32
SHunday qilib, o‗tgan zamondagi borliq yo‗qlikdir, deb aytish mumkin.
Borliq doim
hozirgi zamonda mavjud bo‗ladi, u faqat hozirgi zamonda o‗zini namoyon etadi, basharti u
dolzarb va amalda namoyon bo‗lish imkoniyatiga ega bo‗lsa, agar u potensial, ya‘ni
axborot
manbalarida mavjud yoki uning paydo bo‗lishi ob‘ektiv rivojlanish mantig‗i bilan belgilangan
bo‗lsa. Amalda yo‗q bo‗lgan narsa haqida ideal obraz sifatida fikrlash mumkin. Boshqacha
aytganda, unga ideal obraz tarzidagi ideal borliq shakl-shamoyilini berish mumkin. O‗tmishga
tatbiqan biz borliq haqida faqat shu ma‘noda so‗z yuritishimiz mumkin.
Ayni shu ma‘noda biz g‗oyalar, narsalar, voqealar, tarixiy shaxslar yoki o‗zimizga yaqin
odamlar to‗g‗risida so‗z yuritamiz, bunda ular yo‗qlikka aylanmagani, balki yangicha mavjudlik,
xotira tarzidagi o‗zgacha borliq kasb etganini nazarda tutamiz.
SHunday qilib, borliq falsafiy kategoriya sifatida dunyoni butun rang-barangligi va turli-
tuman namoyon bo‗lish shakllari bilan yaxlit aks ettirish imkonini beradi. Bunda narsalar,
predmetlar, hodisalar o‗z
xususiyatlari, xossalari bilan jamuljam holda aks etadi. Dunyoni va
uning tarkibiy qismi bo‗lmish insonni bilish yo‗lidagi bu muhim qadam bilan dunyoning tabiati
va mohiyati, uning rang-barangligi, turli darajalari, ko‗rsatkichlari, ramz-alomatlari, shakllari va
hokazolar haqidagi mulohazalarning asosiy koordinatalar sistemasi belgilanadi. Buning uchun
mohiyat, hodisa, substansiya,
materiya, ong, makon, vaqt, qonun kabi yangi falsafiy
kategoriyalar muomalaga kiritiladi.
Inson o‗zi va umuman dunyo haqida o‗ylar ekan, odatda muayyan narsalar va ayrim
tabiiy hodisalar bilan ish ko‗radi. Ayni vaqtda u o‗zini qurshagan dunyoni sinchiklab o‗rganish
va uning butun rang-barangligini tushunib etish uchun muayyan tayanch nuqtasi bo‗lib xizmat
qiladigan qandaydir asosning shak-shubhasiz mavjudligini qayd etadi.
Falsafa tarixidan biz
bunday asos sifatida, masalan, Suqrotdan oldingi qadimgi yunon faylasuflarida tabiat
elementlari, o‗rta asrlar falsafasida Xudo, Dekartda: «Men fikrlayapman, demak, mavjudman»,
degan ongli inson amal qilganini ko‗ramiz.
Ammo inson bilishning bu birinchi bosqichida to‗xtab qolmagan va o‗zini qurshagan
borliqning ko‗p sonli turli-tuman holatlari orasida qolgan barcha narsalardan
sezilarli darajada
farq qiladigan narsalarni, borliqning ayni shu shakli voqelikning boshqa shakllari va holatlaridan
nima bilan farq qilishini aniqlashga harakat qilgan. Bugungi kunda insoniyat borliqning ko‗p
sonli turli-tuman shakllaridan ularning ayniqsa aniq bo‗lgan bir nechtasini farqlash imkonini
beradigan tajriba va bilim to‗pladi.
Do'stlaringiz bilan baham: