Savol va topshiriqlar:
1. Funktsionallik deganda nimani tushunasiz?
2. Kommunikativ til hodisasi deyilganda nima tushuniladi?
3. Tilning funktsional vazifasi deyilganda-chi?
4. Tilning funktsional bosqichlari qanday tartibda amalga oshiriladi?
Adabiyotlar
1. Avrorin V.A. Problemo’ izucheniya funktsionalnoy storono’ yazo’ka (k voprosu o predmete sotsiolingvistiki). –L., 1975.
2. Brayt U. Vvedenie: parametro’ sotsiolingvistiki // Novoe v lingvistike. Vo’p. VII. –M., 1975.
3. Belikov V. I., Kro’sin L. P. Sotsiolingvistika. –M., 2001.
4. Shveytser A.D. Sovremennaya sotsiolingvistika: Teoriya. Problemo’. Metodo’. –M.: Nauka, 1976.
5. Shveytser A.D., Nikolskiy L.B. Vvedenie v sotsiolingvistiku. –M.: Vo’sshaya shkola, 1978.
6. Yartseva V.N. Razvitie natsionalnogo literaturnogo angliyskogo yazo’ka. –M., 1969.
7. Haugen E. Linguistics and Language Planning. In W.Bright (ed.). Sociolinguistics. –Mouton, 1966.
8. Ferguson C.A. Language structure and language use. – Stanford, 1971.
9. Haugen E. The ecology of language. –Stanford, 1972.
8-ma’ruza. Lisoniy vaziyat.
Reja:
1. Lisoniy vaziyat
2. Ekzogloss lisoniy vaziyat
Tayanch so‘z va tushunchalar: lisoniy vaziyat, ekzogloss lisoniy vaziyat, muvofiqlashgan va muvofiqlashmagan ekzogloss lisoniy vaziyat, endogloss lisoniy vaziyat, muvofiqlashgan va muvofiqlashmagan endogloss lisoniy vaziyat.
Identiv o’quv maqsadlari:
Lisoniy vaziyatni aytib beradi.
Ekzogloss lisoniy vaziyatni izohlab beradi.
7. 1. Lisoniy vaziyat
Lisoniy vaziyat tushunchasi 30-yillarda Osiyo va Afrika tillari bilan shug‘ullanuvchi chet ellik tilshunoslarning ilmiy ishlarida birinchi bor qo‘llangan. 60-yillarga kelib sobiq Sho‘ro va Amerika tilshunoslari bu tushunchaga ahamiyat berib, unga sotsiolingvistik ta’rif berishdi35.
C.A.Fergusonning fikricha, “lisoniy vaziyat” (language situation) deyilganda, muayyan bir vaqtda, muayyan bir joyda qanday tildan foydalaniladi, tillarning soni, qanday turdagi til ushbu hududda ishlatiladi, qancha odam, qanday sharoitda bu tilda gaplashadi, ushbu jamoa a’zolarining bu tilga bo‘lgan munosabati, umuman, tilning qo‘llanish doirasi haqidagi masalalar tushuniladi36.
Muayyan lisoniy hamjamiyatning u yoki bu davridagi ijtimoiy-kommunikativ tizim tarkibiy qismlari orasidagi funksional munosabat ushbu hamjamiyatga xos bo‘lgan lisoniy vaziyatni shakllantiradi. Bu munosabatlar ko‘pincha barqaror bo‘ladi. Biroq mamlakatdagi siyosiy vaziyatning, davlat tuzilishining o‘zgarishi, iqtisodiy islohotlar, ijtimoiy va milliy siyosatdagi yangi yo‘nalishlar va h.k. ijtimoiy-kommunikativ tizimning holatiga, uning tarkibiga, funksiyasiga va uning qismlari bo‘lgan kodlar va subkodlarga ta’sir qilishi mumkin.
“Lisoniy vaziyat” tushunchasi, odatda, katta til hamjamiyatlariga – mamlakatlar, hududlar, respublikalarga nisbatan qo‘llaniladi. Bu tushuncha uchun zamon omili muhim hisoblanadi, ya’ni lisoniy vaziyat ijtimoiy-kommunikativ tizimning muayyan davridagi faoliyatidir.
Masalan, Ukrainada ijtimoiy-kommunikativ tizimning asosiy tarkibiy qismlari ukrain va rus tillari hisoblanadi (bulardan tashqari, belorus, bolgar, venger, chex va boshqa tillar ham mavjud). SSSRning tarqalishigacha bu tillar orasida tenglik, muvozanat saqlangan. Binobarin, maktablarda ta’lim ukrain va rus tillarida olib borilgan, oliy ta’lim va ilmiy sohalarda (tabiiy va texnik fanlarda ko‘proq rus tili, ijtimoiy fanlarda ko‘proq ukrain tilidan foydalanilgan) har ikkala til qo‘llanilgan. 1990-yillarga kelib Ukrainada rus tilining vazifalari qisqarib, u o‘rta va oliy ta’lim, ilm-fan, madaniyat sohalaridan, hatto, kundalik muloqotdan ham siqib chiqarila boshlandi.
Tabiiyki, bunday o‘zgarishlar lisoniy vaziyatning o‘zgaruvchanligini ko‘rsatadi, ayni paytda ukrain jamoasiga xizmat qiluvchi ijtimoiy-kommunikativ tizimning tarkibi avvalgidek qoladi37.
Umuman, lisoniy vaziyatlar obyektiv omillar – ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar hamda subyektiv omil – davlatda olib borilayotgan til siyosatiga bog‘liq bo‘ladi. Lisoniy vaziyatlar uni tarkib toptirgan qismlar tavsifiga ko‘ra ekzogloss va endogloss turlarga ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |