‘tkazish; - pochta jo‘natmalarini yuborish va olib kelish; 3-uslubchi (to‘liq hajmda asosiy shtat O.ABDULLAYEV): - ro‘yxatdan o‘tgan tinglovchilarning pasportlarini skanerlash (1-3-sanalarida); - tinglovchilarning guruh jurnallarini rasmiylashtirish (4-5-, 28-30-sanalar); - bitiruvchilar bazasini to‘ldirib borish (15-20-sanalar); - tabellarni va soatbay arizalarni rasmiylashtirib borish (25-27-sanalar); - bitiruvchilarning sertifikatlarini skanerlash va taqsimlash (doimiy). - hujjatlarning yig‘ma jildlarini tartibga solib borish (doimiy).- auditoriyalarni mashg‘ulotlarga tayyorlash va o‘qituvchilarning dars o‘tishini nazorat qilish (doimiy); - tinglovchilarning xizmat safari guvohnomalarini rasmiylashtirish, buyruqlarni yig‘ish; - fuqaroligi yo‘q shaxslarning hujjatlarini qabul qilish, imtihonlarni tashkil etish, sertifikatlarini berish; - esse va yozma ish savollarini, blankalarini tayyorlash (oyning 20-sanasigacha); - tinglovchilar orasida anketa so‘rovnomasi o‘tkazish va uni tahlil qilish (oxirgi o‘qish kuni); - bo‘linma faoliyatini OAVda yoritish (kamida 2 oyda bir marta). 3.Bo‘linma xodimlari lavozimida o‘zgarish bo‘lsa lavozim yo‘riqnomasi qayta tasdiqlanadi. B‘linma rahbari: ___________ F.Bobojonov