Topshiriq: “Shu aziz Vatan barchamizniki” mavzusida guruhlarning kichik chiqish rus tilida.
MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
Sana:__________
11-mavzu: Reproduktiv salomatlikning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari
Kun shiori: Sog’lom ayol-sog’lom farzand
Maqsad:O`quvchilarga reproduktiv salomatlikning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarihaqida ma’lumot berish, vatanparvarlikni singdirish, mustaqil fikrlashni, odob-axloq xislatlarini milliyligimiz darajasida uqtirish..
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
O`qituvchi:
Reproduktiv salomatlik – sodda qilib aytganda, faqat insonning reproduktiv tizimi va funksiyalari hamda jarayonlariga oid barcha masalalarda xastalikning yo‘qligini anglatmaydi, balki uning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan to‘liq mo‘‘tadil (farovon) holatini ifoda etadi.
Binobarin, mamlakatimizda onalar va bolalar o‘limi ko‘rsatkichi yildan-yil kamayib, yuqumli, virusli, o‘ta xavfli infeksiyalardan asrash sog‘lom muhit sharoitlari, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, aholi o‘rtasida kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar ko‘rilayapti. Bemorlarga tegishli hajmdagi malakali tibbiy xizmat, jumladan shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi takomillashib bormoqda. Qishloq joylarida ko‘plab zamonaviy qishloq vrachlik punktlari barpo etildi. Tibbiyotning 10 ta muhim yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlar tashkil etilgani ham zamonaviy tibbiyotimizning yutuqlaridan biridir. Xalqimizning o‘rtacha umr ko‘rish darajasi uzaygani, navqiron avlodning jismoniy va intellektual salohiyati oshgani bu ezgu ishlarning samarasidir. Ta’kidlash joizki, sog‘liqni saqlash tizimida erishilgan yutuqlar barobarida hali o‘z echimini kutayotgan dolzarb masalalar xam mavjud.
Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilishga oid muhim vazifalar ana shular jumlasidandir. Chunki aholining reproduktiv jihatdan salomatlik darajasi jamiyatning sog‘lomlik darajasiga, milliy genofond salomatligi darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan ham butun dunyoda reproduktiv salomatlik faqat tibbiy muammo emas, balki, tibbiy-ijtimoiy, qolaversa, ijtimoiy-siyosiy muammo hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ta’rifiga ko‘ra reproduktiv salomatlik masalalari birinchi bor 1994 yil Qoxirada bo‘lib o‘tgan Aholishunoslik va taraqqiyot xalqaro konferensiyasida ko‘tarilgan edi. Ushbu konferensiyada reproduktiv salomatlik iborasiga to‘la izoh berildi.
Reproduktiv huquq – bu barcha er-xotin va alohida shaxslarni oilada bolalar soni, ular tug‘ilishlaridagi oraliq, tug‘ilish vaqti haqida erkin hamda mas’uliyat hissi bilan qaror qabul qilishi, buning uchun shart bo‘lgan ma’lumot va vositalarga ega bo‘lish borasidagi asosiy huquqlarini tan olish demakdir. Oilani mustahkamligi ko‘pgina omillarga, asosan ona va bolaning salomatligiga bog‘liqdir. Ona sog‘lom bo‘lsagina undan jismoniy va aqliy jihatdan sog‘lom farzand dunyoga keladi. Turmush qurishga tayyorlanayotgan yigit va qizlarimiz sog‘lom hayot gigienasi va reproduktiv salomatlik bo‘yicha etarli bilimga ega bo‘lishlari kerak. Shu bilan birga nikohdan oldingi tekshiruv va uning ahamiyati haqidagi bilimlar yoshlarni hayotga adashmasliklari uchun yana bir imkon yaratadi.
Reproduktiv so‘zi lotincha so‘z bo‘lib, re-tiklanish, takrorlanish, producto –yarataman ma’nosini anglatadi. Reproduksiya biologiyada organizmning o‘ziga o‘xshash organizmlarni yaratishi, ko‘payishi ma’nosini bildiradi. Reproduktiv salomatlik ya’ni ayolning qachon va qanday sharoitlarda ona bo‘lishini nazorat qilish, onaning va undan tug‘ilajak bolaning ham salomatligi uchun maqbul shart-sharoit yaratish degani. Reproduktiv salomatlik masalasi faqat oilada tug‘ilajak bolalar sonini cheklashgina emas balki, u ichiga kengroq masalalarni qamrab oladi. Bunga asosiy e’tibor oilalar farovonligini ta’minlash, ularda ijobiy psixologik iqlimning hukm surishi, onalar va bolalar salomatligini saqlash, oilalarning tom ma’noda mustahkamligini ta’minlash kabilar nazarda tutiladi.
Oilaning muxim funksiyalaridan biri bu uning reproduktiv (jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish) funksiyasidir. Oilaning vazifasi faqatgina yangi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan, insoniyat paydo bo‘lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va madaniy yutuqlar bilan tanishtirgan holda ularning salomatligini saqlab turishdan xam iboratdir. Oilaning jamiyat oldidagi reproduktiv funksiyasi va uning bajarilishi deyilganda aholining sonining qayta tiklanishi uchun har bir oilada nechta farzand bo‘lishi nazarda tutiladi.
Xulosa:
Muxtasar qilib aytganda, mamlakatimizda aholi reproduktiv salomatligiga erishish sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va targ‘ib qilish, turli xil kasalliklarni oldini olish, xotin-qizlar salomatligini mustaxkamlash sog‘lom avlodni tarbiyalash borasidagi keng ko‘lamli ishlar barcha yo‘nalishlarda kompleks ravishda xotin-qizlar ko‘mitalari, mahalla jamg‘armalari, Kamolot yoshlar harakati hamda tibbiyot xodimlarining faol ishtirokida amalga oshirilmoqda. Bu esa davlatimiz raxbari tomonidan mamlakatimiz aholisi, birinchi navbatda, xotin-qizlar va bolalar salomatligini yaxshilash borasida ko‘rsatilayotgan doimiy g‘amxurligining samaralaridir. Zero, Vatanimiz kelajagi ana shunday sog‘lom onalar va bolalarga bogliq.
Do'stlaringiz bilan baham: |