55
II.3. Abdurauf Fitrat ijodiga xorijlik olimlarning qarashlari
(Amerikalik olim Yedvard Ollvort va Yapon olimi Xisao Ko‘matsu
tadqiqotlari xususida)
Sobiq sho‘rolar davrida "falsifikator" nomi bilan yuritilib, xorijiy matbuotda
paydo bo‘lgan xar bir maqolaga qarshi uyushtirilgan "chiqish"larning
qahramoni
(ehtimol, shuning uchunmi) mashhur amerikalik turkshunos olim Edvard Ollvort
asarlaridan deyarli bexabarmiz. Istiqlol sharofati tufayli o‘zbek adabiyotshunoslari
amerikalik olimning ayrim asarlari bilan tanishib,
bu asarlarga millatimizga
bo‘lgan chuqur hurmat singgani va adabiyotimizning jaxon miqyosida bar
qaror
bo‘lishida xizmati borligini angladik. Xorijda chuqur va ko‘lamli o‘zbekshunos
sifatida tanilgan Kolumbiya universitetining professori Edvard Ollvortning
yigirmaga yaqin tadqiqotlarida Abdurauf Fitrat olim va adib sifatida tilga olinadi.
Olimning "O‘zbek adabiy siyosati" (Gaaga, 1964), "Markaziy
Osiyoda nashr
ishlari va millatchilikning o‘sishi" (Nyu-York, 1965), "CHor Markaziy Osiyosida
"millat" g‘oyasi" (Nyu-York, 1968), "Sovet millatchiligining muammolari" (Nyu-
York, 1971), "Sovet Markaziy Osiyosida milliy masala" (Nyu-York, 1973), "Sovet
Markaziy Osiyosida etnik guruhlanishning nihoyasi" (Vashington, 1982),
"Buxorolik Abdurauf Fitratning argumentlari" kabi kitoblari va "Turkistonda
milliy guruxlanishni qidirib" (1917, mart — 1922, sentyabr), "Bilim o‘chog‘i:
Turkiston muxtor jumxuriyatida chikadigan vaqtli nashr
39
"
kabi maqolalari
qatag‘on tufayli yetarli o‘rganilmay kelgan ayrim mumtoz adabiyot namoyandalari
va jadidchilik mavzusi bilan bog‘liq. E. Ollvort 1990 yili "Zamonaviy o‘zbeklar:
XIV asrdan hozirgacha madaniy tarix" kitobini nashr ettirdi. Ushbu kitob milliy
istiqlolga yuz tutgan o‘zbek xalqiga qiziqish ortgan ushbu kunlarda xorijiy
mutaxassislar tomonidan adabiy-ilmiy qullanma sifatida foydalanilmokda.
Amerikalik olim E.Olvort ko‘p yillardan
beri Fitrat biografiyasi, ijodiy
faoliyati, O‘rta Osiyo, xususan Turkistonda istiqlol, ozodlik g‘oyalarining qaror
topishi, shakllanishidagi o‘rni masalalarida keng qamrovli tadqiqotlar olib
39
Edward Allworth. Modern Uzbeks. From the fourteenth century to the present / A Cultural history.- Californiya:
Hoover Institution Press Stanford University, 1190 , Edward Allworth. “Uzbek litrary politics” London-Paris. 1964
56
bormoqda. Uning Berlinda nashr etilgan “Fitratning ilk ijodi va faoliyati; buxorolik
jadidchi: Fitrat asarlari tahlili va tartibi” nomli kitobi mana shunday tadqiqotlar
qatoriga kiradi.
Xorijlik o‘zbekshunos mazkur tadqiqotida H.
Boltaboev, I. G‘aniev, N.
Yo‘ldoshev, va turk olimi Yusuf Avjilar tayyorlagan Fitrat asarlari
bibliografiyasiga qo‘shimchalar kiritib, o‘zbek – xorij olimlari tadqiqotlaridagi
Fitratning nafaqat yo‘qolgan balki nashr etilgan asarlari
nashrlari xronologiyasi
bilan bog‘liq chalkashliklarga aniqlik kiritgan va ilk marotaba Fitrat asarlari
alfavitli bibliografiyasining to‘liq shaklini taqdim etgan. O‘zbek va turk olimlari
tayyorlagan bibliografiya dastlabki
manbalar qatoriga kirsa-da, ularni yagona
manba sifatida qabul qilib bo‘lmasligini E. Olvort quyidagicha izohlaydi:
“Tarixiy hujjatlar va birlamchi manbalar A. Fitratning o‘smirlik yillari va siyosiy –
ijtimoiy faoliyati haqida ma’lum darajada ma’lumot bersalar-da,
lekin u haqida
to‘liq tasavvurga ega bo‘lish uchun yetarli emas”.
Jadid adabiyoti va uning madaniy tarixdagi o‘rnini aniqlash tadqiqotchining
doimiy tahlil markazida turgan mavzulardan. Muallif Fitratni "Bexbudiyning
shogirdi" (jadidchilikdagi) sifatida tanishtirar ekan, uning Istanbulda nashr etilgan
va xorijda mashhur asari "Munozara"ga e’tibor qaratadi:
Do'stlaringiz bilan baham: