Javobgarlikni uzatish orkali raxbarlik.
Ustunliklari: anik tashkil kilish va vakolatlarni tartibga solish; yaxshi xodimlar ragbatlantirilib, ularga erkinlik beriladi, javobgarlik anik tartibga solinadi.
Kamchiliklari: motivlashtirish doim birinchi urinda kursatiladi, xodimlarning yetarli malakasining bulmasligi tufayli xato karorlarni kabul kilish.
Demokratik raxbarlik uslubi.
Ustunliklari: jamoada yaxshi ruxiy muxit va xodimlarning fikrlarini yaxshi kabul kilish.
Kamchiliklari: kattikkul raxbarlikka nisbatan samaradorligi kam, xar doim xam kupchilikning karori, bir raxbarning karoridan yaxshi emas, javobgarlikning urnatilishi bir taraflama emas, tizim xodimlarining shaxsiyatiga nisbatan yukori talablar kuyadi.
Demokratik raxbarning xodimlar xakida tasavvurlari avtokratik raxbar tasavvurlaridan fark kiladi. MakGregor buni «Y» nazariyasi deb atagan:
Mexnat – tabiiy jarayondir. Agar sharoit konikarli bulsa, ishchilar nafakat ma’suliyatni uz buyinlariga oladilar, balki uzlari u tomon intiladilar.
Agar odamlar tashkilot maksadlariga karatilgan bulsalar, ular uzlarini boshkarib, uzlarini nazorat kiladilar.
Maksadlarga erishish uchun yunaltirish ragbatlantirish funksiyasi xisoblanadi.
Muammoni ijobiy xal kilish kobiliyati tez-tez uchraydi, birok urtacha xodimning intulektual potensiali kisman ishlatiladi.
Demokratik uslub yuritilayotgan tashkilotda vakolatlarning yukori darajada nomarkazlashtirilishi bilan izoxlanadi.
Avtoritar raxbarlik uslubi.
Ustunliklari: raxbarlik jiddiy tashkil etilgan, javobgarlik bir taraflama urnatilgan, bu uslubda kuchli raxbar shaxslar uzlarini namoyon etishlari mumkin.
Kamchiliklari: tizim ratsional emas, raxbarda ishlar xaddan ortik malakali xodimlar xam karorlar kabul kilishda uz bilimlarini kullaydilar.
Avtokratik lider boshkaruvda avtoritar buladi. Duglas Mak Gregor avtokratik raxbarning xodimlarga nisbatan munosabatini «X» nazariyasi deb atadi.
Odamlar ishlashni yoktirmaydilar, imkoni buldi deguncha ishdan kochishga xarakat kiladilar.
Odamlarda xalollik yuk, ular ma’suliyatdan kochishga xarakat kilib, ustlaridan boshkarishlarini istaydilar.
Odamlar kuprok ximoyalanganlikni istashadi.
Odamlarni ishlatish uchun majburlash, nazorat va jazolash bilan kurkitish zarur.
Avtokrat uzining xodimlariga karor kabul kilish erkinligini bermaydi.
Raxbarlik uslublarini tasniflash uchun avtokratik va demokratik xususiyatlarini takkoslash kerak. «X» va «Y» nazariyalariga asosan yukori va past unumdorligi bulgan guruxlarning raxbarlari ishga karatilganligi («X» nazariyasi) va odamga karatilganligi («U» nazariyasi) buyicha tasniflangan.
Laykert liderlik uslubining turtta asosiy tizimini taklif etgan: ekspluatator-avtoritar, adolatli-avtoritar, konsultativ-demokratik va ishtirokka asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |