ILOVALAR
“Musiqali o‘yinchoqlar” mavzusidagi didaktik o‘yin—mashg‘ulot ko‘rinishi. Mashg‘ulot maqsadi: o‘yinchoqlar nomini bilish, uni tanish va tasvirlash, ijodiy matn tuzishga o‘rgatish, ko‘rganlarini tasvirlash orqali ijodiy fikrlash mashg‘ulot uchun materiallar, baraban, surnay, shaqildoq va h.
Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi bolalarga musiqa asbobini tanlab olishni, uni chalishni aytadi. “ kim chiroyli chaladi? ” o‘yini o‘ynaladi. Bolalar ularni olib chaladilar qanday ovoz chiqqagigi aytadilar, o‘yinchoqlarni ko‘rib kuzatadilar. So‘ng tarbiyachi “surnayni kim chaldi?” , “ shaqildoqni kim shaqillatdi? ” kabi savollarga javob berishni aytadi.
Bolalar tarbiyachi savollariga javob beradi. Mashg‘ulotning ikkinchi qismida bolalar tasviriy hikoya tuzadilar.
Milliy musiqa asboblari haqida topishmoq, she’r aytish topshiriladi. Musiqali kuyga raqs tushish bilan mashg‘ulot yakunlanadi.
Biz ushbu BIshni tayyorlashda bolalar bog‘chasida olib borgan tajribalarimizda didaktik o‘yinlarning bolalar nutqini o‘stirishdagi ahamiyatiga ishonch hosil qildik. Chunki didaktik o‘yinda bolalar ortiqcha toliqmaydi, so‘z va gap tuzishga qiynalmaydi.
Bularning barchasi maktabgacha ta’limda bolalar nutqini o‘stirishda didaktik o‘yinlarning eng qulay va samarali metod ekanligini isbotlaydi. Didaktik o‘yinlar bolalarda nutqni egallashga qiziqish uyg‘otadi, ta’lim olish, nutqni egallashga intilish va qiziqishlarini oshiradigan eng qulay metoddir.
Maktabgacha ta’limda bolalar nutqini o‘stirish turli metod va usullardan tashqari o‘yinlar orqali ham olib boriladi. Chunki, O` yin bolalarning eng sevgan faoliyati bo‘lib, o‘yin ta’lim berish metodi vazifasini ham bajaradi. Shu bois maktabgacha ta’limda o‘yin bolalar faoliyatining asosiy turi hisoblanadi. O‘yin orqali bolalar shaxs sifatida shakllanadi, bolaning kelajakdagi o‘quv faoliyatini, shaxs sifatidagi faoliyatlarini, kishilarga munosabatini, ayniqsa nutqiy muomala madaniyatini belgilab beradi. Shuning uchun ham qadimiy davrlardan boshlab bolalar o‘yinlariga ahamiyat qaratilgan. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘yin bo‘lib, o‘yin dastlab bolalarning turli ehtiyojlari, narsalar, kishilarning xarakatlariga taqlid qilish orqali shakllangan bo‘lib bolalar faoliyatining asosiy turidir. Ayniqsa maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yin orqali shahs sifatida shakllanadilar, o‘yin orqali o‘quv – mehnat faoliyati, kishilarga munosabati shakllanadi.
Shunin uchun ham buyuk pedagog K. D. Ushinskiy bolalar o‘yinlarini tasvirlab, ular o‘yinlarining mazmuni, hayotdan olgan taasurotlari bilan belgilanadi, ular shahsning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi deb yozgan.
O‘yin ijtimoiy voqea bo‘lib, bolalar o‘yinlarida tevarak – atrofdagi borliq, voqea – hodislar, insonlar hayoti, tajribalari aks etadi. O‘yin maktabgacha ta’limda nutq o‘stirish metodi sifatida barcha guruhlarda qo‘llanadi, o‘yinga tarbiyachi rahbarlik qiladi.
SHuningdek didaktik o‘yinlar bolalar nutqini qay jihatdan shakllantirishga ham diqqat qilishi lozim. Chunki maktabgacha ta’limda qo‘llanadigan har bir didaktik o‘yinning o‘z mazmuni, maqsadi, o‘ynash usuli bor.
Biz o‘z tajribalarimizda BIshda tavsiya etilgan metodlarni bolalar yoshiga, bilim malakalariga mos ekanligiga ishonch hosil qildik. Chunki yuqorida tvsiya etilgan o‘yinlarni bolalar qiziqish bilan o‘ynadilar, o‘yin orqali nutqni so‘zni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. M. V. Klarin; B. I. Matirko; A. S. Prutchenko; o‘yin tehnologiyasining didaktik imkoniyatlarini quyidagicha tavfsiflaydilar:
- O‘yin bolalar uchun juda qiziqrli faoliyat hisoblanadi.
- O‘yin o‘quv muhitini ta’minlaydi, bolalar faoliyatiniboshqaradi.
- O‘yin bolalarni muammoga qiziqishlarini oshiradi.
- O‘yin bolalardan shahslararo va tarbiyachigiga nisbatan muloqotning yahshilanishiga olib keladi.
- O‘yin bolalarni o‘yin jarayonida o‘zini baholashga o‘rgatadi.
- Bolalarda aniq fikrlashni va o‘z qobiliyatlarini namoyon etishga olib keladi.
- O‘yin bolalarda ijtimoiy ko‘nikma - malakalarni mustahkamlaydi.
- O‘yin davomida bolalar faoliyatida tajribalari ortadi
- O‘yin bolalarga muammoni kuzatishni emas, balki qiyin muammolarni echishga o‘rgatadi.
- O‘yin o‘quv faoliyatida voqelikni bilim va tajriba asosida yuqori darajada o‘zlashtirish imkoniyatini beradi.
- O‘yin vaziyatni tahlil qilishga, muammoni aniq aniq yechishga o‘rgatadi.
- O‘yin bolalarga muhim hayotiy vaziyatlarni yechish ko‘nikmasini egallashga o‘rgatadi.
O‘yin quyidagi xususiyatlarga egadir:
O‘yin bolalar mustaqil faoliyatidir
O‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar xayotini tashkil etish shakli hisoblanadi.
O‘yin bolalarni har tomonlama, rivojlantirish, tarbiyalash asosi.
O‘yin bolalarning o‘quv tarbiya faoliyatiga tayyorlash omili hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’limiy didaktik o‘yinlarni tashkil etishda quyidagi turlardan foydalaniladi:
Bayram va tadbirlarga asoslangan o‘yin turlari.
Folklorga asoslangan o‘yin .
Teatr o‘yinlari.
O‘yinli mashqlar.
Intermediyalar.
Bellashuv.
Karnaval.
O‘yin quyidagi bosqichlarda olib boriladi:
Maqsad qo‘yish.
Rejalashtirish.
Maqsadni amalga oshirish.
Natijalar tahlili.
Shuningdek didaktik o‘yinlar bolalar nutqini qay jihatdan shakllantirishga ham diqqat qilishi lozim. Chunki maktabgacha ta’limda qo‘llanadigan har bir didaktik o‘yinning o‘z mazmuni, maqsadi, o‘ynash usuli bor.
Biz o‘z tajribalarimizda BIshda tavsiya etilgan metodlarni bolalar yoshiga, bilim malakalariga mos ekanligiga ishonch hosil qildik. Chunki yuqorida tvsiya etilgan o‘yinlarni bolalar qiziqish bilan o‘ynadilar, o‘yin orqali nutqni so‘zni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar
Do'stlaringiz bilan baham: |