Усманов Собир doc


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………



Download 350,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana19.06.2021
Hajmi350,78 Kb.
#70591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
ozbek milliy bolalar oyinlari genezesi va evolyusiyasi

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………..56 

 

 

 

ILOVA………………………………………………………………….…59  


 



KIRISH 



Bitiruv  malakaviy  ishi  mavzusining  dolzarbligi.  Mustaqillik  davrida, 

boshqa fan sohalari qatori etnologiya sohasida ham turli mavzularda keng ko’lamli 

tadqiqotlar  olib  borilmoqda.  Shunga  qaramay,  hali  ham  etnologlar  oldida 

o’rganilishi  lozim  bo’lgan  muammolar  yetarlicha.  Ana  shunday  dolzarb 

muammolardan biri – bu o’zbek xalqiga xos bo’lgan bola tarbiyasi usulidir.  

O’zbeklarda  shu  vaqtga  qadar  bolalar  o’yinlari  masalasi  etnologlar  va 

pedagoglar  tomonidan,  asosan,  an’anaviy  xalq  tarbiyasi  xususiyatlari  va  u  bilan 

bog’liq  urf-odat  hamda  marosimlar  kontekstida  o’rganib  kelingan.  Milliy  bolalar 

o’yinlari,  jamiyatdagi  tarbiyaviy  muhitning  xususiyatlari,  tarbiya  jarayonida 

sotsializatsiya  institutlarining  tutgan  mavqei  va  ta’sir  darajasi  kabi  masalalar 

etnologlarning nazardan chetda qolgan.  

Bundan  tashqari,  ta’lim-tarbiya  ishlarining  rivoji  millat  va  davlat 

taraqqiyotning  muhim omili ekanligi  hech kimga sir emas. Ayniqsa, globallashuv 

jarayonlari kuchayib borayotgan, “ommaviy madaniyat”ning salbiy illatlari shiddat 

bilan  tarqalayotgan  hozirgi  davrda  ta’lim-tarbiya  ishlari  biz  uchun  yana  ham 

dolzarb  ahamiyat  kasb  etadi.  O’zbekiston  Respublikasining  Birinchi  Prezidenti  I. 

A.  Karimov  ta’kidlab  o’tganidek,  “...bugungi  kunda  farzandlarimizning  ma’naviy 

olamini  yuksaltirish,  ularni  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  ruhida  tarbiyalash 

masalasi biz uchun eng dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda”

1



Shuning uchun O’zbekistonda ta’lim-tarbiya ishlari davlat siyosati darajasiga 

ko’tarilgan. 2000- yilni “Sog’lom avlod yili”, 2001- yilni “Onalar va bolalar yili”, 

2008-  yilni  “Yoshlar  yili”,  2010-  yilni  “Barkamol  avlod  yili”,  2012-  yilni  esa 

“Mustahkam  oila  yili”  deb  nomlanishi  va  bu  borada  davlat  dasturlarining  qabul 

qilinishi bejiz emas. Maqsad – avvalo, o’zlikni, milliy tarbiya tizimni saqlab qolish 

va  shu  asosda  o’zbekistonlik  yosh  avlodni  har  tomonlama  yetuk,  barkamol  inson 

qilib tarbiyalashdir.  

                                                

1

  Каримов  И.  А.  Жаҳон  инқирозининг  оқибатларини  енгиш,  мамлакатимизни  модернизация  қилиш  ва 



тараққий топган давлатлар даражасига кўтарилиш сари. – Тошкент: Ўзбекистон, 2010. Т. 18. – Б. 94.  


 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev 2016- yil yakunlariga 



bag’ishlab o’tkazilgan yig’ilishda, “eng avvalo, yoshlar va aholi o’rtasida mamla-

katimizning  boy  tarixi,  uning  betakror  madaniyati  va  milliy  qadriyatlarini  keng 

targ’ib qilish, johon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit 

va shart-sharoit yaratish ustufor vazifalardan hisoblanadi”

2

, deb takidlagan edi.  



Tarixiy  manbalarga  murojaat  qilsak,  o’zbek  xalqining  milliy  sport  va  xalq 

o’yinlari  aholining  yashash  sharoitiga  qarab,  xilma-xil  bo’lganligi  va  yoshlarni 

faol,  sermahsul  faoliyatga  tayyorlab  borganligiga  guvoh  bo’lamiz.  Bunday  milliy 

o’yinlarimizning  umumiy  miqdori  3–5  mingdan  kam  emas.  Bu  o’yinlarni  izlab 

topish,  o’rganish  va  xalq  orasida  yangidan  targ’ib  qilish  ma’naviyatimizni  yangi 

bosqichga  ko’tarishga  xizmat  qiladi,  tarbiyaviy  ish  mazmunini  yanada 

chuqurlashtiradi

3

.  



Aholining etnik tarixi va etnogenezi, xo’jalik mashg’ulotlari va ish qurollari; 

uy-joylar,  xo’jalik  binolari  hamda  ularning  jihozlanishi;  kiyimlar,  poyafzal  va 

bezaklar, taomlar va uy-ro’zg’or buyumlari; ijtimoiy munosabatlar, oila va oilaviy-

maishiy  turmush;  urf-odatlar,  udumlar,  o’yinlar,  raqslar,  xalq  og’zaki  ijodi. 

Kundalik turmushda ularning hammasi alohida bo’lmasdan, bir-birlari bilan uzviy 

bog’liqlikda  rivojlanadi  yoki  zaiflashadi.  Shuning  uchun  etnograflar  uy-joylarni 

tadqiq  qilishsa,  mazkur  aholining  ijtimoiy  tuzumi,  maishiy  turmushi  va  oilaviy 

munosabatlarining  o’ziga  xos  tomonlarini  ham  o’rganadilar.  Agar  kiyimlar 

o’rganilsa,  ularning  urf-odat,  udumlarga  bog’liqligi,  ular  orqali  esa  yana  ijtimoiy 

munosabatlarga chiqiladi

4

.  


Milliy  bolalar  o’yinlarining  ildizi  juda  uzoq  va  qadim  zamonlarga  borib 

taqaladi.  Ularni  tadqiq  etish  orqali  bu  masalani,  qisman  yoritishga  erishamiz. 

Mavzu shuning uchun ham dolzarb ahamiyatga molik. 

O’zbekistonda  ta’lim  va  tarbiya  sohasida  olib  borilayotgan  islohotlarning 

mohiyati shundaki, tarbiyada, bir tomondan milliylik (etniklik) ni saqlab qolish va 

boshqa  tomondan  zamonaviy  ilg’or  qarashlarni  milliy  tarbiya  tizimiga 

                                                

2

 Мирзиёев Ш. М. Танқидий таҳлил, қатъий-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг 



кундалик қоидаси бўлиши керак. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. – Б. 47. 

3

 Насриддинов Ф. Камолот ва маънавият сабоқлари. – Т., 1998. – Б. 208. 



4

 Салимов Т. У. Этнографик экспедицияларни ўтказиш услублари – Т., 1993. – Б. 28. 




 

moslashtirishga harakat qilinmoqda. Bugungi kunda oilada o’g’il-qizlarning kimlar 



tomonidan  tarbiyalanayotganligi  va  bu  borada  mas’uliyat  kimga  yuklanayotganli-

gini,  oiladagi  tarbiyaviy  muhitning  holatini  aniqlash,  ota-onalar  va  bolalar 

o’rtasidagi  munosabatlarni  hamda  bu  munosabatlarga  ta’sir  qiluvchi  omillarni, 

an’anaviy  tarbiya  o’chog’i  sifatida  oilalarning  tarbiyaviy  holati,  kirib  kelayotgan 

innovatsion  jarayonlarning  oilalardagi  tarbiya  salohiyatiga  ta’siri  masalasi 

kabilarni  o’rganish  muhim  masala.  Demak,  yuqoridagilardan  kelib  chiqib  aytish 

mumkinki, o’rganilayotgan mavzu quyidagi omillarga ko’ra dolzarb ahamiyat kasb 

etadi:  


birinchidan,  o’zbek  etnologiyasida  bolalar  o’yinlari  masalasi  shu  vaqtgacha 

bola  tarbiyasi  bilan  bog’liq  urf-odatlar  va  marosimlar  negizida  tadqiq  etilgan. 

Ammo, bevosita tarbiya usullarida milliy o’yinlarning bolani jamiyat tarkibiga qo’-

shish yo’llari esa etnologik jihatdan bitiruv malakaviy ishi sifatida o’rganilmagan; 

ikkinchidan, o’zbek etnologiyasida bolalar o’yinlarini pedagogik xususiyatla-

rini maxsus tadqiq etish va bunda uning tarkibiy tuzilishi, demografik holatini bola 

tarbiyasiga bo’lgan ta’sirini chuqur tadqiq etish dolzarb masaladir;  

uchinchidan, oilada ota-ona va farzandlar o’rtasidagi munosabatlarda o’yinlar-

ning asosiy o’rin tutishi, undagi an’anaviylik va zamonaviy jihatlarni ham etnolo-

gik aspektda keng qamrovli tadqiq etish zarur;  

to’rtinchidan,  o’zbeklarda  o’smirlik  davri  masalasi,  o’smirlik  davri 

o’yinlarining etnik jihatlari e’tibordan chetda qolgan;  

beshinchidan,  bugungi  kunda  O’zbekistonda  yosh  avlodni  har  tomonlama 

barkamol  inson qilib  yetishtirish  masalasi  davlat siyosati  darajasidagi eng  muhim 

masala  sifatida  ko’tarilgan.  Shu  maqsadda  ta’lim-tarbiya  ishlariga  alohida  e’tibor 

qaratilmoqda va bu sohada keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ana shu 

islohotlarning  natijasini  faqat  o’smir  yoshlar  orasida  tadqiqot  olib  borib,  ularning 

fikrlash  olami  va  dunyoqarashini  bilibgina  baholash  mumkin.  Shu  bois  ham 

mazkur  yo’nalishda  ilmiy  tadqiqotlar  olib  borish  nafaqat  ilmiy,  balki  amaliy 

ahamiyatga ham molikdir. 




 




Download 350,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish