Oila. Kumushsimonlar — Chamaemyiidae
Bu oilaning voyaga yetgan hasharotlari shiralar, koksidlarning chiqargan shirali chiqindisi bilan oziqlanadi. Lichinkalari shira, xemerslar, mumg`ubor, cherves va boshqa koksidlar bilan oziqlanadi. Lichinkalari chuvalchangsimon, oyoqsiz, oq yoki och sariq rangda. Asosan, levkopis avlodiga qarashli Leucopis deyphinivor turi yaxshi o`rganilgan. Shuningdek, bu tekinxo`r bitlaming 30 ga yaqin turi bilan oziqlanadi.
Avlod (Leucopis Mg.). Bu avlodga mansub hasharotlar mayda (2—5 mm), kulrang, kumushsimon tusda va yon tomoni yo`lchadan iborat. Lichinkalari shira va koksidlarda yirtqichlik qiladi. Paxta dala-larida levkopisning 2 turi uchrashi aniqlangan bo`lib, ular tashqi belgilari bilan bir-biriga o`xshash. Bu avlod Kavkaz levkopisi, L. caucasica Tanas va L. glyphimivora Tanas turiarini o`z ichiga oladi.
L. glyphimivora Tanas. — bu tur B.N. Tanasiychuk tomonidan 1958-yilda aniqlangan. Yetuk zotining tana uzunligi 1,8—2,3 mm, kulrang dog`laribor. Tuxumi oqish-sutrangda. Uzunligi 0,4—0,5 mm, eni 0,2—0,22 mm. Tuxumdan chiqqan lichinkalar ikki kundan so`ng sariq tusga kiradi. Lichinkaning uzunligi 1,25—2,5 mm, kengligi 0,35—0,5 mm. Uchinchisidaulamingtanauzunligi 4—4,5 mm.gayetadi.
Dastlabki yetuk zotlarining uchib chiqishi may oyiga, tuxum qo`yishi (ikkinchi avlod) iyun, uchinchi avlodining rivojlanishi iyulning oxiriga to`g`ri keladi.
Yetuk zotlarning rivojlanishi va oziqlanishi hozircha to`liq o`rga-nilgan emas. Bir tup daraxtda levkopis 2—10 taga yetadi. R. Olim-jonovning bergan ma'lumotiga ko`ra, g`umbaklik davri 10—12 kunni tashkil etib, past haroratdabu holat o`zgarib boradi. Farg`ona vodiysida tabiiy sharoitda bitta bo`g`in berib ko`payadi. umbakdan chiqqan levkopis pashshalari jinsiy yetilgan holda uchib chiqadi. Yosh lichinka dastlab shiralar bilan oz-ozdan oziqlanadi, keyinchalik esa ortib boradi. o`zining hayoti davomida 70—75 tagachabitlarbilan oziqlanadi.
36
Sariq kokkofagus (Coccophagus
gurneyi Comp.) — urg`ochilari tana-
sining uchdan bir qismi sariq rangda,
oyoqlari ham sariq bo`Iib, tana uzunligi
1—1,2 mm (12-rasm). Erkagi tanasining
hamma qismi qora. Lekin oyoqlari
urg`ochilariniki kabi sariq tusda. Bu
tur qishloq xo`jaligi ekinlarining xavfli
zararkunandalarini zarariovchi turia- U-msm. Sariq kokkofagus.
rini o`z ichiga oladi. Urg`ochisi — aka-
tsiya, olma, olxo`ri va soxta qalqondorning biriamchi tekinxo`ri, erkagi esa o`zining turiarining lichinkalari va g`umbaklarining metafi-kuslarida—xavfli qora og`izlilaming ikkilamchi tekinxo`ri hisoblanadi. Ular tez rivojlanadi, bir oyda bir marta qayta urchiydi. Lekin oreno-tokiya tariqasida rivojlanadi.
Otalangan tuxumlarini soxta qalqondoriaming tanasi ostiga qo`yadi va tuxumdan chiqqan urg`ochi lichinkalari biriamchi ichki tekinxo`r kabi rivojlanadi. Urg`ochilari otalanmagan tuxumlarini xo`jayinda rivojlanayotgan biriamchi tekinxo`r lichinkasi yoki g`umbagining tanasi ustiga qo`yadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar tashqi tekinxo`r kabi rivojlanadi.
Urg`ochisi kunduzi faol harakatlanadi. Mahsuldoriigi o`rtacha, bir dona urg`ochisi 45—60 ta tuxum qo`yadi. Rivojlanishining davomiyligi 2—3 haftani tashkil qiladi. Qulay harorat va namlikda bir oy davomida to`liq rivojlanib bo`ladi. Abxaziyada 5—6 avlod berib ko`payadi.
NAZORAT SAVOLLARI
Enkarziyani ko`paytirish usuli qanday amalga oshiriladi?
Kokkofagus qaysi zararkunandalaming birlamchi tekinxo`ri hisoblanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |