2-BOB. MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASASIDA NUTQINI RIVOJLANTIRISH VOSITALARI VA USULLARI
II.1. ILK YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH
Tilni to‘g‘ri o‘rganish, uning grammatik tuzilishiga e’tibor berib so‘zlashish, bolalarda erkin muhokama yuritish, savollar berish, boshqalardan eshitgan fikrlari yuzasidan xulosalar chiqarish, narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishning turli ko'rinishlarini anglab yetishga olib keladi. Maktabgacha tarbiya muassasasida sog‘lom, tabiiy muhit yaratish, ulaming to‘g‘ri muomalaga kirishishi, boshqalar bilan gaplashish ishtiyoqining ortishiga turtki bo‘ladi. Buning uchun bolalar nutqining shaklan va mazmunan mantiqiy birligiga erishish muhim bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir: - dastlab bola o‘z lug‘at boyligiga ega bo‘lishi; - bolalar nutqining grammatik tuzilishini aniq shakllantirishga e’tibor berish; - bolalarda tovush madaniyatini tarbiyalash; - dialogik nutq, ya’ni so‘zlashuv nutqini rivojlantirish; - hikoya qilib berish; - bolalami badiiy adabiyot bilan tanishtirish; - bolalami savod o'rgatishga tayyorlash va boshqalar. Bu talablar maktabgacha tarbiyaning barcha bosqiohlarida amalga oshiriladi. Lekin ularning har birida bolalaming yosh xususiyati, shaxsiy tayyorgarlik darajasi, albatta, hisobga olinadi. Bolalaming tevarak-atrofni kuzatib borishi natijasida talaffuzi ham ijobiy tomonga o‘zgara boshlaydi; tovushlami to‘g‘ri talaffuz qila boshlaydilar, jumlalar mazmuni kengaya boradi, grammatik tomondan gapni to‘g‘ri tuza boshlaydilar, lug‘at boyligi ham ortadi. Bolalaming o‘zlari kichik-kichik hikoyalar tuza boshlaydilar va bu hikoyalami erkin bayon qila. oladilar. Ularda kattalar bilan muloqotga kirishish, o‘z fikrini erkin bayon etish kabi xislatlar paydo bo‘la boshlaydi. Shunga ko‘ra bolalar nutqida tovush madaniyatini takomillashtirish, atrofd^gi narsalar, predmetlar, hodisalar nomini ifodalovchi so‘z boyligini kengaytirish, faollashtirish, monologik nutqning oddiy shakllariga rioya etish, o‘z fikrini grammatik jihatdan to‘g‘ri va aniq ifodalay olish ko‘nikmalarini paydo qilish muhim va zarur hisoblanadi. Bu talablar bolalarda borliqni, tevarak-atrofni idrok etish, uni tushunish, his etish, hikoyalar tuzish, o‘z fikrini bayon qila olish, ifodali o‘qish faoliyati jarayonida tarkib toptiriladi. Ma’lumki, bog‘lanishli nutqda bolalaming atrofdagilar bilan voqeahodisalar ta’siri natijasida o‘zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi. Bu ifoda bir yoki bir necha jumlalarda o‘z aksini topishi mvtmkin. Nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosabati, muomala shakli katta rol o‘ynaydi. Maktabgacha katta yosh66 dagi bolalarning og‘zaki nutqqa doir, malaka va ko‘nikmalari mavjud bo‘lganligini hisobga olib, ularda bog‘lanishli nutqni shakllantirishda, awalo, tevarak-atrofni kuzatishda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, awalo, ona Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshlanadi. Bunda « Maktabgacha tarbiya muassasasi uchun dastur»da bolalarda mustaqil O‘zbekiston davlati haqidagi tushunchalami kengaytirish, uning o‘tmishiga oid yodgorliklar bilan tanishtirish, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Qo‘qon kabi tarixiy shaharlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, «Mustaqillik kuni» (1991-yil 1-sentabr), 0 ‘zbekiston ramzlari: gerbi, bayrog‘i, madhiyasi bilan tanishtirish, 0 ‘zbekiston Prezidenti, Prezidentlik boshqaruvi haqida ma’lumotlar berish, bolalarning o‘z mahallasi, ko‘chasi, uyi, uning nomlanishi, nomlanish sababi; 0 ‘zbekistonning tabiati, yerosti va yerusti boyliklari, tog‘lari, cho‘l va adirlari, tog‘u soylari, o‘rmonubog‘lari, iqlimi, buyuk siymolari, sarkardalari, ulug‘ mutafakkirlari, an’anaviy bayramlari, sayllari, milliy marosimlari, o‘zbek xalqining amaliy san’ati, kattalar mehnati, bolalarning otaonalari, aka-opalarining O‘zbekiston xalq xo‘jaligining turli sohalaridagi ishtiroki, ishlab chiqarishning muhim sohalari, aloqa vositasi haqida bilim berish nazarda tutilgan. Ana shulaming barchasi bolalarning tevarak-atrofdagi hodisalar haqidagi bilimlami aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish asosida bog‘lanishli nutqini rivojlantirishga yordam beradi. Bunda, birinchi navbatda, bolalar so‘z boyligini kengaytirishda Respublikamiz tabiati, kasb-hunarga oid, qurilish va qishloq xo'jaligida foydalaniladigan mashinalar, narsalaming o‘ziga xos belgilari va ranglari, mehnatga munosabatni ifodalovchi tushunchalar, nom va so'zlar bilan boyitish zarur. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rganish; ona tilidagi antonim, sinonim, omonim So‘zlami tushunish va to‘g‘ri qo‘llashga doir tushunchalar, so‘zlar bilan boyitishga erishish lozim. Bolalarni narsalaming nomlarini to‘g‘ri aytishga, ulaming o‘xshash va farqli tomonlarini tushunish, shakli, rangi, sifati, xossalarini, jinsi va turiga oid yo‘naltimvchi lug‘atini faollashtirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, nutq 67 madaniyatini shakllantirish, dialogik va monologik nutqini takomillashtirish va nihoyat savod o‘rgatishga tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha tarbiya muassasasida olib borgan kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, ularning bog‘lanishli nutqi yoshiga ko‘ra orqada qolib, qator kamchiliklar mavjud. Shuning uchun biz ularning nutqini kuzatishda odatdagi hayotiy faoliyatidan chetga chiqmaslikka harakat qildik. Bu jarayonda quyidagilarga e’tibor qaratildi: 1. Ona tili boyligidan unumli foydalanish. 2. Nutqni rivojlantiruvchi omillami to‘g‘ri belgilash. 3. Nutqni rivojlantirish jarayoni. 4. Nutqni rivojlantirishda uzviylik va uzluksizlik. 5. Nutqni rivojlantirish mazmuni. 6. Nutqni rivojlantirish shakllari. 7. Nutqda ijtimoiy-maishiy omillammg o‘zaro aloqasi. 8. Sayrlar,o‘yinva mehnat jarayoni- nutqni o‘stirishning muhim vositasi ekanligi. Bolaning nutqini rivojlantirish maxsus o‘rganilmaydi, natijalari ishlab chic ilib, mashg‘ulotlar tizimi belgilab olinmaydi, mashg‘ulotlar ma’lum maqsad ga. yo‘naltirilgan holda muntazam va izchil olib borilmaydi. Maktabgacha tarbiya muassasalarining katta guruhlarida bolalaming nutqi qay darajada shakllanganligi aniqlanib, maxsus topshiriqbr ro‘yxatini ishlab chiqiladi, har bir bola bilan yakka tartibda mashg'ulotlar olib boriladi. Misol. Bolaga tavsiya etilgan ertak yoki hikoyani qayta hikoya qilib bera olishini aniqlash. «Zumrad va Qimmab>, «Bo‘g‘irsoq», «Ikki echki», «Ur, to‘qmoq», «Echki bolalari», «Toshbaqa bilan chayon» kabi ertak va hikoyatlardan uchtasini taklif etiladi. Bola ertakni eslay olmasa, shu ertaklarga ishlangan rasmlar havola qilinadi. Bolalar hikoyasi quyidagi ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilinadi: - hikoyani mustaqil bayon qilish (kattalaming yordamisiz); - matn mazmunining to‘liqligi; - matnni bayon qilishda izchillik; - ifoda vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi; - nutqning ravonligi. 68 Tevarak-atrofdagi narsa-predmetlarga oid matnni qayta hikoya qilib berishda bolalar nutqida quyidagi kamchiliklar uchrashi mumkin. - bolalar ertakni yordamchi savollar bermasdan turib mustaqil hikoya qila olmaydi; - matndagi so‘zlarga taqlid qilib so‘zlaydi; - ba’zi muhim voqealarni tushirib qoldiradi; - bir oz to‘xtab-to‘xtab hikoya qiladi, nutqda uzilish bo‘ladi; - nutqda ifodalilik yetishmaydi: - bir xil tezlikda, bir xil tovushda hikoya qiladi; - o‘zicha ba’zi so‘zlami qo‘shib, ma’nosiz hikoya qiladi; - kattalar yordami vositasida hikoya qiladi; - hikoya qilish jarayonida matn ma’nosini o‘zgartirib yuboradi; - mantiqiy izchillikka rioya qilmaydi. Bolalarga «Mehmonda», «Uycha», «Maktabga yo‘l» mavzulari va ularga ishlangan rasmlar tavsiya etiladi. Hikoya qilish jarayonida yo‘l qo‘ygan xatolari va yutuqlari aniqlanadi. Mazkur MTMda bolalarning nutqini kuzatganda quyidagilar asosiy mezon sifatida olinadi: - tavsiya etilgan matnni hikoya qilishda voqeani kattalarning yordamisiz, mustaqil bayon eta olishi; - matn mazmunini to‘liq ifodalay olishi; - matn mazmunini bayon qilishda izchillikka rioya qilishi; - ifoda vositalaridan foydalana olishi; - nutqning ravonligi, tezligi; - jumlalaming grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilganligi; - nutq madaniyatiga rioya etishi. Bolalarning nutqini o‘rganishning eng qulay usuli, shubhasiz, suhbat metodi hisoblanadi. Shuningdek, bolalarning tevarak-atrofda mavjud bo‘lgan narsalami kuzatish va ularni tahlil etish, ular haqida sayrlarda uyushtirilgan savol-javoblar ham muhimdir. Shu bilan birga, bolalarning bog‘lanishli nutqini o‘rganishda ulaming taijimai holi yuzasidan olib boriladigan kuzatishlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |