III . Yangi mavzu bayoni .
Bosh K tovushining talaffuzi va yozilishi ko’rsatiladi , tushuntiriladi . Doskada bosh K harfining yozmacha shakli yozib ko’rsatiladi . Harf yozilishi ko’rsatilgandan so’ng talaffuz qildirilib , havoda yozish mashqi bajariladi .
Kk harflariga boshqa harflarni qo’shib, bo’g’in hosil qilish , yozma shakli ko’rsatib tushuntiriladi . K harfiga a , i , o harflarini qo’shib , bo’g’in hosil qilish va yozma shakli ko’rsatiladi . Kamol ana kaklik. gapi o’qiladi va yoziladi . Kamol so’zi nima uchun bosh harf bilan yozilgani haqida tushuncha beriladi .
Dam olish daqiqasi o’tkaziladi .
Sport – tinchlikka posbon ,
Futbol esa qanotdir .
Unga muxlis keng jahon ,
Zavqidan dillar shoddir .
Do'stlaringiz bilan baham: |