Usmoniylar tomonidan Konstantinopolning egallanishi



Download 96,33 Kb.
bet20/20
Sana11.01.2022
Hajmi96,33 Kb.
#346618
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Usmoniylar tomonidan Konstantinopolning egallanishi

Sulton tomonidan shaharni shturm qilish 29-may kuniga belgilanadi. Shturm boshlanishidan ikki kun oldin har ikki tomon ham o’z tayyorgarligini tekshirib chiqadi. Biri bosqinchilikka, ikkinchisi oxirgi himoyaga tayyorlanadi. Mehmed II o’z qo’shinini ruhlantirish maqsadida, g’alaba qozongan taqdirda buyuk, ulug’vor shaharni 3 kun talash haqida imtiyoz berishni ye’lon qiladi. Mullalar va darveshlar kim bu jangda o’lsa jannatga tushishini va ilohiy rohat olishini ta’kidlab jangchilarni ruhan qullab-quvvatlashga harakat qiladi. Ular diniy fanatizmni avj oldirib, bo’xtonga yo’l qo’yishadi.

  • Sulton tomonidan shaharni shturm qilish 29-may kuniga belgilanadi. Shturm boshlanishidan ikki kun oldin har ikki tomon ham o’z tayyorgarligini tekshirib chiqadi. Biri bosqinchilikka, ikkinchisi oxirgi himoyaga tayyorlanadi. Mehmed II o’z qo’shinini ruhlantirish maqsadida, g’alaba qozongan taqdirda buyuk, ulug’vor shaharni 3 kun talash haqida imtiyoz berishni ye’lon qiladi. Mullalar va darveshlar kim bu jangda o’lsa jannatga tushishini va ilohiy rohat olishini ta’kidlab jangchilarni ruhan qullab-quvvatlashga harakat qiladi. Ular diniy fanatizmni avj oldirib, bo’xtonga yo’l qo’yishadi.
  • Yertalabgi jang uchun turk lageri shovqin-suron bilan tayyorlanayotgan bir vaqtda, Konstantinopolda og’ir sukunat hukm surardi. Lekin shahar uxlamadi, u ham qonli urushga hozirlik kurayotgan yedi. Imperator Konstantin XI poytaxt himoyasini tekshirib chiqadi. Konstantinopolliklar yertaga ko’plari dunyadan o’tishini anglab turishar va bir-birilari hamda o’zining yaqinlari bilan hayrlashardi.
  • 1453-yil 29-may yerta tong saharida turklar qo’shini shahar tomon harakatlanishni boshladi. Qonli to’qnashuv 2 soat davom yetdi. Turklar tosh moslama bilan quruqlikda devorni teshishar, narvon qo’yib narigi tomonga o’tishar yedi, odamlarning o’lim oldi qichqiriqlari ‘shitilar, o’q-qurollarning hidi shaharni qopladi. Turklar shafqasiz tarzda shahar devorlariga yopirilishdi. Shunday vaqt ham bo’ldiki, omad vizantiyaliklar tarafiga o’tadi. Feofil Paleolog va Dimitriy Kantakuzin boshchiligidagi yunon otryadlari hujumni qaytarib xatto ularni Konstantinopol devoridan nariga uloqtirishadi. Bu omadli harakatdan so’ng yunonlar ozodlik haqida o’ylay ham boshlashadi.
  • Turk armiyasi haqiqatdan ham yirik zarba olishadi, xatto orqaga chekinishmoqchi bo’lishadi. Lekin saroy qonuniga ko’ra ular temir tayoqdek bo’lishga o’rgatilgan, (ayniqsa turk armiyasining harbiy qo’shini ) hamda dushmanga orqa o’girishga haqqi bo’lmagan. Dukaning ma’lumoticha qo’shin orqasida turgan sulton o’zining jangchilarini devor tomon harakat qilishini buyuradi. Xalkakondilarning so’ziga qaraganda, turklarda lagerga qochib ketganlarni shu zahotiyoq o’lim jazosi bilan jazolashganlar. Lekin kuchlar soni teng yemasdi, zarbaga uchragan turk otryadi o’rniga yangi-yangi otryadlar keladi.
  • Sfrandzining ma’lumoticha Konstantinopolning yegallanishga asosiy aybdor genuyalik Jovanni Justinian deb qaralib, u shaharning quruqlikdagi qismiga komandirlik qilgan. Jarohat olganidan so’ng, u Avliyo Roman darvozasi yaqinidagi shahar himoyasining asosiy qismini tashlab ketadi. Turklarning asosiy kuchi shu yerga tashlangan yedi. Imperator iltimosiga qaramay Justinian bu yerni tashlab ketadi.
  • Turk qo’shinlari juda ko’p talafot ko’rishgan, ular chekinishga ham tayyor yedi. Lekin ularni temir tayoqlar bilan urib yana jangga qaytarishgan. Kuchlar nisbati teng bo’lmasada, Konstantinopol devorlari yaqiniga yangi-yangi turk qo’shinlari kelib qo’shilgan.
  • Nima bo’lishidan qat’iy nazar turklar shaharga kirib talon-taroj qilishni boshlashgan. Lekin vizantiyaliklar oxirigacha kurashishgan.
  • Konstantin XI bir to’da qahramonlar bilan jangning eng qaynoq qismlariga o’zlarini tashlashgan. Imperatorning qoliga tushmasliklari uchun, ular jang maydonida o’zlariga o’lim izlashgan. U jang maydonida jon bergan. Turk Sultoni uning jasadini topishni buyurgan. Murdalar juda ko’p bo’lgan. Konstantin XI ning jasadini qiyinchilik bilan topishgan. Uni qizil rangli va oltin burgutli yetigidan topishgan. Turk sultoni uning kallasini tanasidan judo qildirib, shaharning eng baland qismiga ostirgan. Bu holatga Konstantinopollik asirlar daxshat bilan qarashgan.
  • Turklar shaharga bostirib kirib, Vizantiyaning qolgan qo’shinlarini qirib tashlashgan. Yo’llarida uchragan barchani qarilarga, ayollarga hatto bolalarga ham rahm qilishmagan.
  • Sfrandzining yozishi bo’yicha “Shaharning ayrim joylarida jasadlarning ko’pligidan yerning ustki qatlami ham ko’rinmagan”. Dahshatli manzaralar oltin shox qirg’oqlarida ham yuzaga keldi. Shaharni turklar ishg’ol qilishganidan xabar topgan italyan va grek dengizchilari qochishga shaylanishdi. Qirg’oqda juda ko’p xalq to’plangan, ular bir-biriga navbat bermay uzlarini kemalarga otishgan. Uch kechayu kunduzshaharni tashlashgan. Barcha ko’cha va uylarni talon-taroj qilishgan, insonlarni o’ldirishgan, qullikkka sotishgan. Konstantinopolning xalqining ko’p qismi avliyo Sofiya ziyoratgohida asir tushirishgan. Chunki ular shu yerdan panoh izlab yashirinishgan yedi.
  • Uch kundan keyin Mehmad II ning farmoni bilan talonchiliklarga chek qo’yilgan. U tantanali ravishda shaharga kirgan.
  • Afsonalarga qaraganda, jangda g’olib bo’lgani bois Sulton oq otda avliyo Sofiya ziyoratgohiga kiradi. Sulton bu inshootning guzalligiga qoyil qoladi. Shu yerni mayitga aylantirishni buyuradi.
  • Shunday qilib, 1453-yil 29-may oyida turk qo’shinlarining hujumi natijasida buyuk va eng boy shaharlardan biri, madaniyat va san’atning markazi Konstantinopol tor-mor yetiladi. Shu bilan birga Vizantiya imperiyasi ham o’zining borligini tugatdi.
  • Vizantiyani tor-mor yetgandan keyin Turkiya o’rta asrlardagi buyuk davlatlardan biriga aylandi. Konstantinopol yesa Osman imperiyasining poytaxti-Stanbulga aylandi
  • Usmoniy turklarning g’alabalariga asosiy sabab va omillar quyidagilar yedi. Usmonli turklar qudratli yaxshi tashkil yetilgan otliq va piyoda qo’shin, lashkarboshilik xususiyatlariga yega sultonlarning, hukmdorga sadoqatli yanicharlar piyoda qo’shinining bo’lishida yedi. Usmoniylar otliq qoshinini kuchaytirishga alohida ye’tibor qaratdilar. Qo’shinni har bir suvoriysi 3-5ming piastr daromad keltiradigan yer-mulk tumori berilgan. Bu yerlar faqat turklarga va harbiylarga xizmatda bo’lgan paytida taqdim yetilgan. Natijada otliq qo’shin soni 150 ming suvoriygacha yetgan.

Tavsiya etilgan adabiyotlar:

  • Istоriya sredniх vekоv. Pоd red. S.P.Kаrpоvа. chаstь II M. MGU. 2001.
  • Istоriya strаn Аzii i Аfriki v srednie vekа. 1-2 ch. Vыsshаya shkоlа, 1988.
  • Istоriya strаn Аzii i Аfriki v srednie vekа. M., 1988.
  • Оsmаnskаya imperiya v strаnах tsentrаlьnоy Vоstоchnоy i yugо-Vоstоchnоy Evrоpы v XV-XVI vv. M., 1984.

Download 96,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish