Ушбу услуб ий курсатма
1
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
maxsus ta’lim vazirligi
O’ZBEKSTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Navoiy Davlat konchilik instituti Nukus filiali
“ Elektrotexnika va elektronika”
fanidan
Tajiriba ishlari bo‘yisha uslubiy ko‘rsatma
(2-kurs uchun)
Bilim sohasi:
|
300 000 – Ishlab chiqarish va texnika
|
Talim sohasi:
|
310 000 - Muhandislik ishi
|
|
320000 - Ishlab chiqarish texnologiyalari
|
|
610 000 - Xizmat ko’rsatish sohasi
|
Talim yo’nalishi:
|
5320200 – Masinasozlik texnologiyasi,mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish
|
Umumiy o’quv soati – 120 soat, III semestr.
Shu jumladan:
Ma’ruza – 30 soat.
Amaliy – 16 soat.
Laborotoriya- 14 soat
Mustaqil talim soati – 60 soat.
NUKUS– 2021 y.
KIRISH
Fan va texnika jadal rivojlanib borayotgan hozirgi kunda talabalarga ta’lim va tarbiya berish samaradorligini oshirishda ham katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Yaratilayotgan yangilikni doimiy o’zlashtirib borish O’zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to`g’risidagi qonun” lari oldiga qo`yilgan asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ta’lim va zamonaviy ishlab chiqarishning uyg’unligini ta’minlash maqsadida kompyuter texnikasi imkoniyatlaridan ta’lim jarayonida muntazam foydalanib borish ayniqsa muhimdir. Shu maqsadda yaratilayotgan elektron darsliklar, ilmiy ommabop filmlar va virtual tajriba ishlari ta’lim jarayonining asosiy elementlari hisoblanadi.
Elektrotexnika fanidan tajriba ishlarini bajarish uchun yaratilgan ushbu uslubiy ko’rsatma “Electronics Workbench” dasturi asosida tuzilgan bo’lib, unda bu dasturdan foydalanish qoidalari va bu dastur yordamida bajariladidan 8 ta tajriba ishlari keltirilgan.
Electronics Workbench dasturi tajriba ishlarini elektron usulda bajarish uchun moslashtirilgan dastur hisoblanadi. Electronics Workbench sxematexnik modellashtirilgan sistema bo’lib, analogli, raqamli va raqamli-analogli elektr sxemalarni modellashtirish va tahlil qilish imkonini beradi.
Dastur bazasida keng tarqalgan electron komponentlarning katta to’plami mavjud. Bundan tashqari bu komponentlarning bazasini kengaytirish va ularning qiymatlarini keng diapazonda o’zgartirish imkoniyati kattadir.
Oddiy komponentlar qiymatlarini kattaliklar to’plamidan klavishlar yordamida o’zgartirish mumkin. Faol elementlar (modellar) o’zida aniq elementlar yoki ularning ideal modellari hamda kattaliklar to’plamini mujassamlashtirgan. Modellar komponentlar bazasidan tanlanadi va ularning kattaliklari ham foydalanuvchi tomonidan o’zgartirilishi mumkin.
O’lchov asboblarining katta to’plami turli xil kattaliklarni aniq o’lchash va ularning grafiklarini chizish imkonini beradi. Barcha asboblar haqiqiy o’lchov asboblariga yaqin qilib yasalganligi ulardan foydalanishda qulaylik yaratadi.
Haqiqiy (real) tajriba qurilmalaridan foydalanganda va unga tayyorgarlik ko’rganda ko’p vaqt sarf qilinadi. Electronics Workbench dasturida tajriba ishlarini bajarish vaqtni tejash imkonini berishi bilan birgalikda alohida joyga ehtiyoj tug’dirmaydi.
Electronics Workbench dasturida shemalarni noto’g’ri yig’ish o’lchov asboblarining ishdan chiqishiga va tajriba o’tkazuvchining hayotiga xavf tug’dirmaydi.
Murakkab sxemalarning grafik imkoniyatlari kengligi sababli ularni aniq tasvirlash va rangini o`zgartirish imkonini yaratadi.
Ushbu uslubiy ko’rsatmada keltirilgan trajriba ishlari Karimov A.S. va boshqalar muallifligida 1975 yilda chop ettirilgan «Elektrotexnika» (masalalar tuplami va laboratoriya ishlari) kitobidan olindi va Electronics Workbench dasturida bajarish ucun moslashtirildi.
Ushbu uslubiy ko’rsatma Umumiy elektrotexnika fanini o’rganayotgan kasb-hunar kollejlari talabalari uchun ham tajriba ishlarini vertual usulda bajarishda amaliy yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |