71
7.16-rasm. Shinali (magistral) aloqa topologiyasi
7.17-rasm. Halqali aloqa topologiyasi
7.18-rasm. Yulduzli aloqa topologiyasi
7.19-rasm.
Daraxtli aloqa topologiyasi
72
7.20-rasm. Setkali (to’rli) aloqa topologiyasi
7.21-rasm. Gibridli aloqa topologiyasi
Shinali (bus) – lokal tarmoq bo‘lib, istalgan ikkita stansiya o‘rtasidagi aloqa
bitta umumiy yo‘l orqali o‘rnatiladi hamda istalgan stansiya tomonidan
yuboriladigan ma'lumotlar mana shu tarmoqqa ulangan barcha stansiyalar uchun
ochiq bo‘ladi;
Halqali (ring) – aloqa uzellari ma'lumotni uzatishning halqali liniyasi bilan
bog‘langan bo‘ladi (har bir uzelga faqat ikkita liniya to‘g‘ri keladi); ma'lumotlar
halqa orqali o‘tib, navbati bilan tarmoqdagi barcha uzellarga ochiq bo‘lib boradi;
Yulduzli (star) – markaziy aloqa uzeli bo‘lib,
undan ulangan har bir uzelga
ma'lumotlarni uzatish liniyasi chiqib ketadi.
Tarmoqda bir xil yoki bir xil bo‘lmagan EHMlar qo‘llanilishidan kelib
chiqib, bir xil tipdagi EHM tarmoqlari, ular o‘xshash deb nomlanadi, hamda turli
tipdagi EHM tarmoqlari, ular o‘xshash bo‘lmagan tarmoqlar deb nomlanadi.
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi komplekslarining va ayrim EHMlarning
hududiy tarmoqlanish vositalari
tarkibiga moslashtirish, ma'lumotlarni uzatish va
73
to‘liq qayta ishlash apparatlarni kiritishni talab etadi. Bunda avtomatlashtirilgan
loyihalash tizimining texnik vositalari hisoblash tarmoqlariga birlashadi. Hisoblash
tarmoqlarini bunday tashkil etishning avtomatlashtirilgan loyihalash tizimida
quyidagi afzalliklarga ega:
- tashkilotning ma'lum bir qismidagi apparatlardan foydalanuvchilar hisoblash
tarmoqlarining boshqa hududiy tarmoqlanish tugunlaridagi ma'lumotlar
bazasi va
dasturiy vositalaridan foydalanish imkoniyatining mavjud bo’lishi. Bu esa,
avtomatlashtirilgan loyihalash tizimining funksional imkoniyatlarini kengaytiradi;
- turli EHMlar o‘rtasida ishning optimal taqsimlanish imkonini tug‘diradi;
- avtomatlashtirilgan loyihalash tizimining texnik vositalarini ishonchli ishlashi
oshadi.
Hisoblash tarmoqlari bir nechta xususiyatlari bo‘yicha klassifikatsiyalanadi.
Bu klassifikatsiya 7.1-jadvalda keltirilgan.
7.1-jadval
Hisoblash
tarmog’ining
klassifikatsiya
xususiyatlari
Aloqa turlari
Izoh
Aloqa topologiyasi
Radial, halqali, radial-
halqali,
taqsimlangan
(markazlashtirilmagan)
Tarkibida MHK va bir qancha
AIJlar bo‘lgan ikki darajali ALTlar
Ma'lumotlarni
uzatish vositalari
tarkibi
Bir turdagi (bir jinsli)
Dasturiy bir-biriga mos keladigan
EHMlardan
tashkil topgan
Ma'lumotlarni
uzatish usuli
Kommutatsiyalanmagan
kanal bilan;
Kommutatsiyalangan
kanal bilan;
Kommutatsiyalangan
xabar bilan;
Kommutatsiyalangan
paketlar bilan;
Aralash kommutatsiya
bilan
Aloqa seansida tezlikning o‘zaro
bog‘langan tarmoq tugunlari
o‘rtasida tranzit kanallar paydo
bo‘ladi;
Xabarlarni kommutatsiya qilish
markazi orqali bosqichma-bosqich
uzatish;
Bir xil uzunlikdagi axborot
paketlarini bosqichma-bosqich
uzatish;
Xabarlar kanallari
va paketlari
birgalikda kommutatsiya qilish.
Boshqarish usuli
Markazlashtirilgan
Markazlashtirilmagan
Markaziy aloqa tuguni orqali
ma'lumotlar oqimi boshqariladi;
Ma'lumotlar oqimini boshqarish
tarmoq tugunlari bo‘yicha
taqsimlangan.
Aloqa tugunlarining
uzoqlashganligi
Mahalliy;
distansion (masofadan
turib boshqariladigan)
Aloqa
tugunlari orasi biror L
masofa bilan chegaralangan;
Masofalar L masofadan ortiq.