ALT – unifikatsiyalashgan modullardan maksimal foydalaniladigan ixtisoslashtirilgan tizimdir. Yuqori effektivlik va universallik talablari, odatda,
bir-biriga qarama-qarshidir. Loyihalash vazifalarini yechishda kam vaqt va
materiallar sarf bo‘lishida ifodalanadigan ALTning yuqori samaradorligiga
tizimlarning ixtisoslashtirilishi hisobiga erishiladi. Ixtisoslashtirilgan ALTni ishlab
chiqishga ketadigan sarfni kamaytirish uchun ularni unifikatsiyalashgan tarkibiy
qismlardan maksimal foydalangan holda tuzish maqsadga muvofiqdir.
9
Unifikatsiyalashning zaruriy sharti – turli texnikaviy ob’yektlarni modellashda,
tahlil va sintez qilishda umumiy holatlarni qidirishdadir.