Uslubiy majmua


Mulohaza va xulosa chiqarish



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/359
Sana10.02.2022
Hajmi2,82 Mb.
#440838
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   359
Bog'liq
falsafa

Mulohaza va xulosa chiqarish
amaliy mashg‘ulotining texnologik kartasi. 
Ish bosqishlari va 
vaqti. 
Ta‘lim byeruvshi 
Ta‘lim 
oluvshilar 
Tayyorlov bosqishi 
(5 daqiqa) 
Auditoriya tozaligini nazorat qiladi 
Talabalarni mashg‘ulotga tayyorgarligini tekshiradi 
Davomatni nazorat qiladi 
1. 
O‘quv 
mashg‘ulotiga kirish 
bosqishi
(10 daqiqa) 
1.Mavzu bo‘yisha o‘quv mazmunini tayyorlash. 
2.Kirish ma‘ruzasi ushun taqdimot silaydalarini 
tayyorlash 
3. Fanni o‘rganishda foydalaniladigan adabiyotlar 
ro‘yhatini ishlab shiqish 
2 – asosiy bosqish 
(55 daqiqa) 
1. Talabalarni kishik guruhlarga bo‘lib, mavzu bo‘yisha 
savollarni beradi.
2. Ko‘rgazmali plakatlardan foydalanadi 
3. Slaydalar, mul‘timyedialardan foydalanadi 
5. 
Mavzular 
asosida 
byerilgan 
ma‘lumotlarni 
umumlashtiradi 
va 
hulosalaydi, 
faol 
ishtirokshi 
talabalarni rag‘batlantiradi va umumiy baholaydi 
Kishik 
guruhlarga 
bo‘linadilar 
Tomosha 
qiladilar 
Qatnashadilar
javob beradilar 
yakuniy bosqish 
(10 daqiqa) 
1. Yakunlovchi hulosa qiladi 
2. Mustaqil ish beradi 
3. Uyga vazifa beradi 
Tinglaydi
Yozib oladi 
Yozib oladi 
 
Hukm – predmetga ma`lum bir belgining (xossaning, munosabatning) xosligi yoki xos 
emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir. 
Hukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o`rtasidagi 
munosabatlarni ko`rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi 
fikrdan iborat bo`ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning, tashqi xususiyatlari 
bilan birga ularning ichki, zaruriy bog‘lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va 
hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o`rganib, ular haqida hukmlar hosil qilamiz. 
Bilimlarimiz turlicha bo`lgani uchun ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo`ladi. Ba`zi 
hukmlarda aniq, tekshirilgan bilimlar ifodalansa, boshqalarida belgining predmetga xosligi 
taxmin qilinadi, ya`ni noaniq bilimlar ifodalanadi. 
Hukmlar nisbatan tugal fikrdir. Unda konkret predmet bilan uning konkret belgisi haqida 
bilim ifoda qilingan bo`ladi. 
Hukmlar voqelikka mos kelish darajasiga ko`ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) 
bo`ladi. Ob`ektiv voqelikka mos kelgan, uni to`g‘ri ifodalagan hukmlar chin, mos kelmaganlari 
xato bo`ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo`lmaydigan hukmlar – noaniq 
hukmlardir. 
Hukmlar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Hukm mantiqiy kategoriya bo`lsa, gap 
grammatik kategoriyadir. Hukmlar asosan darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak 
gaplardagina fikr tasdiq yoki inkor holda bo`ladi. 
Masalan, «Vaqt orqaga qaytmaydi», «Hayot – bu harakat» kabi gaplar hukmni ifoda 
qiladilar. 
Oddiy hukmlar 
Hukmlar tuzilishiga ko`ra oddiy va murakkab bo`ladi. Oddiy hukm deb, tarkibidan yana 
bir hukmni ajratib bo`lmaydigan mulohazaga aytiladi. Tarkibidan ikki yoki undan ortiq hukmni 
ajratish mumkin bo`lgan mulohazalarga murakkab hukm deyiladi. Masalan, «Mantiq ilmini 
o`rganish to`g‘ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi», degan mulohaza oddiy hukmni ifodalaydi. 


212 
«Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini o`rganadi», degan mulohaza murakkab 
hukmdir. Bu mulohazaning tarkibi ikki qismdan: «Mantiq ilmi tafakkur shakllarini o`rganadi» va 
«Mantiq ilmi tafakkur qonunlarini o`rganadi», degan ikki oddiy hukmdan iborat. 
Voqelikni bilish jarayonida inson yangi bilimlarga ega bo`ladi. Bu bilimlar abstrakt 
tafakkur yordamida, mavjud bilimlarga asoslangan holda vujudga keladi. Bunday bilimlarni 
hosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi. 
Xulosa chiqarish deb, bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma`lum qoidalar 
yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo`lgan tafakkur shakliga aytiladi. 
Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o`tishdan tashkil topadi. 
To`g‘ri xulosa chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalar bo`lishi, o`zaro mantiqan 
bog‘lanishi kerak. 
Masalan, «Arastu – mantiq fanining asoschisi» va «Platon yunon faylasufidir» degan ikki 
chin mulohazadan xulosa chiqarib bo`lmaydi. CHunki bu mulohazalar o`rtasida mantiqiy 
aloqadorlik yo`q. 
Xulosa asoslari va xulosa ham o`zaro mantiqan bog‘langan bo`lishi shart. 
Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo`ladi. Bu 
qoidalar buzilsa, to`g‘ri xulosa chiqmaydi. Masalan, «Talaba A – a`lochi» degan mulohazadan 
«Talaba A – odobli», deb xulosa chiqarib bo`lmaydi. 
Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko`ra, aniqrog‘i, xulosa chiqarish 
qoidalarining qat`iyligiga ko`ra hamda xulosa asoslarining soniga va fikrning harakat 
yo`nalishiga ko`ra bir qancha turlarga bo`linadi. 
Analogiya (grek. – moslik, o`xshashlik) bavosita xulosa chiqarishning bir turidir. 
deduktiv xulosa chiqarishda fikr umumiylikdan juz`iylikka qarab, induktsiyada juz`iylikdan 
umumiylikka qarab harakatlansa, analogiyada bir juz`iy holatdan boshqa juz`iy holatga qarab 
harakatlanadi. 
Analogiyada predmetlarning o`xshash xossalariga asoslanib xulosa chiqariladi. Tabiat va 
jamiyatda ob`ektiv turli-tumanlik bilan bir qatorda, ob`ektiv o`xshashlik ham mavjuddir. Ular 
inson ongida o`z ifodasini topadi. 
Ob`ektiv reallikning turli sohalariga oid qonun va qoidalar tuzilishi jihatidan o`xshash 
bo`lsa, ular aks ettirgan voqelikdagi turli narsa va hodisalar ham ma`lum ma`noda o`xshash 
bo`ladi. 
Analogiya bo`yicha xulosa chiqarish ob`ektiv reallikning cheksiz ko`rinishlari hamda 
unda 
mavjud 
bo`lgan 
turli 
sistemalarning 
xossalari, 
munosabatlari, 
tarkiblaridagi 
o`xshashliklarga asoslanadi. Masalan, sayyoralar, davlatlar, ijtimoiy tuzumlar mohiyatida 
o`xshashlik bor. Bilishda muhim va nomuhim xossalar o`xshashligi asosida analogiya bo`yicha 
xulosa chiqariladi. 
Analogiya vositasida bir predmetdan (modeldan) boshqa predmetga (prototipga) axborot 
o`tkaziladi. Xulosa asoslari modelga, xulosa prototipga taalluqli bo`ladi. Masalan, qadimgi 
greklarning «Dedal va Ikar» afsonasida aytilishicha, ota va bola qullikdan ozod bo`lish uchun 
o`zlariga qanot yasashadi va uchib ketishadi. Bunda xulosa chiqarish quyidagi ko`rinishda 
bo`ladi: 
Qush tirik mavjudot, uning qanoti bor, u uchadi. 
Inson ham tirik mavjudot, uning qanoti yo`q, u uchmaydi. 
Insonning ham qanoti bo`lsa, u, ehtimol, uchadi. 
Analogiya bo`yicha xulosa chiqarish boshqa xulosa chiqarishlar kabi asoslardan, 
xulosadan va asoslar hamda xulosa o`rtasidagi mantiqiy aloqadan iboratdir. Uning xulosasi 
ehtimoliy shaklda bo`lib, keyingi tekshirishlarni talab qiladi. Aniq asoslardan ba`zan aniq, 
ba`zan ehtimoliy xulosa chiqadi. 
Analogiya o`zining ob`ektiv asosiga ega. Bular predmetlar, ularning xossalari o`rtasidagi 
aloqalar va munosabatlardir. 
Xususiyatlar va munosabatlar analogiyasi 


213 
Modeldan prototipga o`tkazilayotgan axborotning tabiatiga ko`ra analogiyaning ikki turi 
farqlanadi: xususiyatlar analogiyasi va munosabatlar analogiyasi. 
Xususiyatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir turdagi ikki predmetlar sinfi 
o`xshash belgilariga ko`ra o`zaro taqqoslanadi. O`xshash belgilarga asoslanib, birida mavjud 
bo`lgan belgining boshqasida ham bo`lishi mumkinligi haqida xulosa chiqariladi. Masalan, Er va 
Quyosh qator muhim xossalariga ko`ra o`xshashdir, ya`ni ular bir sayyoralar tizimiga kiruvchi 
osmon jismlaridir, ikkisi ham harakatda, kimyoviy tarkibi ham o`xshash. Ana shu 
o`xshashliklarga asoslanib olimlar Quyoshda topilgan yangi element – geliy Erda ham bo`lsa 
kerak, degan xulosaga kelganlar. Analogiya yo`li bilan chiqarilgan bu xulosaning chinligi ko`p 
o`tmay tasdiqlandi – Erda ham geliy elementi topildi. 
Bu misolda ikki predmetning o`xshashligiga asoslanib, birida mavjud bo`lgan belgining 
boshqasida ham borligi haqida xulosa chiqarildi. 
O`xshatilayotgan predmetlarni A va V harflari bilan, belgilarni a, v, s harflari bilan ifoda 
qilsak, xususiyatlar analogiyasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin: 
A predmet a, v, s, d belgilarga ega. 
V predmet a, v, s belgilarga ega. 
Ehtimol, V predmet d belgiga egadir. 
Bu analogiya bo`yicha xulosa chiqarishning keng tarqalgan shaklidir. Unda bir predmet 
haqidagi bilim shunga o`xshash boshqa predmet haqidagi bilimdan xulosa shaklida keltirib 
chiqariladi. 
Munosabatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir turdagi ikki predmetlar sinfi 
o`rtasidagi munosabatlarning o`xshashligiga asoslaniladi. 
Ikki turdagi (a R b) va (m R1 n) munosabatlarni taqqoslasak, a m ga, b n ga o`xshash 
emas, lekin ular o`rtasidagi R-R1 munosabatlarning o`xshashligi bizga xulosa chiqarish imkonini 
beradi. Masalan, I. Kepler planetalar harakatining qonunini ochganda, samoviy jismlarning 
o`zaro tortishish kuchini insonlar o`rtasidagi muhabbatga taqqoslaydi, shu asosda astronomiyaga 
tortishish kuchi tushunchasini kiritadi. 
Munosabatlar analogiyasida ikki predmetlar o`xshashligi haqida emas, ikki predmet 
o`rtasidagi munosabatni o`rganish asosida boshqa ikki predmet o`rtasidagi munosabat haqida 
xulosa chiqariladi. 
Analogiyani turlarga ajratganda xulosaning aniqlik darajasiga ham e`tibor beriladi. SHu 
jihatdan analogiyani qat`iy (aniq), qat`iy bo`lmagan, noaniq va xato analogiyaga ajratamiz. 
Qat`iy analogiyaning o`ziga xos xususiyati shundaki, ko`chirilayotgan va o`xshatilayotgan 
belgilar o`rtasidagi aloqa zaruriy bo`ladi. Aniq fanlarda, modellashtirishda fikr qat`iy analogiya 
shaklida yuritiladi. 
Qat`iy bo`lmagan analogiyada o`xshash bo`lgan va ko`chirilayotgan belgi o`rtasidagi 
zaruriy aloqa ehtimollik darajasiga ega bo`ladi. Ijtimoiy, tarixiy voqealarni o`rganishda va aniq, 
tabiiy fanlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilganda fikr yuritish qat`iy bo`lmagan analogiya 
tarzida bo`ladi. Masalan, nemis olimi SHpenglerning ta`kidlashicha, jamiyat ham tirik 
organizmlar kabi to`rtta rivojlanish bosqichini bosib o`tadi. Bular: paydo bo`lish, rivojlanish, 
etuklik davri va emirilish davri. 
Agar yolg‘on hukmni 0 bilan, chin hukmni 1 bilan, xulosaning ehtimollik darajasini R (a) 
bilan belgilasak, qat`iy analogiyada R (a)=1; qat`iy bo`lmagan analogiyada 1>R (a)>0 bo`ladi. 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish