MMIBDO‘: ___________________
Sinf rahbar: ___________________
Sana:_________________
Mavzu:Xotira muqaddas (Xotira va qadrlash kuni oldidan).
(Xotira va qadrlash kuni oldidan).
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg’ularini singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda ajdodlarga munosib voris bo’lish xislatlarini tarbiyalash.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:Mavzuga oid rasm,plakat,va bukletlar,slaydlar,texnik vositalar.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tashkiliy qism
O`quvchilarni darsga hozirlash
O`qituvchi:
Men seni sevaman onajon Vatan,
Xushsurat,xushsuhbat momolarimni.
Men seni sevaman jonajon Vatan,
Har so`zi hikmat bobolarimni.
II.Asosiy qism:
Bu ko`hna dunyo paydo bo`libdiki,Yer yuzida hayot guli-Hazrati Inson yaralibdiki,Xotira bor,mehr-muhabbat bor.Demak,Qadr bor.Ayniqsa,bizning mamlakatda Xotira va Qadr o`zgacha mazmun,nufuz va ma`noga ega.Davlatimiz Rahbari 9-may—“Xotira va Qadrlash kuni”ni umumxalq bayrami deb e`lon qilar ekan:”Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini,bor kuch-quvvatini ayamagan biror-bir faxriy,biror-bir kishi unutmasligi kerak.Ularning har biriga munosib hurmat-ehtirom ko`rsatilishi shart”,deya ta`kidlagan,edi.Zero,bizning Vatanda har bitta insoning o`z munosib o`rni,qadr-qimmati,xotirasi bor.Biz,urush ko`rgan insonlar,faxriy pedagoglar bundan buyon ham yosh avlodni iymon-e`tiqodli qilib tarbiyalashda,ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizga hurmat ,Vatanga sadoqat,mehr-muhabbat,kelajakka ishonch ruhida tarbiyalashda o`z hayotiy tajribamiz,bilimimizni sarf etaveramiz.Inson sha`ni,qadr-qimmati har narsadan ustun bo`lgan yurtimizda kelajak avlod baxtu saodati uchun kurashgan jasorat sohiblari bemisl hurmat ,izzat-ikrom,beqiyos tashakkur,tahsinga loyiq.
III.Yakuniy qism.
Mavzu yuzasidan test.
1.Yurtdoshlarimiz nima maqsadda kurashdilar?
a) Tinchlik uchun
b) Urush uchun
d) Boylik uchun
e Mustaqillik uchun
2. Prezidentimiz nima maqsadda 9-may “Xotira va qadrlash kuni” deb e`lon qildilar?
a) O`tgan ajdodlarimizni xotiralash maqsadida
b) Qatog`on qurbonlarini xotiralash maqsadida
d) Keksalarni holidan habar olish
e) Barcha javoblar to`g`ri
Vatan haqida qanday maqol bilasiz?
Vataning-oltin beshiging.
Vatan ostonadan boshlanadi.
Qo`shning tinch-sen tinch
Mavzu xulosalanib, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |