Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/259
Sana13.06.2022
Hajmi2,82 Mb.
#662873
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   259
Bog'liq
Uslubiy majmua

Materialistik monizm
dunyo yagona, uzviy, u azaldan moddiy va dunyoning birligi 
zamirida ayni shu moddiylik yotadi, deb hisoblaydi. Bu konsepsiyalarda olam ruh, ong va 
ideallikdan emas, balki moddiylikdan keltirib chiqariladi. Bunday yondashuvlarning o‗ta 
rivojlangan ko‗rinishlariga biz Fales, Geraklit, Spinoza va uning izdoshlari asarlarida duch 
kelamiz. 
Idealistik monizm
esa, materiyani har qanday borliqning boqiy mavjudligi, yo‗q 
bo‗lmasligi va birinchi asosiga ega bo‗lgan qandaydir ideal narsaning mahsuli deb hisoblaydi. 
Bunda ob‘ektiv-idealistik monizmni (masalan, Platonda – bu o‗lmas g‗oyalar, zardo‗shtiylikda 
olov, o‗rta asr falsafasida – Xudo, Gegelda – yaratilmaydigan va o‗z-o‗zidan rivojlanadigan 
«mutlaq g‗oya») va sub‘ektiv-idealistik monizmni (masalan, borliqning barcha jismoniy va ruhiy 
holatlarini «neytral» asosdan – dunyoning qandaydir mavhum konstruksiyalari, «elementlari»dan 
keltirib chiqargan Max) farqlash mumkin.
Dualizm
birinchi asos sifatida ikkita substansiya tan olingan falsafiy yondashuv (lot. 
dualis – ikki yoqlama). Nemis faylasufi X.Volf XVIII asr boshida «dualizm» atamasini falsafiy 
muomalaga kiritgan. X.Volf dunyoda barqaror tartibning shakllanishida tafakkur, g‗oyalar va 
aql-idrokning alohida o‗rnini aniqlashga harakat qilgan. X.Volfning falsafaga oid qo‗llanmalari 
barcha o‗quv yurtlarida o‗qitilgan va eskirgan (sxolastik) jihatlarni siqib chiqargan. Ular 
universitet ta‘limining asosiy manbalari sifatida amal qila boshlagan.
Falsafa tarixida Rene Dekart dualizmning yorqin vakili sifatida o‗rin oldi. R.Dekartning 
radikal mexanitsizmi uni materiyaning butunlay ruhsizligi haqidagi yondashuvga olib keldi. 
R.Dekart nazarida, moddiy jismoniy substansiya o‗z atributi sifatida uzunlik, kenglik va 
chuqurlik ko‗lamigagina ega. U mutlaq bo‗shliqni istisno etadi, harakatlanish, ya‘ni jismoniy 
zarralarni bo‗lish, joydan-joyga ko‗chirish va o‗zgartirish qobiliyatiga ega.
Ma‘naviy hayot faylasuf nazarida moddiy hayotdan alohida, o‗zining bilish va fikrlash 
faoliyati, intellektual intuitsiya va deduksiya kabi o‗ziga xos ko‗rinishlarida namoyon bo‗ldi. U 
ruhiy substansiyaning butunlay jismsizligini e‘tirof etdi. Garchi R.Dekart yangi falsafa va fan 
asoschilaridan biri bo‗lsa-da, uning g‗oyalarida o‗rta asr falsafasidan meros qolgan 
«substansiya» atamasining alohida narsani tushunish uchun qo‗llanilishiga, shuningdek, u ikki 
muhim - universal va cheksiz substansiya – fikrlash va ko‗lamni alohida erkin maqomga ega, 
deb e‘lon qilganiga duch kelish mumkin. R.Dekartning «cogio ergo sum» – «men fikrlayapman, 
demak, mavjudman», degan iborasi falsafiy tafakkurni barcha narsalarning negizi sifatida tan 
olganligidan dalolat beradi. R.Dekart fikrlovchi substansiyaning uzviyligini va har bir «Men», 
ya‘ni aqlli jonzotga bevosita, ko‗lamli substansiya esa – bilvosita ochiqligini isbotladi. Ajralmas 
substansiya (aql) metafizikaning o‗rganish predmetini, ajraluvchi substansiya (ko‗lam) esa fizika 
predmetini tashkil etadi. 
Ikki asos, aytaylik, muhabbat va nafrat, yaxshilik va yomonlik, erkinlik va zaruriyatning 
teng huquqliligi g‗oyasi ilgari surilgan har qanday falsafiy nazariya dualistik nazariya sifatida 
amal qilgan.
Ikki substansiya – ma‘naviy va moddiy substansiyalarni farqlash, bu mantiqiy nuqtai 
nazardan noto‗g‗ri va ratsional ma‘noda juda ko‗p qiyinchiliklarga sabab bo‗lishi mumkin. 
Fikrlash va ko‗lamga ikki substansiya tarzida, ya‘ni bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan mustaqil 
asoslar sifatida yondashilganida, «ruh» va «tana» o‗z harakatlarida qanday uyg‗unlashishi, 
umuman, «tana» qanday qilib fikrlash qobiliyatini kasb etishi mumkinligini tushunish qiyin. 
Mohiyat-e‘tiboriga ko‗ra, substansiya butun mavjudot asosi, hamma narsani o‗z ichiga oluvchi 
va o‗zini namoyon qilish uchun hech narsaga muhtoj bo‗lmagan yagona birinchi asos sifatida 
e‘tirof etilgan. 
Fransuz materialist faylasufi J.Lametri (1709-1751) o‗zining «Ruhning tabiiy tarixi» deb 
nomlangan asarida dualizmni inkor qiladi. U o‗zida tajriba o‗tkazgan, xususan, bezgak 
kasalligiga chalingach, uning kechishini kuzatgan, pirovardida, insonning ruhiy holati uning 
jismoniy vujudiga bog‗liq, degan xulosaga kelgan. J.Lametri monistik-materializmni himoya 


39 
qilib, cheksiz takomillashuvchi yagona moddiy substansiya mavjud, degan g‗oyani ilgari surgan. 
Substansiyaga xos sezish va fikrlash qobiliyati vujudli jismlarda mavjud bo‗ladi. Sezish va 
fikrlash qobiliyatining o‗zi tashqi jismlarning miyaga ta‘siri bilan bog‗liq. SHu sababli aynan 
tashqi dunyo insonning «miya ekrani»da aks etadi, tana ehtiyojlari esa, J.Lametrining fikriga 
ko‗ra, «aql mezoni» sifatida amal qiladi.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish