60
tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo’ladi. Shu bilan birga kommutatorlarni bir – biri bilan
bog’lash uchun alohida 2/10 Gbit/s tezlikdagi portlar ham mavjud bo’lib, to’liq
dupleks rejimda ishlaydi. Bu rejimda ma’lumot bir vaqtda ikkala yo’nalish
bo’yicha ham uzatilishi mumkin. Telefon yordamida gaplashishni bunga
o’xshatish mumkun. Bunday ma’lumot almashinish rejimi yirik kompyuter
tizimlarida qo’llaniladi. Bu rejimdan ba’zi yangi modem turlarida va Microsoft
Netmeeting kabi programmalar bilan ishlayotganda ham foydalanish mumkun.
Microsoft Netmeeting - videokonferentsiyalar uchun dastur bo’lib, ikki yoki undan
ortiq konferentsiya qatnashchilari o'rtasida audio va video aloqalarni tashkil qilish
imkonini beradi. U ma’lumotni nusxasini barcha portlarga yubormaydi. Aksincha
paketda qabul qiluvchining adresi bo’yicha signalni jo’natadi. Kommutator
tarmoqdagi kompyuterlarning MAС manzilini (Media Access Control - vositaga
kirishni boshqarish - har bir faol uskunaning birligiga yoki kompyuter Ethernet
tarmoqlarida ba'zi interfeyslarga biriktirilgan noyob identifikator. Ethernet
– L
okal
tarmoq texnologiyasining eng keng tarqalgan turi bo’lib, 10 Mbit/s, 100 Mbit/s
(Fast Ethernet), 1 Gbit/s hattoki 10 Gbit/s tezlik bilan ulanib turish imkoniyatiga
egadir. Ethernetning yutug’i tarmoq strukturasi tanlanishidagi qulayligidir. Ammo
ushbu texnologiya kamchiligi, bu uning ma’lum masofadagina ishlay olishidir.)
o’zining xotirasidagi jadvalda bir qancha muddatga saqlab qoladi. Bu esa
paketlarni uzatilish tezligi, ishonchliligi va xavfsizligini oshiradi. Kommutator
bufer xotirasida qabul qilgan signalni saqlab turadi. Kommutatorlar boshqariluvchi
va boshqarilmaydigan turlarga bo’linadi. Boshqariluvchi kommutatorning har bir
portini alohida segmentga biriktirish mumkin. Kommutator 48 portga ega bo’lsa,
uning juft raqamli portlarini 192.168.x.x ga, toq raqamli portlarini 172.57.x.x ga
biriktirish mumkin. Yoki bo’lmasa 10 – portni 20 – portga translyastiya qilish
mumkin. Umuman olganda kommutatorlarning imkoniyatlari doirasi keng. Ularni
turli sohalarda, turli maqsadlarda qo’llash mumkin. Kommutatorlar yordamida
WLAN (Wireless Local Area Network – Simsiz Lokal Tarmoq) hosil qilish
mumkin. WLAN yordamida katta tarmoqlarni boshqarish yanada osonlashadi.
7.4-rasm. Switchning umumiy ko’rinishi
Do'stlaringiz bilan baham: