Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/359
Sana10.02.2022
Hajmi2,82 Mb.
#440838
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   359
Bog'liq
falsafa

Falsafiy bilim
. Falsafa san‘at va din kabi, bilish vazifalarini echish bilangina 
kifoyalanmaydi. Uning bosh vazifasi san‘at va din bilan uyg‗un holda– insonning dunyoda 
ma‘naviy mo‗ljal olishiga ko‗maklashishdan iborat. Falsafiy bilish ayni shu maqsadga 
bo‗ysundirilgan. Falsafa umuman dunyo, uning «birinchi» asoslari, hodisalarning universal 
o‗zaro aloqasi, borliqning umumiy xossalari va qonunlari haqida umumiy tasavvurni 
shakllantiradi. Falsafa dunyoni insonga bog‗lab o‗rganadi. Me‘yorlar va ideallar, ilmiy bilimlar 
va san‘at yutuqlari, insonning tashvishlari, ehtiyojlari, hayot mazmunini anglash yo‗lidagi 
izlanishlari faylasufning dunyoqarashini, falsafiy mushohada yuritish shaklini belgilaydi. Falsafa 
jamiyat ongi, jamiyat madaniyatining nazariy ifodasi sifatida amal qiladi. U tafakkur tarzi, 
qadriyatlar, ideallar, falsafiy muammolar va ularni ko‗rib chiqish xususiyatini belgilaydigan 
madaniyat bilan uzviy bog‗liqdir. Falsafa umuman dunyoga va madaniyat sub‘ekti sifatidagi 
insonga murojaat etadi. Falsafiy bilim donishmandlik sifatida tavsiflanadi. Donishmandlik – 
dunyoni va insonning undagi o‗rnini yaxlit tushunish andozasi. Falsafa barcha odamlar uchun 
muhim bo‗lgan haqiqatlarning tagiga etish uchun (ilmiy va noilmiy) bilimdan foydalanadi. Kant 
falsafa inson aqlining boshqa bilimlarga oliy qadriyat tusini beruvchi eng so‗nggi maqsadlarini 


79 
anglab etishni tushunishga, bu bilimlarning inson uchun ahamiyatini aniqlashga yordam beradi 
deb hisoblagan. Falsafa inson faoliyatini yo‗lga soluvchi tamoyillar, yondashuvlar, qadriyatlar va 
ideallar tizimini, uning dunyoga va o‗z-o‗ziga munosabatini belgilaydi. Dunyoning inson bilan 
mushtarak holdagi obrazini yaratib, falsafa muqarrar tarzda qadriyatlar dunyosiga murojaat etadi. 
Etika, estetika, aksiologiya – falsafiy bilimning qadriyatlar dunyosini o‗rganuvchi maxsus 
sohalardir. Falsafa san‘atda o‗zining yorqin va ishonarli ifodasini topishi bejiz emas. Ko‗pgina 
faylasuflar uning metaforalarga boy obrazli tilidan o‗z g‗oyalarini ifodalash uchun foydalanadi.
Din kabi, falsafiy bilimning ham bosh maqsadi – insonni kundalik tashvishlar sohasidan 
olib chiqish, unda yuksak ideallarga qiziqish uyg‗otish, uning hayotiga chin mazmun baxsh etish, 
eng zamonaviy qadriyatlar sari yo‗l ochishdir. Biroq din – ommaviy ong bo‗lsa, falsafa – nafaqat 
iste‘dod, balki kasbiy bilim va ko‗nikmalarni ham talab qiluvchi elitar ongdir.
Falsafiy bilimda ikki asos – ilmiy-texnikaviy va nazariy-ma‘naviy asoslarning 
uyg‗unlashishi uning ongning betakror shakli sifatidagi o‗ziga xos xususiyatini belgilaydi. Bu 
falsafa tarixida – tarixan vaqtda bir-biri bilan tasodifiy emas, balki muqarrar tarzda bog‗langan 
falsafiy ta‘limotlarning g‗oyaviy mazmunini meros qilib olish, rivojlantirish jarayonida ayniqsa 
bo‗rtib ko‗rinadi. Bu ta‘limotlarning barchasi – yaxlit bir butunning qismlari, xolos. 
Oqilonalikning boshqa sohalarida (masalan, fanda)gi kabi, falsafada ham yangi bilim o‗zining 
avvalgi darajasidan voz kechmaydi, balki uni o‗zining ayrim ko‗rinishi sifatida o‗z tarkibida 
qoldiradi. Gegel tafakkur tarixida biz taraqqiyotni, mavhum (nomukammal, biryoqlama) 
bilimdan yanada aniqroq (mukammal, serqirra) bilim sari muttasil yuksalishini kuzatamiz, deb 
ta‘kidlagan edi. Falsafiy ta‘limotlarning ketma-ketligi ham g‗oya mantiqiy ta‘riflarining ketma-
ketligi bilan asosan bir xil, ya‘ni bilish tarixi anglab etilayotgan predmetning ob‘ektiv mantig‗iga 
mos keladi.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish