Ushbu tuzilgan test savollari dts talablariga to`liq javob beradi



Download 1,55 Mb.
bet1/269
Sana03.03.2022
Hajmi1,55 Mb.
#480550
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   269
Bog'liq
MTTga yaqin tasetlar 314 bet




Ushbu tuzilgan test savollari DTS talablariga to`liq javob beradi.



Savol

To`g`ri javob

1

Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha

Kategoriya

2

Shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon-….

Rivojlanish

3

Ta’lim–tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui nima deb ataladi?

Ma’lumot

4

Qaysi javob variantida pedagogika fanlari tizimi to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Umumiy pedagogika, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, korreksion (maxsus) pedagogika, metodika, pedagogika tarixi, ta’limni boshharish, ijtimoiy pedagogika va boshqalar

5

Shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko‘rinishi nima deb ataladi?

Faoliyat

6

Tarbiyaga berilgan to`g`ri ta’rifni toping

Muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy–tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq–atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni

7

Shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilim asoslarini berish, uning bilish qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, shaxs tomonidan tabiat, jamiyat, shuningdek, inson tafakkuri haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish, unda ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi. Bu qaysi tarbiya turiga berilgan ta’rif?

Aqliy tarbiya

8

O‘quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda vatan mudofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu qaysi tarbiya turiga berilgan ta’rif?

Jismoniy tarbiya

9

Muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro munosabat, muloqot va xulq–atvor qoidalari, mezonlarini o‘quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish maqsadida tashkil etiluvchi pedagogik jarayon. Bu qaysi tarbiya turiga berilgan ta’rif?

Axloqiy tarbiya

10

Shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy–foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. Bu qaysi tarbiya turiga berilgan ta’rif?

Mehnat tarbiyasi

11

Estetik tarbiyaga berilgan ta’rifni toping

Shaxsni ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush go‘zalliklarini anglash, idrok etish, to‘g‘ri tushunishni o‘rgantish, ularning estetik didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish, shuningdek, go‘zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalash jarayoni

12

Ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan - bu…

Pedagogika

13

Qaysi pedagogik fan haqida so‘z bormoqda? ... – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o‘rganadi.

Ta’limni boshqarish

14

Qaysi pedagogik fan haqida so‘z bormoqda? ... – ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda yetakchi o‘rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o‘rganadi

Pedagogika tarixi

15

Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari nimalardan iborat?

Shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish

16

Yuksak pedagogik tafakkur, ta’lim–tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati bo‘lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, yangiliklardan xabardor bo‘lish, ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish asosida tarkib topadi. Qaysi fan haqida so`z bormoqda?

Pedagogik mahorat

17

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlardan xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish

18

Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan qaysi biri ta’lim mazmunini tubdan yangilashda: ta’lim standartlari, ta’lim dasturlari, o‘quv darsliklari va qo‘llanmalar tayyorlashda, ilmiy–metodik ta’minotni amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi?

Fan

19

Kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi -?

Shaxs

20

Tarbiya jarayonining xususiyatlarini aniqlang

Aniq maqsadga yo‘naltirilgan, ko‘p qirrali, uzoq muddatli, yaxlit tizimlilik, ikki tomonlama aloqa jarayoni qarama–qarshiliklardan iborat jarayon

21

Didaktika so‘zi fanga 1–marta kim tomonidan kiritilgan?

Volfgang Ratke

22

Ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillash tirish yo‘llari)ni o‘rganuvchi fan

Didaktika

23

Yosh avlodga ta’lim–tarbiya berish yo‘lida davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o‘quv–tarbiya muassasalari majmui

Ta’lim tizimi

24

Ta’limni boshqarish bu –

Ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash

25

Ta’limning aniq yo‘nalishini belgilab beruvchi yetakchi g‘oya bu–

Ta’lim maqsadi

26

Ta’lim funksiyalarini ko‘rsating

Ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash

27

Ta’lim jarayoni bu –

O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon

28

Muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashgan shakli nima deb ataladi?

Malaka

29

Ta’lim jarayonini boshqarish qanday bosqichlardan iborat ?

Rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish, nazorat, natijalarni baholash va tahlil qilish

30

“Ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi” tushunchalari didaktikaning qaysi jihatini yoritadi?

Ta’lim maqsadi

31

Materialni qabul qilish, tushunib olish, bilimlarini mustahkamlash va amaliy qo‘llash. Bu yerda qaysi jarayon tuzilishi tasvirlangan?

Bilimni o‘zlashtirish

32

Bu ––––– jamiyatning shaxsni ma’naviy rivojlanishi darajasiga qo‘yilgan talablar, jamiyatning ijtimoiy tajriba va madaniyatini aks ettirgan ijtimoiy buyurtmasi modeli.

Ta’lim mazmuni

33

O‘quv dasturida nimalar ko‘rsatilgan?

O‘quv predmetining, o‘quv yillari bo‘yicha materiallarining mazmuni va taxminiy soatlari

34

“Metod” – bu ...

Metod – bu yunoncha “yo‘l, yo‘riq”, usul orqali maqsadga erishish ma’nosini bildiradi

35

Pedagogika olamiga savol – javob “evristik” suhbat metodini olib kelgan faylasuf olim?

Suqrot

36

O‘qituvchining suhbati ta’limning qaysi metodiga kiritiladi?

Og‘zaki

37

Ta’limning og‘zaki metodlariga qaysilar kirishini ko‘rsating?

Hikoya, tushuntirish, suhbat, ma’ruza

38

Ta’limning amaliy metodlariga nimalar kirishini ko‘rsating?

Mashq qilish, labaratoriya va amaliy ishlar

39

“Takrorlash bilimning asosidir”. Ushbu ibora qaysi pedagogga tegishli?

K. D. Ushinskiy

40

Ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda asosiy sanaluvchi metod, bu?

Mashq

41

“Sinf – dars tizimi”ning asoschisi ...?

Ya. A. Komenskiy

42

“Darsning boshlanishini tashkil etish uy vazifasini tekshirish, darsning maqsadi va vazifalarini bayon qilish, yangi materiallarni tushuntirish, mustahkamlash, darsga yakun yasash va uyga vazifa berish” tuzilishidagi darsning tipini ko‘rsating?

Aralash (kombinatsion) dars

43

Noan’anaviy ta’lim shakliga nimalar kiradi?

Ma’ruza, fakultativ, seminar, laboratoriya, ekskursiya, bahs–munozara, viktorina va hokazo

44

Pedagogikaning asosiy kategoriyalari ……?

Tarbiya, ta’lim, bilim, ko`nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish

45

Pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqi «Ta‘lim to’g’risida»gi Qonunning nechanchi moddasi bilan kafolatlanadi?

5– moddasi

46

O`zbekiston Respublikasining amaldagi “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?

1997 yil 29 avgust

47

Mazkur g’oya qanday tushuncha mohiyatini yoritadi: «... Shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo’nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga yo’naltirilgan pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullari bo’lib, ular asosida muammoni ijobiy hal etishga yordam beruvchi tamoyillari, ob’ekti va sub’ektiv omillari aniqlanadi»

Pedagogik ilmiy–tadqiqot metodlarining

48

O`z–o`ziga baho berish qaysi yosh davrida kuchayadi?

O`smirlik davrida

49

Xususiy fanlarni o’qitish xususiyatlarini o’rganadigan fan?

Metodika

50

Ta’lim muassasining Nizomi (Ustav) qanday hujjat?

Ta’lim muassasasi faoliyatiga rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjat

51

Pedagogik kengash deganda nimani tushunasiz?

Pedagogik kengash ta’lim muassasasi jamoasining yuqori boshqaruv organi

52

Shaxsga ta’sir etish orqali tarbiyalash metod va usullari.

O’z–o’ziga ko’rsatma berish, o’z–o’zini nazorat qilish, o’z–o’ziga hisobot berish, o’z–o’zini ishontirish, o’z–o’ziga buyruq berish, o’z–o’zini majbur etish

53

Yaxlit pedagogik jarayon bu – . . . .?

Ta‘lim–tarbiya jarayoni

54

Ta‘lim tizimida eng ko’p qo`llaniladigan qanday o’qitish usullari mavjud?

O’qitishning og’zaki, ko’rgazmali, amaliy, muammoli izlanish, reproduktiv, induktiv, deduktiv usullari

55

“Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi, maktab ishlari davlat nazoratidadir”. Konstitutsiyaning nechanchi moddasida belgilangan?

41– modda

56

O‘zbekiston respublikasida 1–oktyabr Ustozlar va murabbiylar kuni –umumxalq bayrami sifatida qachondan beri nishonlanmoqda?

1997 yildan

57

O‘quvchilar mehnat faoliyatining asosiy turlari qaysilar:

O‘quv mehnati, ijtimoiy foydali mehnat, o‘z–o‘ziga xizmat, unumli mehnat

58

Quyidagi ta’rif qaysi tushuncha mohiyatini anglatadi: «ma’naviy–axloqiy yuksaklish, ma’rifiy–tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo‘nalishlarini aniqlashda etakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar tizimi»?

Mafkura

59

Ta’lim jarayoning metodologik asosi qaysi qatorda to`g`ri ko`rsatilgan?

Bilish nazariyasi

60

Go‘zallik, go‘zallikni his etish, uning mohiyatini anglash, nafosat his–tuyg‘usi, nafosat didi kabi tushunchalarning ongda aks etishi–bu...

Nafosat ongi

61

“Alpinboyning bobosidan qolgan o‘n to‘rt botmon birinchdan bo‘lgan parli yoyi bor edi. Shunda etti yashar bola hakimbek shul o‘n to‘rt botmon yoyni qo‘lga ushlab ko‘tarib tortdi, tortib qo‘yib yubordi. Yoyning o‘qi yashinday bo‘lib ketdi. Asqar tog‘ining katta cho‘qqilarini yulib ketdi, ovozasi olamga yoyildi.” Yuqoridagi parchadan tarbiyaning qaysi turiga namuna sifatida foydalanish mumkin?

Jismoniy tarbiya

62

O`zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiladigan sport musobaqasi–

“Umid nihollari” sport musobaqalari

63

Qaysi javob variantida O‘zbekiston Respublikasida yoshlar o‘rtasida uch bosqichda tashkil etiluvchi sport musobaqalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Umid nihollari, Barkamol avlod, Universiada

64

O‘zbekiston respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining nechanchi moddasida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari ko‘rsatib o‘tilgan?

3–moddasi

65

Ta’lim muassasasi faoliyatiga rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjat–bu...

Nizom(Ustav)

66

Ta’lim muassasasini boshqarish amaliyotida rejalashtirishning qaysi uchta asosiy shakli qo‘llaniladi?

Muddatli (perspektiv), yillik, yakuniy

67

Ta’lim muassasasi jamoasining yuqori boshqaruv organi qanday ataladi?

Pedagogik kengash

68

Maktabgacha ta’lim muassasasi(mtm)ning o‘quv–tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlikni kim olib boradi?

Mudira

69

Ta`lim muassasasining Pedagogik kengash bayonnomalari daftari qayerda saqlanadi?

Direktor xonasidagi seyfda

70

Rektor–bu...

Oliy ta’lim muassasasi(OTM)ning o‘quv–tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlikni olib boruvchi shaxs

71

Ta’lim muassasasida ta’lim jarayonining sifatini ta’minlash, o‘qituvchilarning g‘oyaviy–nazariy jihatdan tayyorgarligi hamda pedagogik va metodik mahoratlarini takomillashtirilib borishiga nazariy–metodik jihatdan rahbarlik qiluvchi organ qanday ataladi?

Metodik kengash

72

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bosqichlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan

1997– 2001, 2001– 2005, 2005 va undan keyingi yillar

73

Dastlab o‘quv–tarbiyaviy jarayon qanday holda tashkil etilgan?

Individual shaklda

74

Quyidagi tushunchalarning soddadan– murakkabga tomon borishini belgilang

Usul → metod → metodika → metodologiya → texnologiya

75

Darsning texnologik xaritasi nima uchun xizmat qiladi?

O‘qituvchi va talaba faoliyati hamda unga taqsimlangan vaqt me’yorini har bir bosqich bo‘yicha to‘g‘ri belgilash

76

Interfaol .... ma’nosini anglatadi. Nuqtalar o‘rnida qoldirilgan so‘zni toping.

Ta’lim olish uchun o‘zaro xarakat qilish

77

Pedagogik faoliyat deganda qanday jarayon tushuniladi?

Yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash, ta’lim–tarbiya berish uchun maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyati

78

Ta’limni tashkil etish shakllari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

An’anaviy ta’lim, noan’anaviy ta’lim, yakka tartibdagi ta’lim

79

Ta’lim nazariyasining tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?

Ta’lim jarayonining mohiyati, mazmuni, tamoyillari, metodlari, shakllari va vositalari

80

Ta’lim va tarbiya tushunchalariga birinchi bo‘lib ilmiy ta’rif bergan olim?

Abu Nasr Farobiy

81

DTS ning vazifalari:

Ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilash va ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini belgilash

82

Yan Amos Komenskiy ta’rifi bilan aytganda “didaktikaning oltin qoidasi bu –…”

Ko‘rgazmalilik

83

Ya.Komenskiy ta’rifi bilan aytganda intizomsiz maktab bu–

Suvsiz tegirmon

84

DTS, o’quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosda belgilangan,milliy istiqlol g’oyalari singdirilan ,muayyan o’quv fanining mavzulari to’liq yoritilgan,tegishli fanningasoslari mukammal o’zlashtirishga qaratilagan davlat nashri qanday nomlanadi?

Darslik

85

Ta’limning ilmiy bo’lishi, ta’limdagi onglilik va faol harakatda bo’lish, ta’lim jarayoning ko’rsatmali bo’lishi –bular nima deb ataladi?

Ta’lim prinsplari

86

Tizimlilik didaktik kategoriya sifatida kim tomonidan asoslab berilgan?

Ya.A.Komenskiy

87

Texnik vositalardan foydalanib kinofilm, diafilmlarni namoyish qilish qaysi ko`rgazmalilik usuliga kiradi?

Demonstrasiya

88

Dars deb nimaga aytiladi ?

Aniq maqsadni ko’zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o’quvchi ,yoshlar bilan o’qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg’ulot

89

Ta’limning asosiy tashkiliy shakli nima?

Dars

90

Shkalalash nima?

Aniq jarayonlarni raqamlar sistemasi yordamida modellashtirish

91

Motiv so’zining ma’nosi?

Lotincha “movere”–harakatga keltiruvchi, turtki ma’nosini bildiradi

92

Qaysi o’qitish turida o’quvchining asosiy faoliyati tinglash, yod olish, eslab qolish va matnni so’zma–so’z takrorlashdan iborat.

Dogmatik

93

Ta’lim jarayonining me’yoriy hujjatlari keltirilgan javobni toping?

DTS, o’quv reja, o’quv dastur, darslik

94

Ta’limda proyeksion uskunalar va slaydlarni qo’llash qaysi didaktik tamoyilda o’z ifodasini topgan?

Ko’rgazmalilik

95

Didaktik jarayonning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bu nima?

Motiv

96

Qaysi ta’lim metodi o’quvchilarning ijodiy fikrlashi va idrok etish faoliyatini rivojlantiradi?

Muammoli

97

Qaysi dars turi mavzu bo’lim va o’quv kurslari yakunida o’tkaziladi?

Umumlashtiruvchi

98

Qaysi ta`lim metodida yangi bilimlar o`zlashtiriladi?

Produktiv

99

Laboratoriya mashg’ulotlarining tavsifi keltirilgan javobni belgilang

Talabalar mustaqil ravishda vazifalarni bajaradilar yoki eksperiment o’tkazadilar

100

Insonlarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, hisob –kitob kabilar haqida fikrlay olish qobilyatlarini kamol toptirish nima deb ataladi?

Iqtisodiy tarbiya

101

Pedagogikaga o‘zbek tilidagi ta’rifni, ya’ni “pedagogiya – bola tarbiyasining fanidir” , deb ta’rif bergan olim –

Abdulla Avloniy

102

Zamonaviy pedagogika g’oyalariga ko’ra tarbiya metodlaridan qaysi biri kam samara beradigan chora deb isbotlangan

Qoralash va jazo

103

Tarbiyalanuvchilarning xatti–harakati va faoliyatiga salbiy baho berishning bosqichlarini ketma –ketlikda belgilang: 1.tanbeh berish, 2. ogohlantirish, 3.hayfsan berish, 4.uyaltirish

1,2,3,4

104

O’quvchilar mehnatining eng ommaviy shakli hisoblagan mehnat turi qaysi?

Unumli mehnat

105

Ta’lim paradigmalari keltirilgan javobni toping.

An’anaviy, patsionalistik, fenomenologik, texnokratik, ezoterik ta’lim paradigmalari

106

Paradigma so`zining ma’nosi nima?

Paradigma yunoncha «paradeigma» – misol, namuna

107

Komillik bosqichlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

Jismoniy salomatlik, axloqiy poklik va yetuklik

108

Kishining o’zi tug’lib o’sgan, kamol topgan joy,zamin,o’lkaga bo’lgan mehr–muhabbatni,munosabatlarni ifoda etadigan ijtimoiy ma’naviy,axloqiy xislatlari, fazilatlari nima deb ataladi?

Vatanparvarlik

109

Millatlararo ma’daniy muomala bu …?

Baynalminallik

110

Psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan ijtimoiy mavjudot-?

shaxs

111

xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina
tashkil eta oluvchi biologik mavjudot



individ

112

Individning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishida qaysi omillar ta’sir ko‘rsatadi?

Irsiyat, muhit, tarbiya

113

Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar-?



YOsh xususiyatlari

114

Ijtimoiy tajribani o‘rgatish jarayoni sifatida ta’lim ikki shaxs o‘rtasidagi munosabatlarga asoslanadi. Qaysi ikki shaxs haqida so‘z bormoda?



O‘qituvchi va o‘quvchi

115

Quyidagi tushunchalardan faqat didaktikaga xos kategoriyalarni aniqlang:
SHaxs, tarbiya, ta’lim, bilim, ko‘nikma, ma’lumot, dars, metod, jazo, namuna

3, 4, 5, 6, 7

116

O‘zaro bog‘langan ko‘plab elementlar (tarkibiy qismlar) o‘rtasidagi mustahkam birlik va o‘zaro yaxlitlik-?

tizim

117

Bilimlarni egallash jarayoni necha dinamik bosqichdan iborat?

4

118

O‘qitish asosida yotadigan, ta’lim va uni tashkil etish jarayonini tashkil etish mazmuni, shakl, metod va vositalarini tanlanishini belgilaydigan boshlang‘ich asoslar-?

Ta’lim tamoyillari

119

Bu me’yoriy hujjatda har bir o‘quv predmetining mazmuni ochib beriladi va o‘quv yilida o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar hajmi ko‘rsatib beriladi. Qaysi hujjat haqida so‘z bormoqda?

O‘quv reja

120

Muayyan o‘quv fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni o‘rganilishi bo‘yicha taqsimlash, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o‘rganilish darajasini yorituvchi me’yoriy hujjat-?

O‘quv dastur

121

O‘quv dasturi turlarini aniqlang

Namunaviy, ishchi, mualliflik

122

Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yosh, idrok etish imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo‘yicha umumiy yoki mutaxassislik bilimlarini berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi manba-...

O‘quv fani

123

Davlat tomonidan ta’limi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan me’yoriy hujjat-...

DTS

124

...- ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanib, ijtimoiy munosabatlar va shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan, rioya qilinishi zarur bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro munosabat, muloqot, xulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui sifatida aks etadi



Axloq

125

SHaxsning voqelikni estetik jihatdan bilib olishga undovchi sub’ektiv omil (ichki intilish)...?



Estetik ehtiyoj

126

Insonning voqelikka, kishilarga, o‘z faoliyatiga nisbatan munosabati. ..

Estetik his-tuyg‘u

127

SHaxsga nazariy tushunchalar asosida predmet, buyum, voqelik va hodisalar mohiyatini estetik baho baholay olish imkonini beruvchi his-tuyg‘ular, sezgilar, tasavvur va qarashlar shakli...

Estetik ong

128

Savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi...?

Suhbat

129

... – yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi sanalib, u qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko‘pligi, bilimlar bayonining tizimliligi kabi o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon etadi



Ma’ruza

130

O‘rganilayotgan ob’ekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi...?



Didaktik o‘yin

131

Didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash ...?

Tashhis

132

Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayoni nima deb ataladi?

tekshirish

133

O‘quvchilarga ularning ta’lim olishi, bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan ijodiy yondashishini rag‘batlantirish maqsadida ta’sir ko‘rsatish vositasi nima?

baho

134

Testga berilgan ta’rifni aniqlang...

Aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi

135

O‘quv materiallarini boblar, bo‘limlar yoki paragraflar majmui tarzida o‘rganilishini ta’minlovchi ta’lim turi?

Modulli ta’lim

136

O‘quvchilar tomonidan turli fanlar asoslarining mustaqil o‘zlashtirilishini nazarda tutuvchi ta’lim turi...?

Mustaqil ta’lim

137

O‘qituvchining darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish jarayoni qanday nomlanadi?

bashoratlash

138

Bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh qanday nomlanadi?

jamoa

139

Turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari...

Pedagogik talab

140

Tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘ngilini ko‘tarish va uni qo‘llab-quvvatlash usuli qanday nomlanadi?

rag‘batlantirish

141

SHaxsning xatti-harakati, faoliyatiga salbiy baho berish usuli qanday nomlanadi?

jazolash

142

... – tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimi

dunyoqarash

143

... – dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy- falsafiy, tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy-axloqiy, estetik hamda ekologik bilimlarning takomillashgan ko‘rinishi;

e’tiqod

144

“Ekologiya” tushunchasi ilk bor kim tomonidan qo‘llanilgan?

E.Gekkel

145

O‘quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati nima deb ataladi?

Ekologik madaniyat

146

Fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bo‘lgan shaxs - ?

Fuqaro

147

(Arabcha “ma’nolar majmui”) mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir o‘tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g‘oyalar majmui - ?

Ma’naviyat

148

Ta’lim muassasasining pedagogik kengashi ish hujjatlarini aniqlang...

Ish reja, bayonnomalar daftari, kengash materiallari, hisobot

149

Ta’lim muassasasi hujjatlari necha yil davomida muassasada saqlanadi?



5 yil

150

Jamoada tarbiyaviy ishlarni yo`lga qo`yuvchi, o`quvchilarning asosiy tarbiyachisi va murabbiysi kim?

Sinf rahbari

151

Pedagogika tarixi fani predmeti qaysi javobda ko‘rsatilgan

Qadimgi zamonlardan, to hozirgi kungacha bo‘lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va padagogika nazariyalarining taraqqiyotini davrlar talabi asosida o‘rganib keluvchi fan

152

Pedagogika fani rivojlanishiga hissa qo‘shgan Sharq allomalari

Abu Nasr Farobiy, Al–Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy

153

Pedagogika rivojlanishiga hissa qo‘shgan G‘arb pedagog–olimlari

Yan Amos Komenskiy, Adolf Disterveg

154

Yusuf Hos Hojibning “Qutadg`u bilig” asarini chinliklar qanday nomlagan?

“Adab ul–mulk”

155

Yusuf Hos Hojibning “Qutadg`u bilig” asarining qanday nusxalari mavjud?

Hirot, Qoxira, Namangan nusxalari

156

“Qutadg`u bilig” ma`nosi nimani anglatadi?

Saodatga boshlovchi bilim

157

Kaykovus “Qobusnoma” asarini kimga bag`ishlagan?

O`g`li Gilonshohga

158

Maktab tarixida ta‘limning mukammal jamoa shakli bo’lgan sinf–dars tizimi qachon va kim tomonidan yaratilgan?

XVII asr boshlarida Ya. A.Komenskiy tomonidan

159

Notiqlik san’atini Yunonistonda qanday nomlashgan?

“San’atlar shohi”

160

Navoiy «Mahbub–ul qulub» asarida dehqonlar to‘g‘risida fikr yuritar ekan, «dehqonki dona sochar, erni yormoq bila rizq yo‘lin ochar. ... Olam ma’murlig‘i alardin va olam ahli masrurlig‘i alardin. Har qayonki, qilsalar harakot, elga ham qut etkurur, ham barakot», – deb yozadi, bu misolni keltirish orqali qanday tarbiyani amalga oshirish mumkin:

Mehnat tarbiyasi

161

V. Suxomlinskiyga tegishli fikrni toping:

“Har bir bola – shoir”

162

Badan tarbiya bilan shug‘ullanishning ahamiyati haqida quyidagi fikrlarni bildirgan ma’rifatparvarni aniqlang: «badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadir. Chunku o‘qimoq, o‘qitmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz vujud lozim. Sog‘ badanga ega bo‘lmagan insonlar amallarida, ishlarida kamchilikka yo‘l qo‘yurlar. ...fikr tarbiyasi uchun mehnat va sog‘lom bir vujud kerakdur»

Abdulla Avloniy

163

Rus tilida boshlang‘ich sinflar uchun birinchi marta “Ona tili” darsligini yaratgan va fonetik usulni pedagogik amaliyotga tadbiq etgan rus pedagog olimi:

K.D.Ushinskiy

164

O‘qituvchiga “ma’naviy padar” deb ta’rif bergan pedagog adib –

Jaloliddin Davoniy

165

Maktab uchun o‘z uyini bo‘shatib, zaruriy jihozlarni duradgor ustaga yasatib yangi usul maktabini ochgan pedagog–

Abdulqodir Shakuriy

166

Qo‘qon shahrida tug‘ilib, u erdagi 1–pedkursdagi 13 qaldirg‘ochga ta’lim bergan, O‘zbekistonning 1–fanlar akademiyasi akademigi –

Qori–Niyoziy

167

Fitratning “Rahbari najot” asarida bola nimaga o‘xshatiladi?

Suvga

168

Mashxur yunon faylasufi Arastudan keyin sharqda kimni “Muallimi soniy” –“ Ikkinchi muallim” deb ataganlar?

Abu Nasr Farobiy

169

“Fozil odamlar shahri ” va ”Ruhiy madaniyat haqida risola” asarlari muallifi kim?

Abu Nasr Farobiy

170

Abu Ali ibn Sino asarlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping?

”Al–Qonun”, ”Risolat at–tayr”, ”Kitob ash–shifo”, “Donishnoma”

171

Yusuf Xos Hojibning mashhur asarining nomi nima?

“Qutadg‘u bilig”

172

“Qobusnoma” asari kimning qalamiga masub?

Unsurulmaoliy Kaykovus

173

Ahmad Yugnakiyning qalamiga mansub asar yozilgan qatorni toping?

”Hibatul haqoyiq”

174

“Advakatlik osonmi?”, ”Pinak”, ”Ikkinchi muhabbat”, ”Portugaliya inqilobi” dramalar muallifi kim?

Abdulla Avloniy

175

Turkiy tilda yaratilgan 1–didaktik asar

Qutadg‘u bilig

176

”Usuli jadid” maktablari uchun to‘rt qismdan iborat ”Adabiyot yohud milliy she’rlar”, ”Birinchi muallim”, ”Turkiy Guliston yohud ahloq”, ”Ikkinchi muallim”, ”Maktab gulistoni” kabi darslik va o‘qish kitoblarini qaysi adib yaratgan?

Abdulla Avloniy

177

Jahon pedagogikasining nodir asarlaridan biri ”Buyuk diaktika” asari muallifi kim?

Yan Amos Komenskiy

178

Yan Amos Komenskiyning qaysi asarida bolalarning avvalo ona tili maktablarida ta`lim olishlari haqida fikr yuritiladi?

”Onalar maktabi”

179

”Pedagogik adabiyotning foydasi haqida”, ”Maktabning uch elementi”, ”Ona tili” kabi bir qator asarlar muallifi kim?

Konstantin Ushinskiy

180

Markaziy Osiyodagi eng qadimgi yozma ma’rifiy manbalar ko‘rsatilgan qatorni toping

O‘rxun–Enasoy bitiklari, Avesto

181

Eng qadimgi yozma ma’rifiy yodgorlik “Avesto”dagi bosh g‘oya –

Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal

182

Arablar “daryo orti” deb atagan hudud –

Movarounnahr

183

So‘fiylar inson ma’naviy–ruhiy kamolotga erishish yo‘lida necha bosqichni o‘tishi kerak deb hisoblaydilar:

4 bosqich

184

So‘fiylar inson ma’naviy–ruhiy kamolotga erishish yo‘lida qanday bosqichlarni o‘tishi kerak deb hisoblaydilar:

Shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat

185

Xorazm shohi Ma’mun 2 tomonidan tashkil etilgan muassasa –

“Ma’mun akademiyasi”

186

Bilish nazariyasiga o‘z hissasini qo‘shgan, 1–lardan bo‘lib sinov–kuzatish va sinov metodlariga asos solgan mutafakkir ...

Muhammad Muso al–Xorazmiy

187

Farobiy ta’lim–tarbiya ishlarini qanday yo‘llar bilan amalga oshirishni nazarda tutadi?

Chorlovchi, ilhomlantiruvchi, majbur etish

188

Abu Rayhon Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bular qaysilar?

Irsiyat, muhit, tarbiy

189

Sharqda “Shayx ul–rais” unvoniga sazovor bo‘lgan mutafakkir –

Abu Ali Ibn Sino

190

Hindistonlik davlat arbobi Javoharla`l Neru kimni “tabiblarning podshosi” deb atagan?

Abu Ali Ibn Sino

191

Alisher Navoiy ”Mahbub ul–qulub ”asarida qanoatni nimalarga tenglab tasvirlaydi?

Buloq, xazina, ekinzor, daraxtzor

192

Alisher Navoiy ta’rifi bo‘yicha achchiq, ammo foyda beruvchi, qattiq, ammo zararni daf etuvchi va shodliklar kaliti nima?

Sabr

193

Ma’mun akademiyasida yetakchi olim va rahbar bo‘lib ishlagan alloma?

Abu Rayhon Beruniy

194

Zardushtiylik diniy ta’limotidagi ulamo, kohinlar bugungi kundagi qaysi kasb egalariga mos keladi?

Ustoz, muallim



195

Beruniy so‘zining ma’nosi nima?

Shahardan tashqarida

196

Musulmon maktablaridagi ta’lim tizimi necha toifaga bo‘lingan edi?

5 toifa

197

Mahmudxo‘ja Behbudiyning “usuli jadid” maktabidagi o‘qitish ishlari qanday tartibda olib borilgan?

2 bosqichda: ibtidoiy va rushidiya

198

Ibrat taxallusi qaysi jadid ma’rifatparvar adibga tegishli?

Is`hoqxon Judaydullaxon o‘g‘li

199

Qaysi o‘zbek ma’rifatparvari 1–bo‘lib Samarqand maktablarida ta’lim jarayoniga musiqa va mehnat darslarini kiritadi

Abduqodir Shakuriy

200

1913 yilda Turkistonda “Turon” 1–o‘zbek teatr truppasiga asos solgan adib?

Abdulla Avloniy

201

“Tug‘ma iste’dod” ma’nosini anglatuvchi taxallusni olgan adib –

Abdurauf Fitrat

202

O‘rta Osiyoning 1–professori bo‘lgan olim –

Abdurauf Fitrat

203

Fitratning ta’lim–tarbiya masalalariga bag‘ishlangan asari –

Rahbari najot

204

Husayn Voiz Koshifiy tomonidan yaratilgan axloqiy–ma’rifiy asar –

Axloqi Muhsiniy

205

Alisher Navoiyning qaysi asarida maktabdorlar va ularning faoliyati mazmuni, o‘qituvchining mehnati borasida so‘z boradi?

Mahbub ul– qulub

206

Vatan Urushi yillarida O‘zbekistondagi maktablarda o‘qitiladigan qaysi fanlar soatlari ko‘paytirildi?

Harbiy–fizkultura, harbiy ta’lim (o‘g‘il va qiz bolalar uchun) 1–sinfdan o‘qitila boshlandi

207

Oliy ta’lim tizimi necha bosqichdan iborat?

2 bosqich, bakalavriat, magistratura

208

Qadimgi Sparta davlatida ta’lim–tarbiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi kishilar qanday atalgan?

Pedonom

209

Qadimgi Afina davlatida ta’lim–tarbiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi kishilar qanday atalgan?

Didaskol

210

“Efeblar” qanday muassasa bo‘lgan?

Qadimgi Sparta va Afinada 18– 20 yoshga to‘lgan o‘spirinlar harbiy ta’lim oladigan muassasa

211

Afinadagi grammatist va kifarist maktablarida o‘qish qanday bo‘lgan?

Pullik

212

Afinadagi qaysi maktablarda adabiy bilim va estetik tarbiya berilib, musiqa, ashula va deklomatsiya o‘rgatilgan?

Kifarist maktablarida

213

Pedagogika tarixida kim birinchi bo‘lib bolani yosh davrlagi bo‘lib o‘rganishga harakat qilgan?

Arastu

214

Qaysi antik davr faylasufi tabiat bilan tarbiyani bir–biriga o‘xshatadi?

Demokrit

215

Husayn Voiz Koshifiy tomonidan yaratilgan “Anvori Suxayliy” asari qaysi asarning tarjimasi hisoblanadi ?

Kalila va Dimna

216

Zardusht qaysi urug’dan bo’lgan?

Spitama

217

Mol–dunyoga intilish, mol yig’ish xirsini xuddi tog’dan kelyotgan selga o`xshatgan mutafakkir kim?

Mahmud Qoshg`ariy

218

Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o`rganish necha guruhga bo`lingan va qanday manbalarga tayaniladi?

3 guruhga bo`linadi va arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko`rgazmali ashyolar, buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosiga, xalq og`zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalarga tayanadi.

219

Mirzo Ulug`bekka hisob va taqvimdan kim tahsil bergan?

Mavlono Badriddin

220

“Ustoz shogirdlariga qattiq zulm ham, haddan tashqari ko’ngilchanlik ham qilmasligi lozim” ushbu fikr qaysi allomaga tegishli?

Abu Nasr Forobiy

221

“Kitob as–Saydona” (tibbiyotda dorishunoslik) asari muallifi kim?

Abu Rayhon Beruniy

222

Qaysi bitiktoshda xalqning tinch–totuv yashagani, tinchlik va adolatli boshqaruv, turkiy xalqlar birlashuvi, iqtisodiy jihatdan mustahkam bo`lganligi tasvirlanadi?

Bilga hoqon

223

Qaysi bitikda eng qadimgi ajdodlarimizning mifologik hamda totemistik qarashlari xalq o`g`zaki ijodi namunalari tarzida o`z aksini topgan?

Irq bitigi

224

“Qobusnoma” asari o’zbek tiliga qachon va kim tomonidan tarjima qilingan:

1860 yil, Muhammadrizo Ogahiy




Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish