VITAMIN TA’SIRIGA EGA BO‘LGAN KARBON KISLOTALAR
Vitamin ta ’siriga ega bo‘lgan karbon kislotalar tibbiyotda keng qo'llanadigan pantoten va pangamat kislotalari hamda ularning kalsiyli tuzlari tashkil qiladi.
Pantoten kislota yoki vitamin B3 birinchi marta 1930-yilda cho'chqa jigarida aniqlandi. 1939-yilda esa Vilyams o'z shog'irdlari bilan birgalikda sof pantoten kislotasini ajratib olishadi. 1940-yilga kelib, uning kimyoviy tuzilishi to'la o'rganib chiqiladi va sintez yo'li bilan olish usuli ham amalga oshiriladi.
Kalsiy pantotenatning chinligini aniqlash uchun uning tarkibidagi kalsiy ionini odatdagicha kalsiy oksalat holida cho'ktiriladi. Preparatning kimyoviy tuzilishidagi β-alaninni mis (II) sulfat ta’sirida ko'k rangii birikma hosil qilishi orqali bilinadi. Buning uchun preparatni avval natriy gidroksid eritmasida eritib filtrlanadi, so'ngra filtratga mis (II) sulfat eritmasi qo'shiladi.
Kalsiy pangamat
Kalsiy pangamatning ham chinligini aniqlashda avval undagi kalsiy ionini ammoniy oksalat ta’sir ettirib, oq cho'kma - kalsiy oksalat holida cho'ktirib isbotlanadi.
Preparatni kimyoviy tuzilishidagi murakkab efirsimon birikkan guruh asosida kalsiy pantotenatga o'xshash temir gidroksamat tuzi hosil qilish reaksiyasiga ko'ra aniqlanadi. Bunda ham kalsiy pangamatni gidroksilamin ishtirokida natriy gidroksid eritmasi bilan qizdirish yordamida gidrolizga uchratib, natijada hosil bo'lgan atsetoksigidroksamat kislotani temir (III) xlorid eritmasi ta’sirida qizil rangii temir gidroksamat tuziga o'tkazib aniqlanadi:
Kalsiy pantotenatning miqdori, uning tarkibidagi azot yoki kalsiy ioni asosida aniqlanadi.
Preparatni azot bo'yicha aniqlashda, odatdagicha Keldal usulidan foydalaniladi. Kristallik suvsiz preparatning tarkibida 5,7-6,0% miqdorda azot bo'ladi.
Preparatdagi kalsiyning miqdori kompleksonometrik usul bo'yicha aniqlanadi. Bunda preparatning suvda eritilgan aniq namunasi ammiakli bufer eritma va kislotali xrom to'q ko'k indikatori ishtirokida Trilon B ning 0,05 mol/1 eritmasi bilan suyuqlik qizil rangdan, ko'k-binafsha rangga o'tguniga qadar titrlanadi.
Kristallik suvsiz preparatning tarkibida kalsiyning miqdori 8,2dan 8,6% gacha bo'lishi lozim.
Kalsiy pantotenatning miqdorini farmakopeysi maqolasida keltirilgan usullardan tashqari, qizil rangii temir gidroksamat hosil qilish reaksiyasi asosida fotokolimetriya yoki spektrofotometriya usullari bo'yicha ham aniqlash mumkin.
Kalsiy pangamatning miqdorini aniqlashda, uning tarkibiga maxsus qo'shilgan qo'shilmalardan kalsiy xlorid va kalsiy glukonat ham e’tiborga olinadi. Shu sababli ham preparat tarkibidagi kalsiy pangamatning miqdori ayrim holda azot asosida Keldal usuli bo'yicha, kalsiy xloridni argentometriya (Folgard) usulida, kalsiy glukonatni esa kompleksonometriya usuliga ko'ra aniqlanadi.
Ma’lumki, kompleksonometriya usuli bo'yicha aniqlashda preparatdagi kalsiy ionining yig'indisi, ya’ni kalsiy pangamat, kalsiy xlorid va kalsiy glukonatlardagi kalsiy ionining barchasi ham bir vaqtning o'zida titrlanadi. Shuning uchun ham titrlashga sarf qilingan trilon B ning hajmidan Keldal usulida kalsiy manganatning miqdorini aniqlashga ketgan kislota va kalsiy xlorid miqdorini belgilashga ketgan kumush nitrat hajmini olib tashlagan holda kalsiy glukonat miqdori hisoblab chiqiladi. Kalsiy pantotenatni organizmda moddalar almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqadigan turli patologik hollarda, jumladan, polinevrit, ekzema, allergiya, shuningdek, trofik yaralarda, kuyganda, yuqori nafas yo'llari yallig'lanishida va ba’zi boshqa kasalliklarni davolashda qo'llaniladi. Kishi organizmining shu vitaminga bo'lgan bir sutkadagi talabi taxminan 10-11 mg ni tashkil qiladi.
Kalsiy pantotenatni 0,1 - 0,2 g dan ichish uchun beriladi. Preparatning 20 %li eritmasi 1-2 ml dan inyeksiyada qo'llanadi. Kalsiy pangamat aterosklerozning turli shakl (hol)larida, o'pka emfizemasida, pnevmosklerozda, surunkali gepatitda va teri kasalliklarini davolashda qo'llanadi. Uni tabletka holida 0,05-0,1 g dan kuniga 3 - 4 marta ichiriladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.Абдусаматов А.ва бошқалар. “Органик кимё” Академик лицей ва касб-ҳунар коллежлари учун. Тошкент “Ўқитувчи” нашриёти 2004-йил, 45бет
2.Абдусаматов А. “Органик кимё” Тошкент “Талқин” нашриёти 2005-йил,
3.AsqarovI.R., To’xtaboyev N.X.,G’opirov K.G. “Kimyo”. 9-sinf. Toshkent,
4.Sobirov Z. “Organik kimyo” Toshkent “Aloqachi” nashriyoti 2005-yil
5.Toshev I.A., Ismoilov R.I.va boshqalar “Organik kimyo” Toshkent, 2004
Do'stlaringiz bilan baham: |