Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

Nazorat savollari: 
1.
Ishlab chiqarish samaradorligining mohiyati nimada va u korxona umumiy 
faoliyati samaradorligidan qanday farq qiladi? 
2.
Samaradorlikning qanday turlarini bilasiz? Samaraning samaradorlikdan farqi 
nimada? 
3.
Korxona ishlab chiqarish faoliyati samaradorligining muhim ko`rsatkichlari 
mazmunini ochib bering. Bu ko`rsatkichlarni hisoblash usuli qanday? 
4.
Sizning fikringizcha, qaysi ko`rsatkich korxona faoliyati samaradorligini 
ko`proq aks etitradi? 
5.
Korxona faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy yo`llari va omillarini 
sanab bering. 
6.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda asosiy o`rin kimga tegishli: 
insonlargami, resurslargami yoki fan-texnika taraqqiyotigami? 


40 
IV BOB.
SANOATDA FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI 
 
Reja: 
4.1. Fan-texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati
4.2. Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo`nalishlari
4.3. Fan-texnika taraqqiyotining samaradorligini baholash 
Tayanch iboralar:
samaradorlik, iqtisodiy samaradorlik, fan-texnika, mexa-
nizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, innovatsiya, nou-xau, tender, innovatsiya, 
venchur. 
 
4.1. Fan-texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati 
Hozirgi davrning eng muhim o`ziga xos xususiyatlaridan biri – bu milliy 
iqtisodiyotning barcha sohalarda chuqur keskin o`zgarishlar hosil qilayotgan fan va 
texnikaning shiddatli rivojidir. 
Fan-texnika taraqqiyoti – bu juda murakkab va ko`p qirrali jarayondir. U 
ijtimoiy va shaxsiy hayotning hamma tomonlarini o`z ichiga oladi. Shu sababli 
ham fan-texnika taraqqiyoti harakatdagi jarayon hisoblanadi.
Texnika taraqqiyotining asosini fan, ilmiy bilimlar tashkil etadi. Yuqorida 
aytilganlardan shunday savol tug`ilishi mumkin: fan nima? 
Fan – bu inson faoliyatining ma`lum sohasi. U shunday sohaki, voqea- 
hodisalar haqidagi bilimlar yaratiladi va ular nazariy nuqtai nazardan bir yo`lga 
solinadi. Fan ijtimoiy fikrlash va bilishning shakllaridan biridir. 
Fan yoki ilm – bu o`qish, o`rganish va hayotiy tajriba asosida fikrlanadigan 
bilim va malakalar majmuasidir. Uning asosiy vazifasi avvalo voqea va 
hodisalarni, shu jumladan, texnik va texnologik hodisalarni tasvirlash, keyin 
tushuntirish, oldindan aytib berish, bashorat qilishdan iboratdir. 
Endi texnika va texnologiya nima degan savolga javob topish kerak. 
Texnika – bu eng tor ma`noda mehnat quroli, mehnat vositasi. Keng 
ma`noda esa u ishlab chiqarish vositalari, texnologiya usullarini, ishlab chiqarishni 


41 
tashkil etish va boshqarish shakllarining yiginsidir. U ishlab chiqarish kuchlarining 
eng faol elementi hisoblanadi. 
Texnologiya (yunoncha «techue» – san`at, mahorat, uddalash va …logiya) – 
ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulot olish uchun ishlatiladigan xom ashyo, 
material yoki yarim fabrikatlarning holati, xossasi va shakllarini o`zgartirish, 
ularga ishlov berish, tayyorlash usullari majmuidir. 
Fan-texnika taraqqiyoti juda murakkab jarayon bo`lib, ijtimoiy va shaxsiy 
hayotning barcha tomonlarini o`z ichiga qamrab oladi. 
Fan va texnikani bir biridan faqat shartli ajratib ko`rish mumkin. Aslida esa 
ular yonma-yon turadi. Shu sababli «Fan- texnika» atamasi ko`p ishlatiladi. 
Fan-texnika taraqqiyotining asosini ilmiy bilimlar tashkil etadi. Ilm va bilim 
asosida yangi texnika va texnologiya yaratiladi, eskilari esa takomillashadi. 

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish