7-rasm. Ko‘taruvchi mexanizmlar:
a – vintli; b – sektorli;
Zamonaviy staninasi keriladigan qurollarda qurolni nishonga to‘g‘rilash uchun faqatgina yuqori stanokni burish bilan kifoyalanish mumkin (7-rasm).
Yuqorigi stanokni burish tishli yoki vintli uzatmasi bo‘lgan burish mexanizmi yordamida amalga oshiriladi. Yuqorigi stanok jangovar qoziq atrofida buriladi. Yuqorigi stanok otish paytida stvoli bilan ag‘anab ketmasligi uchun unda bir qator moslamalar mavjud.
8-rasm. Burish mexanizmlari:
a – vintli; b – sektorli;
Hozirgi paytda yirik kalibrli va zenit qurollarda tish uzatmali burish mexanizmlari qo‘llaniladi. Tishli sektor pastki stanokda qimirlamaydigan qilib qotirilgan. U bilan tishlashgan shesterna bitta valdagi chervyak bilan birikkan chervyakli g‘ildirak bilan aylanadi. Chervyakli uzatma shesternasi bilan yuqorigi stanokda mahkamlangan bir qatida yig‘ilgan. Maxovikdan aylanma harakat konussimon uzatma orqali uzatiladi. Shesterna aylanganda uning tishlari harakatsiz sektor bo‘ylab aylanib, yuqori stanokni stvoli bilan qoziq atrofida aylanishga majburlaydi.
Uzoqqa otuvchi artilleriyaning rivojlanishi, stvolning uzayishiga olib keldi. Tez harakatlanuvchi nishonlar ham paydo bo‘ldi. Bularning natijasida qurolni nishonga to‘g‘rilash tezligini oshirish, ko‘tarish mexanizmining maxovigiga tushadigan og‘irlikni kamaytirish talab qilina boshlandi. Ko‘tarish mexanizmining ishini osonlashtirish uchun qurollarni muvozanat mexanizmlari bilan jihozlandi. Zamonaviy artilleriya qurollarida tortuvchi va itaruvchi turdagi muvozanat mexanizmlari keng qo‘llaniladi.
Stvolga berilgan yo‘nalishlarni saqlab qolish uchun to‘g‘rilash mexanizmlari o‘zi tormozlanuvchi qilib yasaladi. Mexanizmning o‘zi tormozlanishi va to‘g‘rilikning buzilmasligi chervyakli uzatmalar yordamida ta’minlanadi.
Ko‘tarish mexanizmi gaubitsaning stvoliga (D-30 zambaragida) vertikal yo‘naltirish burchagini -70 dan +700 berish uchun mo‘ljallangan.
9 - rasm. Ko‘tarish va burish mexanizmlari (D-30 zambaragi):
a – ko‘tarish mexanizmi; b – burish mexanizmi;
Burish mexanizmi gaubitsani gorizontal tekisligida yo‘naltirish va gaubitsaning aylanuvchi qismini (D-30 zambaragida) 360° burilishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Chervyak turidagi burish mexanizmining afzalligiga mexanizmning kinematik zanjiridan chervyak juftligini ajratish imkoni va shuning bilan otish yo‘nalishini gorizontal tekislikda tez o‘zgarishini ta’minlanishiga erishishni kiritish mumkin.
Kinematik zanjirda vintli juftlikka ega ko‘tarish mexanizmi vintli ko‘tarish mexanizmi deyiladi. Bunday ko‘tarish mexanizmlari minomyotlarda va jangovar mashinalarda qo‘llaniladi.
Burish mexanizmining bo‘g‘inlar sonida shesterna va tishli sektorga ega tishli juftlik sektorli burish mexanizmi deyiladi.
ISHLAB CHIQDI:
ARTILLERIYA SIKLI O‘QITUVCHISI
QKX
Sh. Umirzaqov
Do'stlaringiz bilan baham: |