Усманов Собир doc


Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi



Download 350,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana19.06.2021
Hajmi350,78 Kb.
#70591
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
ozbek milliy bolalar oyinlari genezesi va evolyusiyasi

Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi. Tadqiqot ishi kirish, 

to’rt  paragrafni  o’z  ichiga  olgan  ikki  bob,  xulosa,  foydalanilgan  manba  va 

adabiyotlar hamda ilovadan iborat.  



 

10 


 



BOB. 

O’ZBEK 

MILLIY 

BOLALAR 

O’YINLARINING 

ETNOGRAFIK XUSUSIYATLARI 

 

1.1. An’anaviy bolalar o’yinlari tarixidan  

 

  Har  bir  xalqning  tarixiy  rivojlanish  jarayonida  o’yinlar,  musobaqalar  shu 



xalq madaniyatining asosiy qismi hisoblangan. Ular  mehnat, hayotiy, jangovar va 

boshqa ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzidan kelib chiqqan

12

.  


Kishilarning  ehtiyoji  tufayli  yuzaga  kelgan  o’yinlarning  tarixiy  ildizlari  juda 

qadimga  borib  taqaladi.  Ularning  yuzaga  kelishi  «ongli  odam»  yashagan  davrdan 

boshlanganligi shubhasiz. 

Ovdan  o’lja  bilan  qaytish  va  o’z  mehnati  natijalaridan  manfaatdor  bo’lish 

ibtidoiy  odamlarda  xursandchilik  hamda  shodiyona  kayfiyatini  yaratgan.  Bunday 

holatda ovchilar ov jarayonini imo-ishora, maxsus harakatlar hamda o’yin, mashq 

shaklida  ifodalashga  uringanlar.  Natijada  “Ovchilar  o’yini”  paydo  bo’lgan.  Shu 

sababdan ham G. V. Plexanov “O’yin – mehnat farzandi”

13

, deb qayd etgan edi. 



   Tarixiy manbalarga qaraganda, so’nggi paleolit davrida taxminan miloddan 

40  ming  yil  ilgari  yer  yuzining  shimoliy  qismida  totemga  oid  “Ayiq  bayramlari” 

bo’lgan.  Bu  bayram  ayiqqa  bag’ishlangan  afsonalarga  tayangan  bo’lib,  ayiq 

qabilalarni  ofatdan  saqlab  qolgan.  Buning  evaziga  esa  odamlar  qabilaning  eng 

go’zal qizini ayiqqa turmushga berganlar. Bu bayramda to’y marosimi tasvirlanib, 

u ayiq o’yini bilan yakunlanadi. XX asr boshlarida ham Sibir o’lkalarida yashovchi 

ayrim xalqlar hayotida “Ayiq bayrami” mavjud bo’lgan. Biroq, go’zal qizni ayiqqa 

turmushga  uzatish  faqat  afsonaviy  voqelikka  mansubligini  qayd  etish  mumkin 

xolos. “Ayiq o’yini” tomoshalarini O’zbekiston hududida va shuningdek, Turkiya, 

Hindiston,  Kavkaz  kabi  joylarda  ko’chalarda  ayiq  o’ynatib  yurgan  odamni,  ya’ni 

“ayiqchini”  ko’rish  mumkin.  Ular  odamlar  gavjum  joylarda  kichik  tomosha 

ko’rsatib  yurishadi.  Balki  bu  qadimiy  ayiq  o’yinidan  bizgacha  yetib  kelgan  va 

ibtidoiy davr elementlarining bir bo’lagi bo’lishi ham mumkin

14

.  



                                                

12

 Рамазанова З. Б. Календарь и календарные обряды народов Дагестана. – Махачкала, 1987. – С. 75. 



13

 Bu haqda qarang: Қорабоев У. Ўзбекистон байрамлари. – Т.: Ўқитувчи, 1991. – Б. 7. 

14

 Yuqoridagi asar…. – Б. 9. 




 

11 


Ibtidoiy  ajdodlarimiz  hali  ishlab  chiqaruvchi  xo’jalikdan  bexabar  davrlarda 

tabiat ato etgan ne’matlarni o’zlashtirish asosida tirikchilik qilganlar. Shu sababdan 

ham ular hayotida ovchilik va aynan u bilan bog’liq o’yinlar  muhim o’rin tutgan. 

Ba’zi  manbalarda  o’yinlar  ovdan  oldin  o’tkazilganligi  haqida  yozilgan  bo’lsa, 

boshqalarida  ovdan  keyingi  o’yinlar  haqida  fikrlar  bayon  etilgan.  Ovdan  oldingi 

o’yinlar  ov  oldi  mashqi,  ya’ni  ovga  tayyorgarlikni  tekshirish,  ovga  ruhiy  va 

jismoniy  shaylanish  vazifasini  o’tagan.  Tayyorgarlik  esa  jiddiy,  o’ziga  xos  maro-

sim shaklida uyushtirilgan. Bu o’yinlar jarayonida ibtidoiy odamlar o’ljani osonroq 

qo’lga  kiritishga  tayyorgarlik  ko’rganlar.  Bu  jarayonda  ular  tangridan  bo’lajak 

ovlarining  baroridan  kelishini  tilaganlar.  O’ljaga  sezdirmay  yoki  u  hadiksira-

maydigan  tarzda  yaqinlashish  uchun  niqob  kiyib,  yirtqich  hayvon  qiyofasiga 

kirishni, jonivorlar yurish-turishlari va tovush chiqarishlarini mashq qilishgan

15

.    


Ana shunday o’yinlar jarayonida yoshlarga ham ov usullari o’rgatib borilgan. 

Shu  boisdan  ham  bu  o’yinlar  o’ziga  xos  tajriba  maktabi  vazifasini  o’tab  bir 

tomondan, ovchilar mahoratini o’stirishga yordam bergan bo’lsa, ikkinchi tarafdan, 

ularda ruhiy ko’nikma hosil qilgan

16

.  


O’rta  Osiyo  hududida  ibtidoiy  odamlar  hayotida  ham  ovchilik  o’yinlari 

bo’lgan  degan  isbotni  biz,  paleolit  davri  Sheroboddagi  Zarao’t  Karamsoyning 

toshlariga tushirilgan tasvirlardan; miloddan oldingi II–I ming yilliklarda Farg’ona 

vodiysidagi  Saymalitosh  g’orlarida  aks  ettirilgan  devoriy  rasmlardan  va  boshqa 

arxeologik  topilmalar  toshidagi  tasvirlardan  topish  mumkin.  Ularda  nafaqat 

totemlarga sig’inish, balki ov jarayoni, ovdan keyingi shodiyonalik, hayvon niqobi 

va  qiyofasidagi  ovchi  o’yinlari  aks  ettirilgan.  Ularning  ayrimlarini  diqqat  bilan 

o’rganilganda  ovchilarning  xursand  va  shod  qiyofasida  bayram  elementlarini 

sezish mumkin.  

Ovdan keyingi o’yinlar ov muvaffaqiyatli tugagan taqdirdagina uyushtirilgan, 

deb  taxmin  qilishimiz  mumkin.  Chunki,  ovdan  o’lja  bilan  qaytishgina 

xursandchilik, ziyofat uchun imkon yaratgan. Har bir omadli ovdan keyin bunday 

                                                

15

 Тейлор Э. Б. Первобытная культура. – М.: Политздат, 1989. – С. 572. 



16

  Қўзиқулов  И.  У.  Ибтидоий  халқ  ўйинлари  генезиси  /  Ўзбекистонда  оммавий  спортни  ривожлантириш 

муаммолари. Илмий-амалий конференция материаллари. – Namangan, 2000. – Б. 59–60. 



 

12 


o’yinlarining  an’anaga  aylanishi  ajdodlarimizda  bayram  kayfiyatidagi  maxsus 

marosimlarni shakllantira boshlagan.  

 Ibtidoiy  jamiyatda  yoshlarni  kattalar  safiga  qo’shish  (initsiatsiya)  marosimi 

keng  tarqalgan.  Marosim  qat’iy  belgilangan  qoidalar  asosida  o’tkazilib,  jismonan 

baquvvat,  epchil,  chidamli,  qurolni  yaxshi  ishlata  oluvchi  va  ruhan  tetik 

yoshlargina  kattalar  safiga  qo’shib  olingan.  Bunda  har  xil  jismoniy  sinovlar:  och 

qoldirish, terisini shilish, quloq suprasini  yirtish, tishini sindirish, tishini egovlash 

kabi o’nlab sinov shartlari bajarilgan

17



Initsiatsiyada  o’smir  tishini  qoqib  olish,  badanini  tilish  kabi  sinovlardan 



o’tadi.  Bunday  sinovlar  yoshlarni  chiniqtirib,  mardlarcha,  omadsizlik  va  g’amni 

yengishga  o’rgatadi

18

.  O’ziga  xos  “imtihon”dan  o’ta  olmaganlar  esa  yoshi  katta 



bo’lishiga qaramay, bolalar guruhi tarkibida qolaverganlar. Ular jamiyat emas, oila 

a’zosi  hisoblanganlar.  Aynan  initsiatsiya  marosimi  insoniyat  tarixida  kurash, 

yugurish,  kamondan  o’q  uzish,  nayza  uloqtirish  kabi  ilk  sport  o’yinlarining 

shakllanishida ham muhim o’rin tutgan

19



O’rta  Osiyoning  taniqli  tarixchisi,  etnograf  va  lingvist  olimi  Mahmud 



Qoshg’ariy  (X  asr)  o’zining  mashhur  “Devonu  lug’otit  turk”  asarida  qadimiy 

o’yinlarning tur va yo’nalishlari haqida qiziqarli ma’lumotlar qoldirgan. Jumladan, 

to’piq o’ynaganda suyak berkituvchi kishi to’piqni hamma vaqt yonida olib yurishi 

shart bo’lib, bir necha oydan keyin bo’lsa ham, hammomda bo’lsa ham, so’ralgan 

zamoni  “mana”  deb,  ko’rsata  olsa  o’yinda  yutishi  mumkinligi  to’g’risidagi 

ma’lumotlarni qayd etgan. Shuning uchun to’piq osib yurish odat bo’lgan bo’lishi 

mumkin  Sh.  Shomaqsudov,  Sh.  Shorahmedovlarni  “Hikmatnoma”  kitobida  ham 

to’piq  o’yini  haqida  quyidagi  ma’lumotlar  bor:  “To’piq  suyagini  o’yinchilarning 

biridan  so’ralganda,  darhol  ko’rsatish,  aks  holda  sheriklarining  biror  shartini 

bajarishi talab etiladigan o’yin”

20



  Yuqoridagi  ma’lumotlar  bir-biriga  juda  yaqin  va  o’xshash.  “Turkiy  so’zlar 



devoni”dagi  “ol,  mening  birla  topuq  ilishdi”,  ya’ni  u  men  bilan  to’piq  otishda 

                                                

17

 Исмоилов Ҳ. Ўзбек тўйлари. – Т.: Ўзбекистон, 1992. – Б. 39. 



18

 Косвен М. О. Ибтидоий маданият тарихидан очерклар. – Тошкент: Фан, 1960. – С. 139. 

 

19

 Тейлор Э. Б. Первобытная культура. – М.: Полиздат, 1989. – С. 573. 



20

 Ҳикматнома. Ўзбек мақолларининг изоҳли луғати. – Т.: Ўзбекистон, 1990. – Б. 232. 




 

13 


otishda  bahslashdi.  Bu  masalada  qay  birimiz  ustaligimizni  sinashish  haqida 

talashdik, degan qisqa izohlar mavjud. Yoki “ol, mena chavgan egishdi”– u menga 

chavgon  egishda  yordam  berdi.  Boshqa  narsani  otishda  ham  bu  so’z  ishlatiladi, 

ya’ni egishur, egishmak sifatida

21



Kocho’rma  o’yun  –  “o’n  to’rt”  degan  o’yindir.  yerga  qo’rg’onga  o’xshatib 



to’rt  chiziq  chizib,  unga  o’nta  eshik  qilinadida,  yumaloq  tosh,  yong’oq  tashlab 

o’ynaladi

22

.  


Asarda  ovchilik,  nayzabozlik,  kamon  tortish,  merganlik,  kurash  tushish, 

otpoyga, chavgon  va shatranj  kabi sport  mashqlari  haqida  ham keng  ma’lumotlar 

berilgan.  Devon  X–XI  asr  bolalari  tomonidan  qator  o’yinlar  o’ynalganligi  haqida 

muhim  ma’lumot  beruvchi  manba  hamdir.  Shu  jumladan:  “O’tish-o’tish”  o’yini. 

Bu  o’yin shunday o’ynaladi: bolalar davra qurib o’tiradilar,  ulardan  biri  yonidagi 

bolani  turtadi  va  unga  «o’tish-o’tish»,  ya’ni  «yoningdagini  ham  turt»  deydi.  Bu 

o’yinda  nima  talab  qilinadi,  o’yin  nima  bilan  tugaydi,  afsuski,  asarda  bu  haqda 

izoh  berilmagan.  Mazkur  o’yin  bolalarga  jamoa  bo’lib  tez  harakat  qilishni 

o’rgatgan. M. Qoshg’ariy o’z asarida turk qabilalarida o’ynalgan o’yinlardan ham 

misol  keltirgan.  O’yinlarni  biri  to’p  bilan  bajarilib,  o’yinni  kimdan  boshlashga 

qur’a tashlamasdan, to’pni ayri bilan uriladi. Qaysi jamoaning to’pi qancha uzoqqa 

ketsa,  o’yinni  o’sha  jamoa  boshlaydi.  Natijada,  to’pni  qattiq  urish  har  bir  jamoa 

a’zosidan  maxsus tayyorgarlikni  talab etgan. XI asrda keng  tarqalgan o’yinlardan 

biri  «Ot  bandal»  o’yini  edi.  Bu  o’yinda  bolalar  uzun  kaltak  olib,  uning  boshini 

chaqmoqlab,  uchini  yendirib,  ot  sifatida  minganlar.  Qorong’ida  o’ynalgan  ushbu 

“Ot  bandal”  o’yini  urush,  shahar,  qal’a  mudofasidan  kelib  chiqqan  bo’lishi 

mumkin.  

Yana  shu  kabi  o’yinlardan  biri  “Qorin  otmoq”  deb  nomlangan.  Bu  o’yin 

mo’ljalga  to’g’ri  ola  bilishni  talab  qilgan.  Bunga  ko’ra  hayvon  so’yilib,  teri  osti 

puflangan  holda,  daraxtga  osib  qo’yilgan.  Ma’lum  uzoqlikdan  turib,  kimda-kim 

                                                

21

 Қошғарий М. Туркий сўзлар девони. – Т.: Ўзбекистон, 1960. Т. 1. – Б. 195. 



22

 Yuqoridagi asar.... – Б. 452. 




 

14 


nayza,  yoki  o’q  bilan  ursa,  hayvon  go’shtidan  manfaatdor  bo’lgan.  Bu  o’yin  o’z-

o’zidan ko’rinib turibdiki kishilarning moddiy ehtiyojidan kelib chiqqan

23



Otaxonlarimizning  axborotlaridan  ma’lum  bo’ladiki,  har  bir  sunnat  to’yida, 



so’yilgan  so’qimlarning  o’pkalari  olinib,  yuvilib-tozalanib,  uning  ichiga  sut 

quyilgan.  Ikki  polvon  o’rtaga  chiqib,  belbog’igacha  yechinadi.  yer  sathidan  bir 

metr balandlikda qoziq qoqilib, uning ustiga ko’ndalang qilib xoda o’rnatiladi. Ikki 

polvon  ikki  tomondan  unga  minib  oladilar.  So’ng  ularning  qo’llariga  sut 

to’ldirilgan  o’pka  beriladi.  Polvonlar  esa  bir-birlarini  o’pka  bilan  urib,  xodaning 

ustidan  yiqitishlari  shart  bo’lgan.  Odatga  ko’ra,  polvonlar  oyoqlari  bilan  xodani 

mahkam  tutib  tursalar-da,  ikki  qo’llari  bilan  o’pkani  ushlaganlar.  Ular  qoida 

bo’yicha  bir-birining  boshiga,  ko’kragiga,  yelkasiga  urib  xodadan  birinchi  bo’lib 

tushirib  yuborishlari  kerak  bo’lgan.  Bu  jarayonda  ulardan  o’rnidan  turmaslik, 

masofani saqlash, achchiq  ustida  urishib ketib,  bir-birlariga shikast  yetkazmaslik-

lari talab etilgan. Kim g’olib chiqsa, u to’yning sovrinini olgan, to’plangan kishilar 

olqishlariga sazovor bo’lgan. Sarpo in’om etilgan. Shu jihatlari bilan bu o’yin xalq 

o’rtasida  juda  e’zozlangan  va  katta  qiziqish  uyg’otgan.  Afsuski,  bunday  xalq 

o’yinlari keyingi paytda iste’moldan chiqib ketdi, hozirda mutlaqo unutib qo’yildi. 

“Quloq  cho’zma”  o’yini  to’y-tantanalarda  ishtirok  etayotgan  ko’p  sonli 

bolalar  uchun  mo’ljallangan  bo’lib,  uni  tashkil  etish  va  boshqarish  orqali  epchil, 

chaqqon,  uddaburon,  qo’rqmas,  chidamli  bolalar  tarbiyalangan.  Sovg’a 

beradiganlar esa, katta yoshdagi kishilardan iborat bo’lgan

24

.  


Ba’zi  davralarda  kurash  boshlanishidan  oldin  “quloq  cho’zma”  o’yiniga 

asosan o’smirlar taklif etiladi  va tegishli  gap-so’zlardan keyin o’rtasidan tugilgan 

ro’molcha qurga otvoriladi. Shunda tabiiy, qo’yilgan sovrin ham aytiladi. Masalan, 

“Bir juft kalish” yo “O’n so’m puli bor!” deyiladi

25

.  


To’yboshi  yoki  mahalladoshlarimiz  sunnat  to’ylarda,  ro’molchalariga 

qanchadir  pulni  tugib,  bir  to’da  bolalardan  ro’molchani  o’zlariga  tez  qaytarish 

                                                

23

 Қаландаров М., Мелибоев М. “Девону луғотит турк”да спорт ва миллий ўйинлар ҳақида / Алпомиш халқ 



ўйинлари ва миллий спорт турларини ривожлантириш муаммолари мавзусидаги илмий-амалий анжумани. –

Фарғона, 2000. – Б. 65.  

24

 Исмоилов Ҳ. Ўзбек тўйлари.... – Б. 65.  



25

 Холмирзаев Ш. Сайланма. III жилд. Ҳикоялар. – Т.: Шарқ, 2006. – Б. 130–135.  




 

15 


sharti  bilan  quloq  cho’zma  o’yinini  o’tkazishgan.  Hozirgi  kunda  “quloqcho’zma” 

o’yini  deyarli  unutila  boshlandi

26

.  O’yinchilar  bir-birlaridan  ro’molchani  olish 



uchun,  quloqlarini  qattiq  cho’zardilar.  Og’riqqa  chiday  olmagan  bola,  tabiiy 

ravishda,  o’z  qo’lidagi  ro’molchani  qo’yib  yuborgan.  Shuning  uchun  ham,  bu 

o’yin “quloqcho’zma” deb atalsa kerak.  

Jismoniy  sog’lomlik  insonda  ruhiy-ma’naviy  sog’lomlikni  keltirib  chiqaradi. 

Ya’ni,  sport  bilan  shug’ullangan  bola  hech  qachon  yomon  yo’llarga  yurmaydi. 

Bugungi  zamondagi  dahshatli  balo-qazolar  terrorchilik  yoki  aqidaparastlik 

deysizmi, giyohvandlik yoki jinoyatchilik deysizmi barchasidan yiroq bo’ladi

27

.  



Mana  shu  abadiy  haqiqatni  teran  anglagan,  ezgu,  bunyodkor  g’oyalarga 

asoslanib faoliyat yuritgan O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. 

Karimov  1996-  yil  yanvarida  jahon  sportini  rivojlantirishdagi  xizmatlari  va 

Olimpiya  g’oyalariga  sadoqati  uchun  Olimpiya  Oltin  ordeni  bilan  mukofotlandi. 

Islom  Karimov  taqdirlash  marosimida  “Oltin  orden  meniki  emas,  balki 

O’zbekiston  xalqiniki  va  u  yangi  ochilayotgan  muzeydan  joy  oladi”,  deb  niyat 

qilgan edi

28

. Prezidentning orzusi amalga oshdi. Bugungi kunda bu orden Olimpiya 



shon-shuhrati muzeyining doimiy eksponatiga aylangan.  

Islom  Karimov  fikricha:  “hech  bir  xalqning  qudrati,  mashhurligi,  buyukligi, 

xalqaro  obro’-e’tibori  undagi  to’plarning  yoki  boshqa  qurol-yarog’larning  soni 

bilan  o’lchanmaydi,  ularni  avvalambor,  millatning  sog’lomligi,  ma’naviy  va 

moddiy salohiyati va kuchi bilan o’lchamoq kerak. Shu jihatdan Olimpiya shuhrati 

muzeyini ochish fikri o’z-o’zidan quruq joyda paydo bo’lgani yo’q. Chunki bizdan 

dunyoning istagan muzeyida namoyish etishga arziydigan tariximiz, an’analarimiz, 

qadriyatlarimiz va yutuqlarimiz bor...”

29



Qadimiy  davrdagi  bayram  kayfiyatida  o’tadigan  marosimlardan  yana  biri 



“erkaklikka  o’tish”  edi.  O’spirin  unga  uzoq  tayyorgarlik  ko’rib,  o’zining  hayotga 

tayyorgarligi  va  kuchini  namoyish  qilishga  intilgan.  Bu  marosimda  o’spirin 

                                                

26

 Dala yozuvlari. Namangan viloyati Yangiqo’rg’on va Chortoq tumanlari. 2017- yil. 



27

  Каримов  И.  А.  Фарзандларимиз  парвози  баланд  бўлсин.  Биз  танлаган  йўл  –  демократик  тараққиёт  ва 

маърифий дунё билан ҳамкорлик йўли. – Т.: Ўзбекистон, 2003. Т.11. – Б. 133.  

28

 Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Тошкент: Шарқ, 1998. – Б. 12.  



29

 Каримов И. А. Биз танлаган йўл... – Б. 127.

  



 

16 


qiynalgan,  sinalgan,  xullas,  imtihondan  o’tkazilgan.  So’ng  esa  bolalik  odatlarini 

tashlab, kattalarga qo’shilgan, birga ovga borgan, birga mehnat qilgan

30



Initsiatsiya  (lotincha)  –  bag’ishlash,  ibtidoiy  davrda  o’smirlarni  voyaga 



yetgan  erkak  va  ayollar  safiga  o’tkazish  marosimi,  islomda  o’g’il  bolalar  sunnati 

initsiatsiya hisoblanadi

31

.  


Arxeologlar,  etnograflar  bergan  ma’lumotlarga  qaraganda,  bayramlar  eng 

qadimiy davrlardayoq mavjud bo’lgan va ibtidoiy odamlar hayotida g’oyat muhim 

rol  o’ynagan.  Bu  borada  biz  D.  M.  Genkinning  “...bayramlarning  chuqur  ildizi 

insoniyatning “go’daklik” davriga borib taqaladi”. M. M. Baxtinning “... bayram–

insoniyat  madaniyatining  boshlang’ich  shaklidir”

32

  degan  fikrlariga  asoslanamiz. 



Ma’lumki,  inson  o’z  mehnati  tufayli  hayvonot  dunyosidan  ajralib  chiqqach, 

yashash  uchun  kurash  jarayonida  qanchalik  ongli  mehnat  qilsa,  u  shuncha 

muvaffaqiyatlarga  erishgan.  Bu  jarayon  odamlar  ovchilik  bilan  kun  ko’rayotgan 

davrda  yaqqol  sodir  bo’la  boshlagan.  Biz  bu  fikr  isbotini  arxeologik  qazilma  va 

topilmalardagi tosh, sopol va boshqa devoriy tasvirlardan ham ko’ra olamiz. 

Ibtidoiy  jamiyatda  jamoa  va  uning  a’zolariga  bag’ishlangan  tantanalar  esa 

asta-sekin  shakllana  borgan.  Ilk  shakldagi  bu  bayramlar  “Orgaist”  bayramlari 

bo’lib,  bunda  barcha  erkak  va  ayollar  o’zlariga  “juft  tanlash”  erkinligidan  foyda-

langanlar…  Bu  davrda  urug’chilik  vujudga  kelib,  asta-sekinlik  bilan  oilalar 

shakllana borgan

33

.  


“Mehnat o’yinlari” – yaxshi kayfiyat, ya’ni keng  ma’noda aytganda, bayram 

holatini  vujudga  keltiradi.  Ma’lumki,  dehqonlarning  hayotida  eng  quvonchli 

voqyea  -  bu  hosilni  yig’ish  va  yangi  noz-ne’matlarni  tatib  ko’rish  jarayonidir. 

Odamning  “birinchi  kasbi”,  ya’ni  ovchilik  asosida  “ovchilik  o’yinlari”  vujudga 

kelgan  bo’lsa,  uning  dehqonchilikka  o’tishi  munosabati  bilan  mehnat  o’yinlari 

shakllanib, yangi mehnat bayramlari uchun zamin yaratgan. Shunday qilib, mehnat 

                                                

30

 Қорабоев У. Ўзбекистон байрамлари.....– Б. 10. 



31

 Аширов А., Атаджанов Ш. Этнология. – Т., 2007. – Б. 153. 

32

 Қорабоев У. Ўзбекистон байрамлари.........– Б. 6. 



 

33

 Yuqoridagi asar....– Б. 10. 




 

17 


–  bayramlarning  bosh  manbai,  “yashash  uchun  kurash”  –  mehnatning  natijasi 

shaklida vujudga kela boshlagan

34



XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida “Xalq sayillarida bozor maydon-



larida  sayyor  sirk  o’yinchilari  guruhlari  ham  o’z  tomoshalarini  ko’rsatishar,  ular 

sho’x  ashulalar,  she’rlar  aytib  berishar  edi.  Har  yili  bahorda  shahar  va  qishloqlar 

chekkalarida  ko’p  odamlar  yig’ilib,  lola  guli  bayramiga  bag’ishlangan  xalq 

sayillarini o’tkazganlar. U yerlarda novvoyxonalar, choyxonalar, qandolatfurushlar 

rastalari,  milliy  taomlar  tayyorlovchi  oshxonalar  ochilar,  hofizlar  qo’shiq  kuylar, 

maddohlar  diniy  qissalarni  aytib  berar,  mug’anniylar  musiqa  chalar,  ko’zboylo-

g’ichlar, dorbozlar,  huqqabozlar (jonglyorlar),  hayvon o’rgatuvchilar, qo’g’irchoq 

teatrlari  tomosha  ko’rsatar,  qiziqchilar  kulgili  qisqa  tomoshalarni  namoyish  etar, 

so’z o’yini ustasi bo’lmish askiyachilar esa davrani rosa qizdirar edilar”

35

.  



Tadqiqotlar  shuni  ko’rsatadiki,  vodiyda  o’tkaziladigan  lola  sayllari  oldingi 

ramziy  ma’nosini  ma’lum  darajada  yo’qotib,  hozirgi  kunda  o’yin-kulgi,  sayl 

ko’rinishida saqlanib qolgan. Farg’ona vodiysining qolgan yerlarida “lola sayllari” 

bugungi  kunda  deyarli  o’tkazilmaydi,  faqatgina  keksa  yoshli  qariyalarning 

xotiralaridagina saqlanib  qolgan.  Bizningcha, buning asosiy sabablaridan biri  XX 

asrning  50–80-  yillarida  lola  va boshqa  gullar o’sadigan saylgohlar – dalalar, qir-

adirlar o’zlashtirilib, paxtazorlarga aylantirilishi bilan izohlanadi

36

.  



 O’tgan  asrning  80-  yillari  o’rtalaridan  boshlangan  “qayta  qurish”  siyosati 

ijtimoiy-gumanitar  fan  olimlari  oldiga  ham  katta  vazifalarni  qo’ydi.  Jamiyatda 

sodir  bo’layotgan  voqyea-hodisalarni,  kishilar  ongi,  tafakkuridagi  o’zgarishlarni 

tahlil etish juda muhim vazifalardan hisoblanadi

37



Sovet mustabid tuzumi davrida milliy o’yinlarning, qolaversa, sportning ozod 



va  erkin  rivojlanishi,  jahon  maydonida  o’ziga  mos  o’rin  egallashi  uchun 

imkoniyatlar  nihoyatda  cheklab  qo’yilgan  edi.  Natijada  kuch,  tezkorlik,  chiniqish 

maktabi  bo’lgan  milliy  o’yinlarga  e’tibor  susaydi.  Bu  esa  o’z  navbatida  mahalliy 

                                                

34

 Қорабоев У. Ўзбекистон байрамлари.........– Б. 10. 



 

35

 Ҳидоятов Г. А., Костецкий В. А. Ўзбекистон тарихи. – Т.: Ўзбекистон, 2006. – Б. 20.  



36

 Аширов А. «Авесто»дан мерос маросимлар. – Т., 2001. – Б. 14. 

37

 Акбаров Қ. Ё. Ўзбекистоннинг XX аср сўнги чорагидаги маданияти (Фарғона водийси мисолида) Тарих 



фан. номз. дисс... автореферати. – Т., 2008. – Б. 5.

  



 

18 


aholi,  jumladan  bolalar  va  o’smirlar  jismoniy  salohiyatining  zaiflashuviga  olib 

kelgan.  

Taniqli  olim  Usmon  Qoraboyevning  kuzatish  va  o’rganishlari  natijasida 

o’zbek  xalq  o’yinlarini  quyidagicha  tasniflangan:  O’zbek  xalq  o’yinlari 

adabiyotlarda  to’liq  yoritilmaganligi  uchun,  ularni  tasniflash  muammo  tug’diradi. 

Shunga qaramay, ularni kuzatish va o’rganish natijasida quyidagicha tasnif qilindi:  

1.  Turli  yoshdagilar  uchun:  go’daklar  uchun,  yosh  bolalar  uchun,  yoshlar 

uchun, o’smirlar uchun va hokazo.  

2. Turli jinslar uchun: o’g’il bolalar, qiz bolalar, erkak va ayollar uchun.  

3. Mavsumiy o’yinlar: bahorgi, yozgi, kuzgi, kishki o’yin.  

4.  Turli  ko’rinishdagi  o’yinlar:  og’zaki  ijod,  qo’shiq  va  raqs,  o’yin  va  imo-

ishora ko’rinishlari

38

.  


Bu  kabi  tasniflar  qatorida  o’zbek  xalq  o’yinlarini  ijtimoiy-tarixiy  kelib 

chiqishiga  ko’ra  tasnifini,  G.  Qo’shoqova,  M.  Usmonova  ishlarida  ham  ko’rish 

mumkin:  

1. Mehnat o’yinlari. 

2. Milliy harakatli o’yinlar. 

3. Milliy sport o’yinlari. 

4. Sayohat. 

5. Musiqa va raqsli o’yinlar. 

6. Jonivorlar bilan o’tkaziladigan o’yinlar

39

.  



Bizningcha, o’zbek xalq o’yinlarini ijtimoiy-tarixiy kelib chiqishiga ko’ra, G. 

Qo’shoqova, M. Usmonovaning tasnifi ham mukammal tasnif emas.  

O’yinlarni  tematik  guruhlash  I.  Gute-Mutson,  D.  Kolotssa,  H.  Bessak,  G. 

Jonson  ishlarida  ham  qayd  etilgan.  XX  asr  boshlarida  xalq  o’yinlarini,  tematik 

guruhlash metodikasi ancha shakllandi. Uning amaliy va nazariy masalalari ishlab 

chiqildi.  Bu  sohada  ye.  Pokrovskiy,  N.  Ivanov  P.  Lesgaft,  V.  Gorinevskiy,  ye. 

Romanov  va  boshqa  olimlarning  tasnifi  alohida  ajralib  turadi.  Shuningdek,  V. 

                                                

38

 Карабаев У. Х. Традиционное народное творчество: проблемў возрождения и развития. – Т., 1991. – С. 90.  



39

  Қўшоқова  Г.,  Усмонова  М.  Тайёрлов  гуруҳ  болаларини  соғломлаштиришда  миллий  ўйинлардан 

фойDalaниш // Узлуксиз таълим. Илмий услубий журнал. – 2007. – №5. – Б. 24. 



 

19 


Marses,  M.  Karnilev-Rodin  va  Ye.  Rodin,  V.  Blinovich,  A.  Makarenko,  V. 

Yakovlevlarning tasnifi ham ma’lum. Sobiq Ittifoq xalqlarining o’yinlarini to’plab 

kitob  holida  chop  etgan  V.  Vsevolodskiy-Gerngross  ham  o’yinlarni  tematik 

guruhga  ajratgan.  Uning  tasnifi  bo’yicha  o’yinlar:  dramatik,  sport  va  ornamental 

singari uch katta tematik guruhga ajratiladi

40

.  



Turkman  xalq  o’yinlarini  to’plab,  qo’llanma  holida  chop  ettirgan  S.  L. 

Parolov,  A.  Djikiyev,  qirg’iz  xalq  o’yinlarini  to’plab  kitob  holida  chop  etgan  S. 

Toktorbayev,  A.  Kasen,  belorus  xalq  o’yinlarini  etnografik  aspektda  tadqiq  etgan 

Ya.  R.  Vilkin  ishlarida  ham  xalq  o’yinlari  ma’lum  belgilariga  ko’ra,  tematik 

guruhlarga  ajratilgan.  Masalan:  S.  Toktorbayev  qirg’iz  xalqining  222  ta  o’yin 

turiga ta’rif berib, ularning 9 tasi ot o’yinlari, 202 tasi turmush tarziga oid o’yin, 11 

tasini oshiq o’yinlariga ajratadi

41



  

O’zbek  xalq  harakatli  o’yinlarini  to’plab  kitob  holida  nashr  ettirishni  T. 

Usmonxo’jaev,  F.  Xo’jayev  (hammualliflikda),  A.  Umarov,  Z.  Umarova,  G’. 

Tojimirzayev  (hammualliflikda),  G’.  Jahongirov,  kabi  mualliflar  kitoblarida 

ko’rish mumkin.  

Filologiya  fanlari  nomzodi  ilmiy  darajasini  olish  uchun  taqdim  etilgan 

Eshpo’lat  Jabborovning  dissertatsiyasida  xalq  o’yinlarini  tematik  guruhlarga 

ajratishda  o’yinlarni  maqsadini,  o’ynalish  tartibini,  harakatlarning  sur’atini,  ishti-

rokchilarning  tarkibi,  joylashishi,  qoida-qonunlari  va  boshqa  jangovorlik,  psixik, 

etnografik, milliy, hududiy belgilari hamda turli-tuman jihatlari e’tiborga olindi

42

.  


G. Simakovning o’yinlar to’g’risidagi maqolasida esa xalq o’yinlarini tematik 

guruhga  ajratishda  quyidagi  belgilar  asosiy  o’rin  tutishi  uqtiriladi:  o’yinda 

qatnashuvchilar  soni,  o’yinlarning  yakka  tartibda  yoki  jamoa  bo’lib  o’ynalishi, 

o’yinlarning  etnik  belgilari,  o’zaro  o’xshashligi,  tarqalish  areallari,  sportga 

aloqadorligi kabi

43



Mahallaning  bola  o’yinlaridagi  ishtiroki  uning  bir  necha  yo’nalishda  ta’sir 

ko’rsatishi  bilan  ham  belgilanadi.  Jumladan,  bola  o’yinlarida  tengdosh  va 

                                                

40

 Жабборов Э. Ўзбек халқ ўйинлари лексикаси. Филология фан. номз. дисс... автореф. – Т., 1998. – Б. 12. 



41

 Касен А. И. Кыргизские игры и развлечения: Автореф. дисс...канд. ист. наук. – Бишкек, 2007. – С. 6.  

42

 Жабборов Э. Ўзбек халқ ўйинлари лексикаси…. – Б. 22. 



43

 Yuqoridagi asar…. – Б. 11. 




 

20 


tengqurlar  jamoasi  muhim  o’rin  tutadi.  Mahalla  esa  shu  jamoaning  yig’ilishiga 

katta  imkoniyat  yaratadi.  Chunki,  tengdoshlar  va  tengqurlar  jamoasi  aynan 

mahalladagi ko’chadosh yoki mahalladosh bolalardan yig’iladi.  

Ma’lumki, o’zbeklarda 12–14 yoshli bolalar o’smir deb, 15–17 yoshli bolalar 

bolalar o’spirin yigit deb atalgan. O’tish yoshidagi bu bolalarning o’z muammolari, 

o’ziga xos sirlari bo’lgan, albatta. Shuning uchun ham, ota-onasiga hamma sirlarini 

ayta  olmagan  o’smir  bolalar  uchun  tengdoshtengqurlari  ham  sirdosh  o’rtoq,  ham 

o’yin va boshqa tadbirlarda hamkor vazifasini o’tagan. Ko’plab pedagog, psixolog, 

sotsiologlarning  fikricha,  o’smirning  keyingi  dunyoqarashining  shakllanishida 

aynan shu tengdoshtengqurlar jamoasi ham katta ta’sir qilgan. 

Bolalarning  jamoaviy  o’yinlari  natijasida  ular  ichidan  faolroq,  tashabbuskor 

bolalar  boshqalardan  yetakchilar  sifatida  ajralib  chiqqanlar  va  qolgan  bolalarga 

boshchilik qilganlar. Bunday bolalar “katta”, “o’yinboshi”, “xalfa” deb atalgan. 

Keksa  ota-onalar  orasida  “O’g’il  bolani  ko’cha  tarbiyalaydi”  degan  naql 

yuradi

44

.  Ayniqsa,  o’smir  o’g’il  bolalar  tarbiyasida  “ko’cha”,  ya’ni  tengdosh  va 



tengqurlar jamoasining ta’siri kuchli bo’lgan. Ya’ni, o’g’il bolalar 6-7  yoshlardan 

boshlab,  o’z  tengdosh-tenqurlari  bilan  o’ynab,  kerakli  paytlarda  insoniy 

munosabatlar, atrof-muhit  va  boshqa shu  kabi  narsalar  haqida  ma’lumot olganlar. 

Bu  ma’lumotlarni  ularga  kattaroq  bolalar  yetkazgan.  Xuddi  shu  jamoada  ular 

o’zlarini “o’g’il bolacha” tutish sirlarini  ham o’rgana boshlaganlar

45

. Axborotchi-



larning fikricha, o’g’il bolani tarbiyalashda uni qattiq nazorat qilinsa, mustaqilligi 

yo’qoladi. O’g’il bolalarga atrofdagi tengqurlarning ta’siri kuchli bo’ladi. Shuning 

uchun  bola  birga  yuradigan  do’stlarini  va  tengdosh-tengqurlarni  nazorat  qilish 

kerak. Bo’sh qolmasligi  uchun biron  mashg’ulot topib berish shart. O’g’il bolalar 

tarbiyasida  mahallaning  ta’siri  juda  kuchli,  chunki  ular  ko’pincha  ko’chada 

yuradi


46

.  


“Men va men tengi o’g’il bolalarning asosiy vaqti ko’chada o’tardi. Ota-onaga 

bo’lgan munosabatni ham, do’stu-yorga bo’lgan munosabatni ham, va boshqa ko’p 

                                                

44

 Dala yozuvlari. Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani Birlashgan qishlog’i. 2017- yil. 



45

 Dala yozuvlari. Namangan viloyati Chortoq tumani Peshqo’rg’on qishlog’i. 2018- yil. 

46

 Dala yozuvlari. Farg’ona viloyati Uchko’prik tumani Poloxon qishlog’i. 2018- yil. 




 

21 


narsalarni  biz  o’zimizdan  kattaroq  bolalardan  o’rganar  edik.  Chunki  shunday 

holatlar  bo’ladiki,  ota-ona  bilan  bu  haqida  gaplashib  bo’lmaydi”-deydi  H. 

Abdullaev

47



O’tmishda  bolalar  jamoasi  asosan  o’yinlar  orqali  yig’ilgan  va  xalq  o’yinlari 

ularning  jismoniy-ruhiy  rivojlanishda  muhim  o’rin  tutgan.  Chunki,  har  qanday 

vaziyatga  nisbatan  o’yin  vaqtida  bolalarning  fe’l-atvorini  tezroq  bilib  olish, 

ularning  salbiy  va  ijobiy  sifatlarini  osonroq  aniqlash,  be’mani  qiliqlarini  bartaraf 

etishning  yaxshiroq  choralarini  qo’llash  mumkin,  deb  hisoblashgan.  Shuning 

uchun  o’sha  paytdayoq  bolalarning  yosh  xususiyatlarini  hisobga  olib,  ularga  mos 

o’yinlarni  tanlash  masalasi  qo’yilgan.  Bolani  o’zining  yoshiga  muvofiq  ishlar  va 

turli o’yinlar bilan mashg’ul qilish zarur, deb topilgan

48



Tadqiqotchilar  dastlab  bolalar  o’yinlariga  uncha  ahamiyat  berishmagan. 



Keyin  ma’lum  bo’ladiki,  o’yin,-deb  ataladigan  narsalarning  hammasi  ham  o’yin 

emas,  balki,  “bolalar  o’yinlarining  katta  qismi  kishilar  jiddiy  faoliyatiga  taqlid 

qilishdir”

49

.  Ayniqsa,  maktabgacha  yoshda  bo’lgan  bolalarning  hayotida  o’yinlar 



katta ahamiyatga ega. A. Makarenko bu haqida shunday yozgan edi: “Kattalarning 

faoliyatida  ish,  xizmat  qay  darajada  ahamiyatli  bo’lsa,  go’daklarning  faoliyatida 

o’yin ham xuddi shunday ahamiyatga ega”

50



Qirg’iz  xalqida  “bola  o’yindan  charchamaydi,  dangasa  uxlashdan”,  qozoq 

xalqida  esa  “onani  qalbi  bolada,  bolani  qalbi  o’yinda”,  o’zbeklarda  “insonni 

bilmoqchi  bo’lsang,  uni  axloqiga  qara,  bolani  bilmoqchi  bo’lsang,  o’yiniga  qara” 

kabi  xalq  maqollari

51

 bolalar  hayotida o’yinning ahamiyatliligini ko’rsatib  beradi. 



Demak,  o’yin  bola  hayotining  ajralmas  qismidir.  Lekin,  aniq  tartib  qoidalarga 

bo’ysundirilgan,  jismoniy  yoki  aqliy  rivojlanishga  xizmat  qiluvchi  o’yinlar  bilan 

shunchaki vaqt o’tkazib, “ko’cha changitish”ni bir-biridan farqlash lozim.  

                                                

47

 Dala yozuvlari. Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani O’zak qishlog’i. 2017- yil. 



48

 Йўлдошева Р. Ўзбек халқ ўйинларининг тарбиявий аҳамияти. – Тошкент: Ўқитувчи, 1992. – Б. 16. 

49

 Корчак Я. Болаларни қандай севмоқ керак. – Тошкент: Ўқитувчи, 1969. – Б. 49. 



50

 Макаренко А. С. Семья и воспитание детей. Т. 4. – М., 1957. – С. 373.  

51

 Измайлов А. Э. Этика и педагогика семейной жизни. – Ташкент: Ўқитувчи, 1986. – С. 73. 




 

22 


T. Qurbonov bunday o’yinlarni “bemaqsad o’yinlar” deb  nomlaydi  va ayrim 

bolalarning  “beparvolik  qilib,  o’yinqaroqlik  qilib  “bemaqsad  o’yinlar”ga  vaqtini 

sarf qilishlari” dan qattiq afsuslanadi

52



Psixolog  D.  B.  Elkonin  maktabgacha  yoshda  bo’lgan  bolalar  o’yinini  ikki 

davrga  bo’ladi

53

.  Birinchi  davr  –  3–5  yoshda  o’yinning  asosiy  mazmuni  predmet 



bilan  harakat  qilishdan  iborat  bo’ladi,  ikkinchi  davr  –  5–7  yoshda  esa  bolalar 

o’yinlar  orqali  kishilar  orasidagi  munosabatni  va  ular  faoliyatining  ijtimoiy 

mazmunini ko’rsatishga harakat qilishadi. 

Etnografik  tadqiqotlar  jarayonida  an’anaviy  bolalar  o’yinlaridan  qishloq 

joylarda bir muncha saqlanib qolgan “darra tushdi”, “chirkash”, “tiqmoq”, “bobo-

taka”, “g’irbaydi”, “chillik”

54

 kabi o’yinlar haqida ma’lumotlar olindi. XX asrning 



80–90- yillarida bolalar tomonidan eng ko’p o’ynaladigan o’yinlardan biri berkin-

machoq bo’lgan. U turli joylarda va vaqtlarda turli nomlanishlar bilan kelgan

55



“Biz  bolaligimizda  ko’chadagi  bolalar  bilan  “quvlashmachoq”,  “bo’yoq-



bo’yoq”,  “yashinmachoq”,  “to’p  otish”  kabi  o’yinlarni  ko’p  o’ynardik.  12–13 

yoshlargacha  qizlar  bilan  birga  o’ynardik.  Keyin  esa  ular  alohida,  biz  alohida 

o’ynaydigan  bo’ldik”-  deydi  o’z  bolaligini  eslaydi  birlashganlik  oqsoqol  X. 

Rasulov


56

Tadqiqotlar  shuni  ko’rsatdiki,  o’g’il  bolalar  va  qiz  bolalar  o’yini  bir-biridan 



farqlangan,  shu  bilan  birga  aralash  tipdagi  o’yinlar  ham  bo’lgan.  Qizlarga  xos 

o’yin turlariga “lappak”, “besh tosh”, “xola-xola” kabi o’yinlar kirsa, o’g’il bolalar 

“bobo taka”, “chillik”, “lanka tepish” kabi o’yinlarni o’ynaganlar. Demak, o’yinlar 

orqali ham sotsializatsiyaning gender xususiyati namoyon bo’lgan.  

                                                

52

 Қурбонов Т. Ота бўлиш осонми ёхуд ўғил болаларни оилавий ҳаётга тайёрлашнинг маънавий-педагогик 



асослари. – Тошкент: Маънавият, 2007. – Б. 5. 

53

 Эльконин Д. Б. Психология игры. – М., 1978. – С. 42. 



54

 Dala yozuvlari. Namangan viloyati Chortoq tumani Beshtol qishlog’i. 2018 yil. 

55

  Masalan,  “Yashin-topoloq”,  “Pakka”,  “Qora  ko‘rdim”  va  hokazo.  M.  Qoshg‘ariyning  shunga  o‘xshash 



“Qarag‘un” o‘yini haqida ma'lumot keltirishi mazkur o‘yinning ancha qadimiyligidan dalolat beradi. Bu o‘yinning 

o‘yin boshi saylash, yashirinish, yutqazgan bola sheriklarining qaerda ekanligini aniqlashi kabi jihatlari bilan ber-

kinmachoq o‘yini bilan deyarli bir hil. “Qora ko‘rdim” degan o‘yinda faqat kechasi o‘ynalishi va sheriklarni izlay-

digan bola bola  yashiringan o‘yinchini ko‘rganda “Qora ko‘rdim”- deb aytishi bilan berkinmachoqdan farqlanadi. 

Bu haqda qarang: Маҳмуд Қошғарий. Девону луғотит турк. 3-жилд. – Тошкент: Фан, 1963.– Б. 261.  

56

 Dala yozuvlari. Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani Birlashgan qishlog’i. 2017- yil. 




 

23 


XX asrning 70-80- yillaridan o’g’il va qiz bolalarning alohida o’yinlari bilan 

bir  qatorda  “quvlashmachoq”,  “yashinmachoq”,  “oq  terakmi,  ko’k  terak”  kabi 

aralash o’yinlar keng tarqala boshladi.  

 “Bolalar  o’yini  haqida  gapirsak,”–  deb  yozadi  I.S.Kon  –  “bir  tomondan 

o’yinlarda bolani jinsiy mehnat taqsimoti bo’yicha tayyorlashi lozim bo’lgan xalq 

mehnat faoliyati xarakteri va mazmuni yaqqol ko’rinib turadi, lekin, bu juda sodda 

va  yuzaki  tahlil.  Boshqa  tomondan  bolalar  o’yinlarida  go’dakning  aqliy  va 

jismoniy  o’sish  bosqichlariga  javob  beradigan  ba’zi  psixo-antro-pologik 

unversallik aks etgan. Shuningdek, o’yinlarda muayyan, aniq qadriyatlar yo’nalishi 

...  jamoa  xulq-atvori  ko’rinadi  va  shakllanadi”

57

.  XX  asrning  70–80-  yillarida 



qishloq  joylarda  yoki  shahar  mahallalarida  xalq  o’yinlarining  transformatsiya 

uchragan shakllari bo’lsa-da, ko’rish mumkin edi.  

Keyingi yillarda nafaqat shahar joylarda, balki, qishloq va mahal-lalarda ham 

bolalarning  ko’pchilik  bo’lib  o’yin  o’ynashlari  juda  kam  kuzatiladigan  hodisa 

bo’lib  qoldi.  Sababi,  aksariyat  bolalar  maktabdan  tashqari  vaqtlarini  televizor 

qarshisida o’tirib o’tkazadilar. 

 Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, birinchi tipdagi mahallalar ( an’anaviy qishloq 

va shahar mahallalari) da ulg’aygan o’g’il-qizlar bilan ikkinchi tipdagi mahallalar 

(ko’p  qavatli  uylar)  da  o’sgan  bolalarning  fe’l-atvorida,  dunyoqarashlarida, 

ma’naviy-axloqiy kayfiyatlarida, xatti-harakatlarida sezilarli darajada farq bor. 

Turli millat vakillari, qolaversa, turli joylardan kelgan oilalar, aralash-quralash 

yashaydigan  ko’pqavatli  uylardan  iborat  ikkinchi  tipga  mansub  mahallalarda 

jamoachilik  munosabatlari,  jamoaning  nazorati  juda  zaif  bo’ladi.  Bunday  holatda 

sotsializatsiya jarayoni turli yo’nalishda kechadi va tasodifiylikni inkor etmaydi. 

 

 


Download 350,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish