Texnik loyihalash. Bu bosqichining vazifasi - mahsulot va uning qismlarini
ishlash prinsipini tahlil etish, texnik tavsiflarini aniqlashtirish, qismlar va butun
mahsulot konstruksiyasini ishlab chiqish, konstruktorlik tavsiflarini olish,
mahsulotning hamma qismlarining o‘zaro harakatini moslashtirish, ularni ishlab
chiqarish texnologiyasini tayyorlash, sinov usuli va dasturlarini aniqlash. Bu
bosqichni bajarish natijasida namunaviy mahsulotni ishlab chiqish uchun zamin
yaratilishi kerak.
Ishchi loyihalash. Bu bosqichining vazifasi - mahsulotni doimiy ishlab
chiqarish uchun texnologik uskunalarni va jihozlarni tayyorlash.
11
12
Integratsiyalangan ALTning asosiy quyi tizimlari CAE – Computer Aided Engineering (avtomatlashtirilgan hisob-kitoblar va tahlil);