III . Yangi mavzu bayoni.
Bosh L tovushining talaffuzi va yozilishi ko’rsatiladi , tushuntiriladi . Doskada bosh L harfining yozmacha shakli yozib ko’rsatiladi . Harf yozilishi ko’rsatilgandan so’ng talaffuz qildirilib , havoda yozish mashqi bajariladi .
Ll harflariga boshqa harflarni qo’shib, bo’g’in hosil qilish , yozma shakli ko’rsatib tushuntiriladi . L harfiga a , i , o harflarini qo’shib ,
bo’g’in hosil qilish va yozma shakli ko’rsatiladi . Lola , Olim , oila so’zlari yoziladi va o’qiladi . Bu so’zlar tarkibi tahlil qilinadi .
Dam olish daqiqasi o’tkaziladi .
Sport – tinchlikka posbon ,Futbol esa qanotdir .
Unga muxlis keng jahon ,Zavqidan dillar shoddir .
Do'stlaringiz bilan baham: |