Ishqalanish qarshiligi.
Ishqalanish qarshiligi deb suzuvchi gavdasi tashqi yuzasining suv
bilan o'zaro ta'siriga aytiladi. Bu suvning qanchalik qovushqoqligiga bog'liq. Ishqalanish tashqi
va ichki ishqalanishlarga tafovut qilinadi. Tashqi ishqalanish bu gavda yuzasining unga tegib
turgan suv qatlami o'rtasidagi ishqalanishdir. Ishqalanish kuchi odatda gavda tekis silliq
bo'lmaganda, suzish liboslari dag'al matolardan tikilgan bo'lganda oshadi. Hatto gavda tuklari
ham ishqalanish kuchini oshiradiki, buni yaxshi bilgan tajribali sportchilar musobaqalar oldidan
qo'l-oyoqlaridagi tuklarini qirib tashlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |