Trixodermin va aspergillinni aniqlash, laboratoriyada tayyorlash va qo`Uash
Ma'Iumki, tuproq infeksiyasiga qarshi kurash — kasalliklarga chidamli navlar yaratish, agrotexnika chora-tadbirlarini amalga oshirish va kimyoviy kurashdan iborat. Lekin har xil sababga ko`ra navlarning chidamliligi, agrotexnik chora-tadbiriar ham doimo samarali bo`lmasligi mumkin. Kimyoviy usulda esa katta maydonlarda tuproqni fumigatsiyalash tavsiya etilmaydi, chunki fungitsidlar atrof-muhitga zararii ta'sir etadi.
Vilt kasalligini qo`zg`atuvchi zamburug`ga qarshi kurashda uning tuproq mikroorganizmlari bilan antagonistik o`zaro munosabatiga
117
asoslangan biologik kurash usullari katta ahamiyatga ega. Chunki ular ajratadigan antibiotik moddalar fitopatogen zamburug`Iarning rivojlanishini to`xtatish bilangina cheklanmay, balki o`simlik ildizlari orqali uning tanasiga kirib, kasallikka chidamliligini oshiradi.
Tuproqda yashaydigan mikroorganizmlar orasida g`o`za viltiga, issiqxonalarda ko`paytirilayotgan pomidor, bodring ekinlarida uchraydigan fuzarioz va ildiz chirish kasalligiga qarshi kurashda foydalanish uchun trixoderma lignorum eng istiqbolli antagonist hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda bu zamburug`Iarning tuproqda yashaydigan fitopatogenlarga, shu jumladan, vertisillioz va fuzariozga kuchli ta'sir etadigan 7 ta antibiotigi boriigi ma'Ium. Bundan tashqari, lavlagi, bug`doy, suli hosilini oshirishda trixoderma ijobiy rol o`ynaydi.
Trtxoderma lignorum (Trichoderma lignorum) — trixoderma avlodiga mansub zamburug` bo`Iib, konidiyabandlarida hosil bo`Iadigan sporalardan ko`payadi. Zamburug`ning giflari (mitseliysi) yaxshi rivojlangan, rangsiz, o`rmalab o`suvchi bo`Iadi. Konidiyabandlar shoxlangan, sporalari yumaloq, diametri 2,5—3,7 mkm, rangsiz, 10—20 tadan bo`Iib, konidiyabandlar uchida boshcha hosil qilib to`plangan bo`Iadi; rangi yashil, suvga tushganda boshchasi oson yorilib alohida konidiyalarga ajraladi.
Trixoderma zamburug`ini 1794-yiIi Pirson birinchi bo`Iib ta'riflagan. Keyinchalik trixoderma avlodi turiarining biologiyasi va taksonomiyasi masalalari XIX asrning ikkinchi yarmida nemis olimi Polan tomonidan o`rganilgan.
Ma'Ium bir vaqt o`tgach zamburug` shtammlarining fiziologik-biokimyoviy xossalari o`rganilgan; saxaroza inversiyasi sellulozani parchalash, natritlami nitratlarga aylantirishdan, shuningdek, jelatin va kraxmalni bijg`itadigan va sutni pektinlash xususiyatiga ega.
Trixoderma shtammlarining muayyan fiziologik belgilarini tanlab o`rganishda VNSHning antibiotiklar laboratoriyasida ishlab chiqilgan faol shtammlar seleksiyasi—antibiotiklar ishlab chiqaruvchi (produsent) uslubiy ko`rsatmasiga amal qilinadi.
Trixoderma shtammlarining mikroblarga qarshi ta'sir doirasi В.Р. Dimitriyeva va S.K. Semyonovlar tomonidan aniqlangan. Ta'sir doirasini aniqlash uchun 4 kun davomida suyuq organik-mineral oziq muhitida o`stirilgan biomahsulotdan foydalaniladi.
118
Trixodermani ko`paytirish quyidagi bosqichda olib boriladi.
Oziq muhit tayyorlash. Ona mahsulot tayyoriash (kulturani ekish). Trixoderma preparatini ko`paytirish (yopiq va ochiq holatda). Zambu-rug`ning moriblogik-kultural belgisi va faolligini nazorat qilish. Таууог preparatni saqlash. Trixodermani o`stirishdan oldin kerakli ага-lashmalar tayyorianadi va avtoklavdan o`tkaziladi. Наг bir sutli idishga 40 g suli, 2 qism suv va maydalangan g`o`zapoya (1:8 • 2,5 qism suv) solinadi.
Tayyoriangan har bir aralashma bir kundan so`ng 1,5—2 atm bosimda avtoklavdan (bir soat davomida) ikki qayta o`tkaziladi. Наг bir idishga kerakli miqdorda trixoderma shtammidan ekiladi. Buning uchun agarii-susla yoki agarii-Chapeka quyilgan probirkalarga ekilgan kultura harorat 24—25°C da isitgichda 7—10 kungacha o`stiriladi. To`Iiq unib chiqqan kultura mikroskop yordamida tekshiriladi. Ifloslangan va begona kulturalar boriigi aniqlansa, ular qaytadan ekilib, toza kultura o`stiriladi.
Trixodermani probirkadan shisha idishlarga ikkinchi marta ekish davrida xonada ikkita spirtli lampa bo`Iishi lozim.
Ekilgan kultura 24—25°C haroratda isitgichda 15—20 kungacha saqlanadi. Bu vaqtda zamburug` to`Iiq spora hosil qilgan bo`Iishi lozim. Unib chiqqan zamburug` shishalardan olinadi va harorat 34—36°C da sterillangan xonada quritiladi. Qurigan kulturaning 1 grammida 90—100 mlrd.gacha hayotchan spora bo`lishi lozim. Наг bir olingan namunadagi sporalar miqdori Goryayev kamerasi yordamida hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |