1.2. Bolalar o’yinlarining etnik xususiyatlari
Ma’lumki, istiqlol mafkurasining asoslari yaratish, avvalo, ta’lim-tarbiya
zamini bo’lgan oila va maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlanadi. Ularda
57
Кон И. С. Заключение / Этнография детства. Традиционные формы воспитания детей и подростков у
народов Передней и Южной Азии. – М.: Наука, 1983. – С. 189.
24
tarbiyalanayotgan va maktabda o’qiyotgan bolalar Vatan, jamiyat, xalq haqida
muayyan tasavvurga ega bo’lishlari, ularning qalbida Vatan tuyg’usi, ulug’
allomalar va ular qoldirgan ma’naviy meroslar bilan faxrlanish hissi shakllanishi
rivoj topishi kerak. Shu o’rinda aytib o’tish lozimki, maktabgacha ta’lim
muassasalarida yechimini kutayotgan muammolar anchagina. Ana shunday
muammolardan biri maktabgacha ta’lim tizimida milliy ruhning yetishmasligi,
aniqroq aytganda milliy o’yinchoqlarning yetishmasligi, milliy o’yinlar va shu
ruhdagi rasm ko’rgazmalardan yetarli darajada foydalanmaslikdir. Bundan
tashqari, kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, agar poytaxtdagi bir-ikkita namuna
tariqasidagi bog’chalarni nazarda tutmasa, aksariyat maktabgacha bo’lgan
muassasalardagi tartib, intizom, tarbiya usullari hali ham o’sha sovetlar davrdagi
holatda. P. Musayev xaqli ravishda ko’rsatib o’tganidek, garchi ta’lim-tarbiya
sohasida katta islohotlar amalga oshirilayotgan bo’lsa-da, “Ammo uzluksiz ta’lim
tizimida maktabgacha ta’lim pedagogikasi sho’rolar davrida tarkib topgan bog’cha,
yasli singari shakl-shamoyili bilan cheklanib qolmoqda”
58
.
Xalqimizning ajdodlaridan meros ma’naviy boyliklari, qadriyatlari orasida
bolalar o’yinlari o’ziga xosligi va bugungi zamonga mosligi bilan ajralib turadi.
Har qanday milliy o’yin zamonlar charxpalagida charxlanib, ma’lum bir tarixiy-
badiiy va transformatsion jarayonlarni bosib o’tadi. Har qanday o’yin ma’lum bir
muhitda, o’sha sharoitda o’zgaradi, yoki rivojlanadi, lekin, uning asl mazmuni
saqlanib qolaveradi. Turli etnoslarning bir xil mazmundagi o’yinlari turlicha
nomlanadi. Masalan; ruslarning ot ustida bajaradigan o’yinlari “Kozlodranie”,
qozoqlarda “Kokpar”, qirg’izlarda “Uloq taro’sh”, o’zbeklarda “Uloq”, tojiklarda
esa “Bo’zkashi” deb ataladi
59
.
O’zbekiston xilma-xil xalq o’yinlariga boy o’lka hisoblanadi (arg’imchoq,
bekinmachoq, “Oq terakmi, ko’k terak?..”, tortishmachoq, chillak, podachi, “Bo’ri
keldi”, “Xo’roz va tovuq», “Oqsoq bo’ri va qo’ylar”, olomon poyga, bo’ron, qirq
tosh, cho’nqa shuvoq, otib qochar, soqqa, bir tayoq, yelkada kurash, mindi va h.
58
Мусаев М. Таълим сарҳадлари. 1-китоб. – Тошкент, 2007. – Б. 267.
59
Игры народов СССР / Сост. Былеева Л. В, Григорьев В. М. – М.: Физкультура и спорт, 1985. – С. 7.
25
k.). Bu o’yinlar odamlar salomatligini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan birga
sport turlari paydo bo’lishiga zamin yaratgan (masalan, podachi o’yinidan
chavgon, keyin xokkey, qabaq o’yinidan merganlik, keyin kamondan otish kabi
sport turlari paydo bo’lgan va h. k.). Lekin, XX asrning ikkinchi yarmida
zamonaviy sport turlarini rivojlantirish bahonasida o’zbek xalq o’yinlariga
nopisandlik bilan qaraldi, katta to’ylarda o’tkazib kelingan kurash, uloq-ko’pkari
musobaqalari taqiqlab qo’yilgan edi
60
.
“Mehnat o’yinlari” – yaxshi kayfiyat, ya’ni keng ma’noda aytilganda, bayram
holatini vujudga keltiradi. Ma’lumki, dehqonlarning hayotida eng quvonchli
voqyea – bu hosilni yig’ish va yangi noz-ne’matlarni tatib ko’rish jarayonidir.
Odamning “birinchi kasbi”, ya’ni ovchilik asosida “ovchilik o’yinlari” vujudga
kelgan bo’lsa, uning dehqonchilikka o’tishi munosabati bilan mehnat o’yinlari
shakllanib, yangi mehnat bayramlari uchun zamin yaratgan. Shunday qilib, mehnat
– bayramlarning bosh manbai, “yashash uchun kurash” – mehnatning natijasi
shaklida vujudga kela boshlagan.
Hozirda O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim muassasalaridagi
o’yinlarni uchta asosiy guruhga ajratish mumkin. Ular:
1. Didaktik o’yin maqsadi – bolalar fikr dunyosini kengaytirish, bilish faoli-
yatini yanada kengaytirish, bilimlarini amaliyotda qo’llashga ko’nikma hosil qilish.
2. Tarbiyaviy o’yinning maqsadi – bolalarda mustaqillik va irodani tarbiya-
lash, axloqiy-estetik sifatlarni shakllantirish, ularni hamkorlikda o’ynashga o’rga-
tish.
3. Rivojlantiruvchi o’yinlar maqsadi – diqqat, xotira, nutq, tafakkurni
rivojlantirish, taqqoslashga o’rgatish, o’quv jarayonlariga bo’lgan qiziqishni
takomillashtirish
61
.
Didaktik o’yinlarning xususiyati shundaki, u bolalarning faolligi, tashabbus-
korligini oshiradi, ularni mustaqillikka, o’z kuchiga ishonishga o’rgatadi. Shuning-
dek, o’yinda bolaning iroda va xarakteri shakllana boradi. Bola rostgo’ylik,
60
Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. – Т.: ЎзМЭ, 2003. Т. 12. – Б. 364.
61
Тошпўлатова Ш. Ўйин технологияси хусусида. // Мактабгача таълим. – 2005. – № 4. – Б. 15.
26
to’g’rilikka o’rganadi. Jamoa bo’lib ishlashga, harakat qilishga odatlanadi.
Shunday qilib, didaktik o’yinning ham aqliy, ham axloqiy tarbiyadagi tutgan o’rni
benihoyadir
62
.
Jismoniy tarbiya kishilik jamiyati tarixining barcha bosqichlarida madaniyat-
ning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib kelgan. Turkiston xalqlari qadimdan
jismoniy tarbiyani ma’naviy va jismoniy barkamollik mezoni sifatida qadrlaganlar.
Bu masalaga Ota Makonimizda Ikkinchi Renessans (Uyg’onish) zamonida (XIV–
XV asrlar) bugun boshlangan Uchinchi Renessans davridagidek alohida e’tibor
qaratilgan. Bolalarni harb ilmiga o’rgatish uchun ham maxsus ustozlar yollangan.
Shahzodalar avval ot minish, so’ngra nayza otish san’atini o’rganganlar. Buning
uchun daraxt shoxiga halqa osib qo’yib, undan nayza otib o’tkazilgan. Ot ustida
chavgon, ya’ni chim ustida xokkey o’yiniga alohida e’tibor berilgan. Shuningdek,
qilichbozlik, poyga, ko’pkari singari o’yinlar ham harb ilmi doirasiga kirgan.
Shahzodalar 12 yoshgacha bu ilmlarni o’rganib bo’lishlari lozim edi...
63
.
Sog’lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini
qurish deganidir. XX asr ibtidosida yurtni ozod ko’rish orzusida bo’lgan jadidlar
ulug’ vakili Abdulla Avloniy shunday yozgan edi: “Badan tarbiyasining fikr
tarbiyasiga ham yordami bordur. Jism ila ruh ikkisi bir choponning o’ng ila tersi
kabidir. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa,
choponni ustini qo’yib astarini yuvub ovora bo’lmoq kabidurki, har bir vaqt kiri
ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun mahkam va sog’lom bir vujud kerakdur...”
64
.
“…Albatta, bu hayoti – dunyo faqat (bir nafaslik) o’yin-kulgidir”, deya
buyurilganidek, o’yin o’ynamoq va umrni behudaga o’tkazmoqdan iboratdir. Inson
voyaga yetib, aql farosatli bo’lgach, vaqtini o’yinga sarflamaydi yoki ba’zan
o’ynasa ham, buni yashirishga tirishadi”
65
.
“Harakatli o’yinlarda harakatning barcha turlari ko’zga yaqqol tashlanadi.
Bular yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, to’siqlardan oshib o’tish, qarshilik
ko’rsatish va boshqalar. To’g’ri o’tkazilgan o’yinlar intizomni, sezgirlikni,
62
Даминова М., Адамбекова Т. Ўйин машғулотлари. – Т.: Ўқитувчи, 1993. – Б. 24.
63
Исҳоқов Б. Р. Миллий тарбия сарчашмалари. // Болалар дунёси. – 2005. – №20. – Б. 3.
64
Ўзбек педагогикаси онтологияси. – Т.: Ўқитувчи, 1999. 2-жилд. – Б. 45.
65
Жалолиддин Румий. Ичиндаги ичиндадур: Фалсафий -маърифий асар. – Т.: Меҳнат, 2001. – Б. 102.
27
chaqqonlikni, tezkor kuchni, chidamlilikni rivojlantirishga, o’yinlarni jamoa bo’lib
o’ynash esa do’stlik va o’rtoqlikni tarbiyalashga yordam beradi”
66
. Shuning uchun
ham “Qal’a himoyasi”, “Joyni o’zgartirish”, “Tosh ko’tarish”, “Ilon izi bo’ylab
yurish”, “Qopqon”, “Kim mergan”, “Oq terakmi, ko’k terak?...”, “To’p tashlash”,
“Nishonga aniq ur”, “To’siqlardan oshib o’tish estafetasi”, “To’p o’rtadagi
o’yinchiga”, “Buyum ko’tarib yugurish estafetasi”, “Ahil uchlik”, “Chambarakni
ushla”, “Tunnel”, “Arg’amchini oyoq ostidan olib o’t”, “Yo’llardan sakrab o’tish”,
“Kim kuchli?” kabi harakatli o’yinlari reja asosida bajarilmoqda. Hozirda unutilib
ketgan 300ga yaqin milliy sport turlari, o’yinlar o’rganib chiqildi. Ularning ancha
qismi bo’yicha o’yin qoidalari va musobaqalar o’tkazish nizomlari tayyorlandi.
67
.
O’zbek onalari bolalarini beshikka solganda ham, beshikdan yechib olishda
ham, doimo olqishdan tolmaganlar. Bu fikrimiz isbotini ayollar tomonidan aytilgan
alla, erkalama, ovutmachoqlar misolida ham ko’rish mumkin. “Erkalamalar bolalar
folklorining mustaqil janri sifatida g’oyat keng tarqalgan va qadimiydir”
68
. “1–2
yoshli bolalar bilan o’ynaladigan o’yin turlariga: “Barmoqqa barmoq”, “G’oz-
g’oz”, “G’oz tursin”, “Bo’p-bo’p”, “Toy-toy”, “Poezd”, “Achom-achom” bo’lib bu
o’yinlar, go’dak endi bir-ikki qadam tashlashni o’rganayotgan vaqtda gavdasini
to’g’ri tutishga yordam beradigan o’yinlar hisoblanadi. Bolaning tili chiqib, 5–10
ta so’zni ayta boshlagan davrda, yuzini ikki qo’li bilan to’sib, aji-aji deya
boshlaydi”.
Taniqli olim M. Quronov o’zining “Milliy tarbiya” monografiyasida
“o’ynamoq” so’zini shunday tavsiflaydi: “O’ynamoq bola bilan unda ijobiy
sifatlarni rivojlantirish, salbiy sifatlarni yo’qotish maqsadiga yo’naltirilgan ma’lum
qoida va usullar bilan ijro etiladigan o’yinlarni birga o’ynash”
69
.O’yinchoqning
bolalarga qanchalik ta’sir ko’rsatishi va bolalarning o’yinga bo’lgan munosabati
kattalarning ularga qanchalik tarbiya bera olishiga va jamiyatda tarbiya topishiga
bog’liq. Bolalarni har tomonlama kamol toptirish uchun o’yinchoqlarni ularning
66
Маҳкамжонов К., Хўжаев Ф. Жисмоний тарбия: 4-синф ўқувчилари учун ўқув қўлланма. – Т.: Ўқитувчи,
2007. – Б. 120.
67
Насриддинов Ф. Камолот ва маънавият сабоқлари. – Т., 1998. – Б. 208.
68
Сафаров О. Болаларни эркаловчи ўзбек халқ қўшиқлари. – Т.: Фан, 1983. – Б. 50.
69
Қуронов М. Миллий тарбия. – Т.: Маънавият, 2007. – Б. 117.
28
faoliyatiga, ruhiy va jismoniy rivojlanishiga, qobiliyati, ko’nikmalarining shaklla-
nishiga mos keladigan qilib tanlash lozim
70
. “Teatr, aslida qo’g’irchoq o’yinidan
boshlangan. Stanislavskiyning ulug’ligi shundaki, u insonning rejissyor bo’lib
tug’ilishini birinchi aytgan. Bola go’daklik chog’idayoq qo’g’irchoq o’ynaydi –
“rejissyorlik qiladi”
71
. Barkamol insonni tarbiyalash umr bahori atalmish kichik
yoshdan boshlanadi. Bolaning tanasi ham, boshi ham kichiklikda tez rivojlanib
kattalashadi. Tez o’sayotgan tana uchun o’sish tezligiga mos keladigan miqdor va
mazmunda aqliy, jismoniy xarakat ta’minlanmog’i darkor. “Bolalar hayotining
ko’pgina tadqiqotchilari kamolotning bu muhim davrida (5–6 yosh) o’z qadrini
oshirish va shaxsini sevish, ya’ni ularda bolalik egaizmi ko’proq mavjud bo’lishini
ta’kidlaydilar”
72
.
Odatda, jamoa bo’lib tashkil etilgan o’yinlarda, uning barcha a’zolari
o’rtasida o’zaro ijtimoiy hamkorlik munosabatlari o’rnatiladi. Demak, o’zbek xalq
o’yinlari yordamida, yuqorida nomi qayd etilgan illatlarga qarshi kurasha olishimiz
mumkin ekan. Bu esa bolalarni o’zgalar fikrini hurmat qilishga hamda o’zining
mustaqil fikriga ega bo’lishga o’rgatadi.
Milliy bolalar o’yinlari yosh avlodning jismonan va ma’nan sog’lom o’sishi
uchun xizmat qiladi va natijada kelajak avlod uchun zamin hozirlanadi. Bolalar
o’yinlari umumiylik bilan birga lokal o’ziga xoslikka ham ega. Shu sababdan ham,
o’yinlarning tarixiy ildizlarini o’rganish, xalqimiz o’tmishi, turmush tarzini xolis,
ilmiy tahlil qilishga imkon beradi. Tadqiq etishga muhtoj bu masala esa,
etnologiya fanining dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
Ma’lumki, sovet tuzimi davrida milliy o’yinchoqlarni ishlab chiqish e’tibor-
dan chetda qoldi va baynalminallik niqobi ostida o’yinchoqlar orqali ham rus
madaniyati targ’ib qilindi. Jumladan, qo’g’irchoqlarning aksariyati rus qizchasi
“Masha” yoki “Katya” obrazida edi.
Mustaqillikka erishgach, milliy hunarmandchilik va xalq amaliy san’atini
tiklash negizida milliy o’yinchoqlarni va qo’g’irchoqlarni tiklashga ham e’tibor
70
Саломатлик: оммабоп медицина энциклопедияси. – Т.: Ўзбек Совет Энциклопедияси, 1985. – Б. 494.
71
Йўлдошев Б. Санъат фалсафаси рукни “Дунё шунчалар гўзал...”. // Тафаккур. – 1995. – №1. – Б. 62.
72
Назаров Қ. Н. Аксиология: қадриятлар фалсафаси. – Т.: Маънавият, 1998. – Б. 67.
29
qaratilmoqda. Bu haqda Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning “Yuksak
ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida shunday yozadi: “Yoshlarning ma’naviy
olamini bolalikdan boshlab ezgu g’oyalar asosida shakllantirish va kamol toptirish
haqida gap borar ekan, yana bir bor muhim masala xususida to’xtalib o’tish o’rinli,
deb o’ylayman. U ham bo’lsa, dunyoga hayrat ko’zi bilan boqib, undan o’zicha
ma’no topishga intiladigan murg’ak farzandlarimizning qiziqishi va hissiyotlariga
mos qo’g’irchoq va o’yinchoqlar ishlab chiqarish masalasidir”
73
.
Darhaqiqat, so’nggi yillarda xorijdan keltirilayotgan ayrim o’yinchoq va
qo’g’irchoqlarning o’zbek xalqi mentalitetiga yotligi va bola ruxiyati hamda
tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi xususida ko’p fikrlar bildirilmoqda. Binobarin,
maktabgacha ta’limni yangi sifatli o’yinchoq va rivojlantiruvchi o’yin materiallari
bilan boyitish, milliy qadriyatlar qatoriga kiritilgan milliy o’yinchoqlarni izlab
topish va kelajak avlod uchun asl holatida yetkazish, ular zamirida bolaning ta’lim-
tarbiyasiga oid zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yaratish bugungi kunning
dolzarb masalalaridan biridir. Shuning uchun “Barkamol avlod yili” Davlat
dasturida ham mantiqiy fikrlashni va intellektual qobiliyatlarni rivojlantiradigan
o’yinlar komplektlari masalasiga e’tibor qaratilgan. Bugungi kunda bolalar
o’yinchoqlarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish sohasida muayan ishlar ham
amalga oshirilmoqda.
Ko’plab mutaxassislarning xulosalariga ko’ra, televidenie bolalarning
jismoniy va aqliy rivojida birmuncha xatarli ta’sir ko’rsatadi. Jumladan, televidene
bolalarda muayyan olam haqidagi tasavvurlarning kamayishiga, olib kelishi,
o’qish, o’yin faoliyatlariga jiddiy to’siq bo’lishi mumkin. Ulardagi fantaziya,
ijtimoiylashuv nutqining rivojlanishi, muloqotlarning shakllanishi ana shu faoliyat-
larda ro’y beradi. Bolalar qanchalik teleko’rsatuvlarni ko’p ko’rsa, ularda shuncha-
lik diqqat ko’lamining kamligiga va uni turg’unligini yetishmasligiga olib keladi.
Keyingi yillarda bolalar orasida video o’yinlar, ayniqsa, ommalashib
bormoqda. Ko’p psixologlarning fikricha, bolalarning video o’yinlardagi zo’r-
avonliklarni bevosita boshqarishi, ularni tomosha qilishdan ko’ra zararliroqdir.
73
Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Тошкент: Маънавият, 2008. – Б. 156–157.
30
Jumladan, psixiatr Kerol Liberman video o’yinlarini “yangi giyohvand modda”–
deb hisoblaydi. “Menimcha, bu televidenening zo’ravonlik ko’rsatuvlaridan ham
dahshatliroqdir, chunki, o’yindagi odamni o’ldirgani uchun mukofot olishadi”.
Shuning uchun amerikaliklar kompyuter chiplaridan foydalanib, nomaqbul
narsalarni ekranlarga chiqishiga to’sqinlik qilishmoqda. Bu V chip deb nomlanib,
telekommunikatsiyalar to’g’risidagi qonunga kiritilgan
74
.
Etnografik ma’lumotlar yig’ish jarayonida ko’p ota-onalarning video
o’yinlardan norozi bo’layotganliklari ayon bo’ldi. Jumladan, Qo’qon shahri
Urganjibog’ mahallasida yashovchi M. Rajapovaning aytishicha, “kompyuter
o’yinlari bolalar tarbiyasini izdan chiqarmoqda. Mahallada hatto shunday holatlar
ham bo’ldiki, ayrim bolalar uylaridan pul o’g’irlab bo’lsa ham kompyuter
o’ynaydigan bo’ldi”
75
.
Psixoanalitik pedagogika bolalarga oynai jahon orqali tajovuzkorlik ruhini
singdirayotgan, urush, zulm, odamxo’rlik, ayollarning erkaklarga qarshi janglari,
shahvoniylik va tajovuz tantanasini targ’ib qiluvchi kino, tele, videofilmlar ta’sirini
o’rganib hulosa qilmoqdalar.
Xulosa sifatida shuni qayd etish mumkinki, milliy bolalar o’yinlari yillar
o’tgan sari transformatsiyaga uchramoqda. Televidene, videofilm va sur’atlar
orqali zulm va zo’ravonlikni, behayolikni ifodalovchi harakatlar, tasvirlarni ko’rish
o’zbek o’g’il-qizlarida hayo, ibo, mehr-shavqatlilik kabi fazilatlarini shakllanishida
to’siq bo’lishi aniq. Mutaxassislar ham, teleekranlarda ko’rsatilayotgan ba’zi
hayosiz fil’mlar, bozorlarda sotilayotgan pornografik sur’atlar yoshlar ma’naviya-
tiga salbiy ta’sir etadi, deb fikr bildiradilar
76
.
74
Хиллари Родэм Клинтон. Бир болага етти маҳалла ота-она ва болалар бизга бераётган бошқа сабоқлар. –
Тошкент: Ўзбекистон, 1997. – Б. 307.
75
Dala yozuvlari. Farg’ona viloyati Qo’qon shahri. 2018- yil.
76
Ғуломова Д. Маънавий баркамол инсонни шакллантириш – ислоҳотларнинг устувор йўналиши / Давлат,
жамият, оила ва ёшлар тарбияси муаммолари. – Тошкент: Ўзбекистон, 1997. – Б. 48.
31
Do'stlaringiz bilan baham: |