43
Zamonaviy yo`nalishga elektronizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash,
kompleks
avtomatlashtirish
(robotlashtirish,
kompyuterlashtirish),
atom
energetikasini jadal rivojlantirish, yangi materiallarni
ishlab chiqarish va ularga
ishlov berish, hozirgi davr talabiga javob beradigan texnologiyalarni qo`llash,
undan foydalanishda texnologiyaning ekologiyaga salbiy ta`sirini kamaytirish,
imkoni bo`lsa butunlay yo`qotish yo`llari kiradi.
Afzallik, ustuvor yo`nalishlarga quyidagilar kiradi:
➢
elektronizatsiyalash, biotexnologiyani keng joriy etish, iqtisodiy
informatikani ko`paytirib,
rivojlantirib, ishlab chiqarishni to`la axborotlashtirish,
fundamental fanlar bo`yicha izlanishlarni kuchaytirish;
➢
yangi, ilg`or (progressiv) texnologiyalarni joriy etish;
➢
texnika va texnologiya, elektr energiyasi va yoqilg`ilarning,
xom ashyo
va materiallarning eng yangi turlarini yaratish;
➢
mavjud mashina va mexanizmlarni, asbob-uskuna hamda jihozlarni
modernizatsiyalash kiradi.
Bozor iqtisodiyotiga
kirib borish munosabati
bilan ilm-fan sohasiga juda
ko`p atamalar (terminlar), tushunchalar kirib kelmoqda. Masalan, «Nou-xau»,
innovatsiya, lizing, texnopolis, venchur, injinering, tender va h.k.
«Nou-xau» – bu texnik, tashkiliy-iqtisodiy, tijorat bilimlari va tajribaning
yig`indisi bo`lib, almashish predmeti hisoblanadi. «Nou-xau»
tipidagi axborot
(informatsiya) raqobatli ishlab chiqarishning, savdoning omili sifatida ro`y berishi
mumkin. «Nou-xau»ning eng xarakterli, tavsifiy tomoni – bu texnik bilimlarning
yangiligida va aniq ishlab chiqarish va tijorat vazifalarini bajarish uchun
foydaliligidadir. Uni amalga oshirishda shartnoma tuziladi:
har xil chizmalar,
loyihalar, smeta (bo`ladigan kirim-chiqim hisobi), texkartalar, metodikalar (biror
narsaga o`rgatish usullari), formulalar (shartli belgilar bilan ifodalangan matematik
miqdorlar), texnik ma`lumotlar va h.k. tanishtiriladi. Eksporter bu ma`lumotlarni
etqazib beradi, importer esa qabul qilib oladi.
Innovatsiya
– iqtisodiyotga mablag` solish jarayoni. Yangilikni joriy etish:
birinchidan, texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta`minlash uchun
44
iqtisodiyotga sarflangan mablag`lar bo`lsa; ikkinchidan esa,
ilmiy-texnika
taraqqiyoti yutuqlari natijalari bo`lgan yangi texnika va texnologiya.
Ixtirochilikning rivojlanishi, biror yo`nalishdagi yirik ixtiro va kashfiyotlar
maydonga kelishi innovatsiyaning muhim omillari hisoblanadi.
Lizing
– mashina, asbob-uskuna,
transport vositalari, ishlab chiqarish
inshootlarini uzoq muddatli ijaraga olish; uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar
eksportini kreditlash shakllaridan biri. Lizingning asosan
moliyaviy va oddiy turi
mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: