Darsda foydalaniladigan texnalogiya: hamkorlikda oʻqitish texnalogiyasi kichik va katta guruhlarda oʻqitish, jamoaviy guruhlar bilan ishlash texnikasi.
Dars uslublari: test, jadvallar bilan ishlash, og’zaki savol javob, B.B.B jadvali , blits so`rov aqliy hujum, pinbord, namoyish, tushuntirish .
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism : (5 daqiqa) Oʻquvchilar bilan salomlashish, sinf xonasining tozaligiga e’tibor berish, oʻquvchilarni yurtimizda sodir boʻlayotgan yangiliklar bilan tanishtirish, oʻquvchilar davomatini aniqlash, doskaga mavzuning nomini yozish.
II. Oʻtilgan mavzuni takrorlash (10 daqiqa): Oʻquvchilarning uyga vazifa topshiriqlarini bajarganligini tekshiriladi, oʻquvchilarni baholash uchun blits savol-javob , test ishlash ustuncha metodidan foydalanadi, oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga javob beriladi, oʻquvchilarning mavzuni tushunmagan qismi boʻlsa qayta tushuntiriladi, mavzu umumlashtirilib xulosa qilinadi.
III. Yangi mavzuni tushuntirish (15 daqiqa):
Ekologik omillar yil davomida o‘zgarib turishi bilan birga, ularga o‘simliklarning munosabati ham turlicha bo‘ladi. Masalan: urug‘unib chiqishi uchun qorong‘i muhit talab qilinsa, maysaning rivojlanishi uchun yorug‘lik talab qilinadi. Ekologik omillar o‘simlikka bevosita va bilvosita ta’sir qiladi. Bevosita ta’sir qiluvchi omillarga namlik, yorug‘lik, issiklik, inson va hayvonlar ta’siri misol bo‘la oladi. Bilvosita ta’sir etuvchi omillarga relef, tog‘ jinslari, iqlimni o‘zgarishi va tuproq sharoitining o‘zgarishi misol bo‘la oladi. Ba’zan ayrim ekologik omillar bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan: shamol o‘simliklarning novdasini sindirib, bargini mevasini to‘kib, bevosita ta’sir ko‘rsatsa, tuproqdagi namlikni kamaytirib, qatqaloq hosil qilib bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Do‘l o‘simlikning yer usti organlariga salbiy ta’sir ko‘rsatsa, tuproq namligini oshirib, havo haroratini o‘zgartirib bilvosita ta’sir yetadi. Har qanday ekologik omil o‘simliklarga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: sholi suvda yaxshi o‘sadi, lekin suv ko‘p bo‘lsa, g‘o‘za tez kunda halok bo‘ladi. Кo‘pchilik o‘rmonda o‘suvchi o‘simliklar soya joyda yaxshi o‘sadi, yorug‘ joyda tezda halok bo‘ladi. O’simliklar fiziоlоgiyasi - o'simliklar tanasida sodir bo'ladigan hayotiy jarayonlar, murakkab qonuniyatlar va hodisalar zanjirini o'rganuvchi fandir. Fotosintez nafas olish, suv rejimi va tiriklik asosini tashkil etuvchi boshqa hayotiy kechinmalarni o'rganish, tahlil qilish va ularni odam uchun foydali tamonga o'zgartirish ya'ni yuqori va sifatli hosil olish mazkur fanning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shu ma’noda o’simliklar fiziologiyasi agranomiyani nazariy asosini tashkil etadi. Chunki fiziologiya sohasida erishilgan har bir yutuq o’simlikshunoslikda ham yangi muvoffaqiyatlarga sabab bo’ladi. Ayniqsa keyingi yillarda bu sohada erishilgan ijobiy natijalar: Suvdan tejomkorlik bilan foydalanish maqsadida sug’orish ishlarini tartibli yo’lga qo’yish mineral va organiq o’g’itlarni samarali foydalanish, o’sish va rivojlanishni boshqarish, tashqi sharoitning noqulay omillariga o’simliklar chidamliligini oshirish kabi ishlarning hammasi o’simliklar fiziologiyasining yutuqlariga asoslangandir. Shu va shular haqida to’liq malumot berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |