Uslubiy majmua


Borliq tushunchaning etimologiyasi



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/259
Sana13.06.2022
Hajmi2,82 Mb.
#662873
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   259
Bog'liq
Uslubiy majmua

Borliq tushunchaning etimologiyasi.
«Borliq» falsafiy kategoriyasi nafaqat eng muhim, 
balki boshqa kategoriyalar orasida ayniqsa ko‗p ishlatiladigan kategoriya hisoblanadi. Bu holni 
shu bilan izohlash mumkinki, uning kelib chiqishi dunyoning ayniqsa keng tarqalgan tillarida 
ayni bir ma‘no – «bo‗lish», «mavjud bo‗lish», «hozirlik», «hozir bo‗lish», «mavjudlik» 
ma‘nolarini anglatadi. Jahonning aksariyat tillarida yuqorida sanab o‗tilgan va ma‘no jihatidan 
unga yaqin fe‘llar negizini tashkil etadigan «bo‗lmoq» fe‘li, o‗zining bevosita ma‘nosidan 
tashqari, yordamchi fe‘l sifatida ham faol ishlatiladi. Bu dalilga izohni inson tafakkuri tabiatidan 
izlash lozim bo‗lib, uning mantig‗i va qonunlari fikrni bayon etishning til shakliga bog‗liq 
bo‗lmaydi, lekin albatta fikrlash mumkin bo‗lgan, universal va o‗zgarmas sifatida amal qiladigan 
va shu sababli har qanday mulohazaning tayanch nuqtasi bo‗lib xizmat qilishi mumkin bo‗lgan 
nimagadir tayanishi lozim. Fikr qaratilgan narsa mavjudligi (yoki mavjud emasligi)ning ayni shu 
dalili har qanday tilning ilk jumlalaridayoq tom ma‘noda universal fe‘l (yoki uning 
modifikatsiyalari) bilan aks ettiriladi: o‗zbek tilida - «bo‗lmoq», «bor», ingliz tilida – is, nemis 
tilida – ist va h.k. 
SHunday qilib, «borliq» va «yo‗qlik» kategoriyalarining o‗ziga xosligi, betakrorligi va 
universal ahamiyati shundan iboratki, ularning falsafiy ma‘nosi tavsiflanadigan turli tillarda ular 
fe‘ldan, aniqroq aytganda, «bo‗lmoq» fe‘lidan (yoki uning inkoridan) hosil bo‗lgan tushunchalar 
hisoblanadi va narsaning o‗zini emas, balki uning mavjudligi yoki yo‗qligini ko‗rsatadi. 
Masalan, stol bor, yomg‗ir yo‗q, oqlik bor, aks yo‗q, miya bor, g‗oyalar yo‗q va h.k.
Borliq tabiiy tillarda otlar, ravishlar yoki ravishdoshlar bilan ifodalanadigan, ya‘ni 
bilishda uning ob‘ekti yoki sub‘ekti sifatida amal qiladigan tushunchalar bilan tenglashtirilishi 
mumkin emas. Ayni zamonda bu ob‘ektlar yoki sub‘ektlarning birortasi ham uning borligi yoki 
yo‗qligini qayd etmasdan fikrlanishi mumkin emas. «Borliq bor, yo‗qlik esa – yo‗q», deganida, 
Parmenid ayni shu holga e‘tiborni qaratgan. Binobarin, yaxshi, yomon, to‗g‗ri, noto‗g‗ri, 
quvnoq, sho‗r, oq, qora, katta, kichkina kabi va shunga o‗xshash sifatlar borliqqa nisbatan 
qo‗llanilishi mumkin emas. Borliqni biron-bir koordinatalar sistemasiga joylashtirib bo‗lmaydi, 
uni faqat vaqtda fikrlash mumkin. Muxtasar qilib aytganda, borliqni har qanday voqelik ega 
bo‗ladigan umumiy, universal va betakror mavjudlik qobiliyati, deb tavsiflash mumkin. 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish