Usmoniylar imperiyasi tarixiga nazar soladigan bo'lsak,Usmon beyligi Kichik Osiyoning shimoli-g'arbiy hududida tashkil topadi. Sulola asoschisi Usmon Gazi hisoblanadi
Usmoniylar imperiyasi tarixiga nazar soladigan bo'lsak,Usmon beyligi Kichik Osiyoning shimoli-g'arbiy hududida tashkil topadi.Sulola asoschisi Usmon Gazi hisoblanadi.Asrlar davomida ko'plab hududlarni zabt etgan Usmon beyligi yirik va buyuk davlatga aylanadi,XIX asr o'rtalariga kelib esa buyuk davlat yanada zaiflasha boshlaydi.Bu vaqtdagi buyuk imperiyaning so'nggi yirik vakili Sulton Abdülhamid Soniy edi.Sulton Abdülhamid biroz ziddiyatli shaxs,chunki u haqida o'rganar ekanmiz qarama-qarshiliklarga duch kelamiz.
Sulton Abdülhamid II 1842-yil 21-sentabrda İstanbulda dunyoga keladi.Otasi Sulton Abdulmajid onasi Tir-a Müjgan Xotun.Yosh Abdulhamid onasidan erta ajraydi va o'gay onasi Piristu Xotun tarbiyasida voyaga yetadi.Bolaligidan zaıf tanaga ega bo'lgan Abdülhamid ko'p kasal bo'lar va shu sabab unga alohida e'tibor ko'rsatilardi.Yoshligidan ilmga chanqoq Abdulhamid madaniyat darslaridan tashqari musiqa san'atini ham o'rganadi.Abdulhamid Usmonli oilasining barcha xususiyatlariga ega edi. U katta burun va katta ko'zlari bilan yorqin edi.Uning sovuq ammo xayolparast fe'l-atvori bor edi.Yurish va o'tirish oldida biroz oldinga egilardi.Titroq ammo qattiq ovozi bo'lib ko'p tinglar,kam gapirardi.U o'zi bilan suhbatlashganlarni hurmat qilar,yaxshi muomalada bo'lar va hammaning ko'nglini olishni bilar edi.U davlat ishlarini hamma narsadan ustun qo'yar va hatto muhim yangilik bo'lsa uni uyg'otishlarini so'rardi.Sulton Abdülhamid xalifadek qadr-qimmat,obro'-e'tiborga ega edi.U dindor shaxs va xayriya qilishni yoqtirardi.Davlat ishlaridan bo'sh vaqti duradgorlik ustaxonasida ishlar ajoyib buyumlar yasab,ularni sotib pullarını kambag'allarga tarqatardi.Abdulhamid II Usmonli hukmdorlari orasida o'zining adolatparvarligi va rahmdilligi bilan alohida ajralib turgan.Hukmronligining oxiriga qadar dushmanlarining hiylalariga qarshi kurashib keladi.U rahmdilligi bo'yicha nafaqat Usmonli hukmdorlar balki dunyo hukmdorlari orasida ham ajralib turar edi.Chunki u o'ziga suiqasd qilganlarni ham kechirar edi,bu holat esa dunyo tarixida kamdan-kam uchraydi.Sulton Abdulhamid jar yoqasida turgan Usmonli davlatini yana 33 yıl saqlab turishga muvaffaq bo'lgan hukmdor.
Sulton Abdulhamid II 1876-yil Midhat posho boshchiligida o'tkazilgan saroy to'ntarishi natijasida taxtga chiqadi.U dunyoning eng notinch davrida taxtga keladi.Sulton Abdulhamid Usmoniylar sulolasining 34-sultoni.Uning davrida yangi Konstitutsiya qabul qilinadi.U ichki va tashqi siyosatda ham xalq manfaatlarini ko'zlab oqilona siyosat olib boradi.Doim shariat ahliga hurmat e'tibor ko'rsatadi.Uning yagona maqsadi oldingi Usmonli qudratini tiklash edi.Jamiyatning g'arbga havas qilishi va Sultonning adolatli siyosati g'arb tomonidan buzib ko'rsatilishi Sultonga nisbatan noto'g'ri tushunchani ketirib chiqaradi.G'arb davlatlari oldingidek buyuk Usmoniylar imperiyasiga toqat qila olmas edi.Iloji boricha Usmonli davlatidan o'z manfaatlari yo'lida foydalanish,uni zaiflashtirish va eng asosiysi Usmonli Turk davlatining asrlar davomida zabt etgan mustamlakalariga ega bo'lish g'arb maqsadlariga muvofiq edi.Sulton esa o'zining adolatli siyosati bilan oldingi shuhratni tiklashga urinishi hech bir g'arb davlatiga yoqmas edi.Bundan tashqari dunyo jahon urushi girdobiga sho'ng'ib borar edi va har bir davlat o'z mustamlakachilik imperiyasiga ega bo'lishga harakat qilardi.Usmonli davlatining ichki ishlariga aralasha boshlagan ingliz hukumati Sultonni g'arbparast hukmdor sifatida ko'rsatadi.G'arb Sulton Abdulhamidni yoqtirmasligining asosiy sabablaridan biri uning g'arb manfaatlariga zid loyihalari edi.Abdulhamid II ning nabirasi Orhan Usmono'g'lining ta'kidlaganidek:"Sulton Abdülhamid o'z davrida Musul va Kerkukdan neft qazib chiqarmoqchi bo'lgani uchun ingliz hukumati tomonidan tanqidga uchragan.Istanbulning Yevropa va Osiyo qit'asini bir-biriga bog'lagan temiryo'li loyihasi "Marmaray" va bog'oz ko'prigi uning loyihasi edi.Buni ro'yobga chiqarib,neft qazib chiqarmoqchi edi.Shu sababli Sulton Abdulhamidni inglizlar yoqtirishmas edi."Sultonning o'z davlati taraqqiyoti yo'lida qilgan ishlari g'arb qarshiligiga uchraydi.Sulton Abdulhamidni nafaqat g'arb,afsuski sharq ham noto'g'ri talqin qiladi.Hatto biz ham ushbu sultonni g'arbparast hukmdor uning davrini esa "zulm davri" sifatida o'rganganmiz.Shu sabab ham Sulton Abdülhamid II ziddiyatli shaxs.G'arb talqinida sharqda ham noto'g'ri tushuncha paydo bo'lgani achinarli.Agar Sulton Abdulhamid haqida chuqurroq o'rganilsa uning adolatparvar sulton,oqilona siyosatchi,shariat himoyachisi ekanligiga amin bo'linadi.Dunyoga "Temir kansler"nomi bilan mashhur Otto fon Bismarkning ushbu jumlalari bunga isbotdir:" Agar dunyoda 100 gramm aql bo'lsa uning 90 grammi Abdulhamidxonda,5grammi menda,qolgan 5 grammi dunyoning boshqa siyosatchilarida." Sulton Abdulhamid dunyoda yuz berayotgan voqealarni yaxshi anglar va g'arb davlatlari to'qnashuvlaridan o'z davlati manfaati yo'lida foydalanishga harakat qilardi.
"31-mart voqeasi" Sultonning taxtdan ag'darilishiga sabab bo'ladi.Inglizparasat "Ittifoq va Taraqqiyot" qo'mitasi uchun hokimiyatni to'liq boshqarish va Sulton Abdulhamidni zararsizlantirish uchun bahona kerak edi.1909-yil 31-mart kuniga "Ittifoq va Taraqqiyot" qo'mitasi tomonidan isyon tashkillashtiriladi.O'zlari qo'zg'atgan bu isyon loyihasini Sulton tuzishi va bu Abdulhamidni taxtdan tushirish uchun sabab bo'lishi kerak edi.Bu haqidagi qarorning ilk matni Elmalili Hamdi Hoca tomonidan yoziladi va qaror Emini Hoca Nuri Afandi tomonidan Assembleyaga taklif qilinib roziligi so'raladi.Elmali Hamdi keyinroq bir nutqida pushaymonligini bildiradi:"Hayotimda qilgan eng katta xatoim Abdulhamidning taxttan tushirilishiga aralashganimdir."1909-yil 31-mart kuni Usmonli tarixi yana bir isyonga guvoh bo'ladi.Isyon oqibatlari juda ayanchli edi.Sulton Abdulhamidni taxttan tushirilishi haqidagi qarorda unga shunday ayblar qo'yilgan edi:"31-mart voqeasiga sababchi bo'lganlik,muqaddas Quroni Karimni yoqtirganlik,boshqa isrofli jinoyatlar qilish."Taxttan tushirilgan Abdulhamid Chirag'on saroyida yashashni xoxlaganligini aytadi,ammo rad javobini oladi.U oilasi va ahli a'yonlari bilan jo'nab ketish oldidan eshik qorovuli bo'lgan yigit Aliga shunday deydi:"O'g'lim sen juda aqlliga
o'xshaysan.Bu kalıtlar senga men uni yıllar davomida asrab keldim,endi ular senga omonat."
Abdulhamid II ning vafoti tafsilotlari haqida qizi Oysha sulton hikoya qiladi:"... Gulshan uning oyoq uchida turar edi.Otam qahvadan bir qultum ichdida Gulshanga "Alloh rozi bo'lsin sendan qizim"dedi.U ikkinchi qultumni ichishga ulgurmadi qahva onamning ustiga to'kildi,otam baland ovoz bilan Alloh dedi-yu boshi onamning qo'llariga tushdi...." 1918-yil 10-fevral kuni bundan 102 yıl oldin buyuk imperiyaning so'nggi uchquni,o'z sulolasining adolat ramzi Sulton Abdulhamid II bu dunyodan ko'z yumadi.Ko'pchilik sulton haqida noto'g'ri tushunchaga ega.Ammo ulug' xoqon o'z siyosati va o'chmas xotirasi bilan abadiy turk qalblariga muhrlangan.Sulton Abdulhamid ko'plab obidalar ham qurdiradi.Uning homiyligida bino qilingan ushbu obida va yodgorliklar uzoq yıllar davomida xalq manfaati uchun xizmat qilib keladi...