Tanlash va hisobga olish tizimi uchun besh modda
har bir kishiga turli yo’l bilan foydalanish mumkin bo’lgan 5 modda ajratiladi, lekin talabalar 5 moddani o’zlarining shaxsiy g’oyalariga bog’lashlari mumkin emas, 5 moddaning barchasini ixtiyoriy bir taxminga berishi yoki boshqa taxminlarga 3 va 2 nisbatda taqsimlashi mumkin. Agar talabalar istasalar har bir g’oyaga alohida modda ajratishlari mumkin. Ular besh moddaning barchasidan foydalanishlari zarur.
moddalar yig’iladi va ko’p son to’plagan aniq g’oya g’olib chiqadi.
munozarali holatlarni ovoz berish yo’li bilan hal etish mumkin.
har bir ishtirokchi tomonidan sahifaga ishlab chiqilgan va qayd etilgan muhim fikrlar yig’iladi, endi guruh sahifasi shaklida qaytadan ta’riflanadi. Buning eng oson yo’li guruhchalarda ishtirokchilarning barcha g’oyalari qayd etilgan uzun sahifa tayyorlashdir, g’oya takrorlansa uning yoniga belgi qo’yish zarur.
e’tibor bersangiz, dastlab, barcha 10 g’oyadan eng yuqori to’plangan ballga ko’zingiz tushadi, shundan so’ng pashayish tartibida qolgan umumiy ballar o’rin oladi.
agar siz 10 g’oyadan iborat sahifani yakunlay olmasangiz, 5 moddadan iborat hisoblash tizimidan foydalanishingiz mumkin.
“Skarabey” texnologiyasi
“Skarabey” interaktiv texnologiya bo’lib, u talabalarda fikriy bog’liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o’z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya talabalarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o’rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U ayni paytda, turli g’oyalarni ifodalsh hamda ular orasidagi bog’liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi.
“Skarabey” texnologiyasi har tomonlama bo’lib, undan o’quv jarayonining turli bosqichlarida foydalanish mumkin:
boshida – o’quv faoliyatini rag’batlantirish sifatida (aqliy hujum)
mavzuni o’rganish jarayonida – uning mohiyati va mazmunini belgilash, ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar harakterini aniqlash, mavzuni yanada chuqurroq o’rganish, yangi jihatlarini ko’rsatish
oxirida – olingan bilimlarni mustahkamlasj va yakunlash maqsadida
“Skarabey” texnologiyasi talabalar tomonidan ososn qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish hususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U talabalar tajribasidan foydalanishni ko’zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o’tkazish imkoniyatlariga ega.
“Veer” texnologiyasi
Bu texnologiya murakkab, ko’ptarmoqli, mumkin qadar muammo harakteridagi mavzularni o’rganishga qaratilgan.
Texnologiyaning mohiyati shudan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha biryo’la axborot beriladi. Ayni paytda ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzalligi va kamchiliklari, foydali yoki zararli tomonlari belgilanadi.
Bu interaktiv texnologiya tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o’z g’oyalari, fikrlarini yozma va og’zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
“Veer” texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muhokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qatnashuvchining, guruhning faol ishlashiga qaratilgan.
“Veer” texnologiyasi dars jarayonining turli bosqichlarida qo’llanilishi mumkin:
boshida – talabaraning o’z bilimlarini erkin faollashtirishlari uchun;
mavzuni o’rganish jarayonida: uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab etish uchun;
yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish uchun;
Do'stlaringiz bilan baham: |